Harakat sog’lom turmush tarzining asosiy omili


Download 55.62 Kb.
bet4/11
Sana26.01.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1124134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o\'smir va yosh taekvandochilarning psixologik va maxsus tayyorgarlik

Musobaqalarda yuqori natijalar bilan g’olib chiqish taktikasi. Bu juda kamyob taktika. U musobaqalarda o’rinlar finallarsiz, ya'ni har xil poyga, urinishlarda (konkida yugurishda, og’ir atletikada, suzishda) ko’rsatilgan natijalar bo’yicha aniqlanganda uchraydi.
Bu vazifani hal etishda ikki xil vaziyat bo’lishi mumkin:
1) asosiy raqib startga chiqqan va sportchi ularning natijalarini biladi;
2) asosiy raqib keyingi poygalarda start oladi.
Birinchi holatda sportchi o’zining asosiy raqibidan yuqoriroq natija ko’rsatishi kerak (“raqibning natijasini ortda qoldirish” taktikasi):
a) yugurish, suzish, eshkak eshish va b. da – masofani raqiblari jadvali bo’yicha ozroq zahira bilan bosib o’tish;
b) raqibnikidan og’irroq vaznli shtangani ko’tarish;
v) snaryadni uzoqroq masofaga uloqtirish;
g) futbol, gandbol, kurash va b. da ko’proq gol urish, ko’proq ochko to’plash.
Ikkinchi vaziyatda esa sportchi dastlabki urinishlardayoq yuqori natija ko’rsatishga intiladi (“birinchi zarba” taktikasi, “uzoqlashish” taktikasi).


Bellashuvlarning navbatdagi turiga (bosqichiga) o’tish taktikasi. Ayrim sportchilar ko’p kuch sarflab dastlabki musobaqalarda yuqori natijalar ko’rsatadilar: finalda esa, dam olishga ulgurmay, o’z ko’rsatkichlarini pasaytiradilar va mag’lub bo’ladilar. Boshqa sportchilar musobaqalarning dastlabki qismida o’z kuchlarini haddan tashqari tejaydilar, oqibatda esa finalga chiqa olmaydilar. Bunday xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Finalga nechta sportchi (jamoa) chiqishini bilish
2. Raqiblar kuchi haqida tasavvurga ega bo’lish
3. Yarim finalga, finalga chiqish uchun yetarli natija ko’rsata olish
Sport amaliyotida bu taktik vazifani hal qilishda sportchi (jamoa) quyidagilarga intiladi:
1. Bellashuvlarning keyingi bosqichiga chiqish uchun yetarli natija ko’rsatish (“bellashuvlar davomida kuchlarni oqilona taqsimlash” taktikasi).
2. Bellashuvlarning har bir bosqichida yuqori natijalar ko’rsatish (“ruhiy ustunlik va yengilmaslikni saqlab turish” taktikasi).
3.2. Sportchilar taktik tayyorgarligining turlari, vazifa hamda vositalari
Umumiy va maxsus taktik tayyorgarlikni farqlash qabul qilingan.
Umumiy taktik tayyorgarlik sportchini xilma-xil taktik priyomlarga o’rgatishga yo’naltirilgan. Maxsus taktik tayyorgarlik tanlangan sport turida taktikani egallash hamda takomillashtirishga yo’naltirilgan.
Taktik tayyorgarlik jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
1. Sportchining sport taktikasi bo’yicha bilimlarni (uning samarali shakllari, tanlangan va unga yaqin sport turlarida rivojlanish yo’nalishlari) egallash.
2. Raqiblar, bo’lajak bellashuvlarning sharoitlari haqida, musobaqalar tartibi, bu mamlakatdagi ijtimoiy-psixologik iqlim to’g’risida axborot yig’ish, sportchining musobaqadagi ishtiroki taktik rejasini ishlab chiqish.
3. Musobaqa kurashini olib borishning taktik priyomlarini o’zlashtirish hamda takomillashtirish.
4. Taktik tafakkur va u bevosita bog’liq qobiliyatlar – kuzatuvchanlik, ziyraklik, ijodiy tashabbuskorlik, raqibning taktik mo’ljallarini, uning va o’z shaxsiy harakatlarining natijalarini oldindan ko’ra bilish, musobaqadagi muayyan vaziyat va raqibning harakatlariga qarab bir xil taktik faoliyatdan boshqasiga o’tish tezligi kabilarni shakllantirish.
5. Raqibga psixologik ta'sir ko’rsatish priyomlarini egallash hamda o’z maqsadlarini yashira bilish.
Taktik tayyorgarlikning o’ziga xos vositalari sirasiga muayyan taktik vazifalarni bajarish uchun qo’llaniladigan jismoniy mashqlar, ya'ni harakat faoliyatlari kiradi.
Taktik harakatlarda uch asosiy bosqich ajratiladi:
1) musobaqa vaziyatini idrok etish va tahlil qilish;
2) taktik vazifani fikran hal etish;
3) taktik vazifani harakat orqali hal etish.
Bu bosqichlarning barchasi xotira bilan chambarchas bog’liq bo’lib, taktik vazifani hal qilishning neyromotor tarkibiy qismlari sanaladi (5-rasm).
Ular alohida taktik priyomlar yoki musobaqalar taktikasining yaxlit shakllarini modellashtirish mumkin. Tayyorgarlik bosqichidan kelib chiqib, bu mashqlar quyidagi hollarda qo’llaniladi:
a) yengillashtirilgan sharoitlarda;
b) murakkablashtirilgan sharoitlarda;
v) musobaqalarga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda.
Tanlangan sport turidan taktika bo’yicha umumiy va maxsus bilimlar har xil taktik harakatlarni o’rganish hamda taktik ko’nikmalarni egallash uchun zarur poydevorni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ular alohida va jamoaviy vazifalarni hal etishda ijodiy fikrlashning asosi hisoblanadi.
Sportchi quyidagilarni bilishi kerak:
- musobaqa qoidalari, ularga hakamlik qilish va o’tkazishning xususiyatlari; musobaqaning va raqiblarning shartlari;
- sportdagi taktik harakatlarning asoslari, ularning jismoniy, texnik va irodaviy tayyorgarlikka bog’liqligi; o’z sport turi taktikasining asosiy xususiyatlari va b.
Maxsus adabiyotlarni, hakamlik va musobaqa o’tkazishning xususiyatlari, taktika bo’yicha foto va kinomateriallarni o’rganish, musobaqalardagi kuzatuvlarni tahlil etish, musobaqa o’tkaziladigan sharoitlar va joylarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Taktik tayyorgarlik bir xil holatlarda musobaqalar paytida sportchining kuchini to’g’ri taqsimlashdan yoki muayyan sport vazifalarni hal qilish uchun texnikadan maqsadga muvofiq tarzda foydalanishdan, boshqa hollarda esa jamoadagi sheriklar bilan o’zaro munosabatlarda samaradorlikni oshirish yoki taktik faoliyatlarning bir tizimidan boshqasiga tez va o’z vaqtida o’tishdan iborat bo’ladi.
Taktik tayyorgarlikning eng tipik vazifalari, ularni hal qilish uchun zarur usuliy priyomlar hamda ular ko’proq qo’llaniladigan sport turlari 3-jadvalda keltirilgan.
Sportchining musobaqada ishtirok etish taktik rejasini
tuzishning mazmuni hamda usuliyati
Musobaqa kurashini olib borishning barcha vosita, usul va shakllari taktik rejada bayon etiladi.
Taktik reja – alohida sportchilar yoki jamoaning asosiy faoliyatlari dasturidir. U musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida tuziladi va musobaqalar boshlanishi oldidan uzil-kesil aniqlashtiriladi.
Taktik reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Bu musobaqalarda sportchi yoki jamoa oldiga qo’yiladigan asosiy vazifa.
2. Taktik kurashning umumiy shakli – faol, passiv, kombinatsiyalangan.
3. Musobaqa rejimini hisobga olib, kuchlarni butun musobaqalar o’tadigan davrga taqsimlash.
4. Kuchlarni har bir chiqish jarayonida taqsimlash (masofani bosib o’tish tezligi grafigi, o’yin, jang sur'ati, badan qizdirish mashqlarining davomiyligi va xususiyatlari).
5. Taktik kurashda vazifalar hamda vaziyatning o’zgarishlar ehtimoli bilan bog’liq holda bevosita musobaqa jarayonida taktikaning bir ko’rinishidan boshqasiga o’tish mumkinligi.
6. O’z maqsadlari (harakatlari) ni niqoblash yo’llari
7. Raqiblar to’g’risida ma'lumotlar, ular tayyorgarligidagi kuchli va zaif jihatlar.
8. Musobaqa o’tkaziladigan joylar, ob-havo, bo’lajak musobaqalardagi hakamlik va tomoshabinlar to’g’risida ma'lumotlar.
Taktik rejaning asosiy bo’limlari: a) bosh vazifa; b) taktik kurashning umumiy shakli (hujumkor, faol mudofaaga asoslangan, himoyalanuvchi) va uning mazkur musobaqalar sharoitiga muvofiq varianti. Bundan tashqari, sport o’yinlarida o’yin tizimini kombinatsiyalar, o’yinchilarning o’zaro harakatlardagi priyomlarini ko’zda tutish kerak. Boshqa sport turlarida guruhli taktika va alohida kombinatsiyalar, priyomlarni qo’llash imkoniyatiga ham e'tibor berish lozim; v) yuklama va dam olishning xususiyatlari, davomiyligi, shiddatli – musobaqa rejimini hisobga olib, kuchlarni taqsimlash; g) har bir alohida chiqish jarayonida kuchlarni taqsimlash (tezlik grafigi, shartli grafik, o’yin sur'ati, badan qizdirishning davomiyligi va xususiyatlari); d) taktik kurashning vazifalari hamda vaziyatidagi ehtimoliy o’zgarishlar bilan bog’liq holda musobaqalar jarayonida bir taktikadan (yoki tizimdan) boshqa taktikaga (tizimga) o’tish mumkinligi; e) o’z niyatlarini niqoblash yo’llari va usullari; j) raqib to’g’risidagi ma'lumotlar, uning tayyorgarligidagi (jismoniy, taktik, texnik va irodaviy) kuchli hamda zaif jihatlar, hujum (alohida va guruhli) va qarshilik ko’rsatishning (faol mudofaaga hamda himoyaga asoslangan) tegishli priyomlari; z) musobaqa o’tkaziladigan joylar, ob-havo, hakamlik, tomoshabinlar va h.k. to’g’risida ma'lumotlar.
Sport o’yinlarida jamoa o’yinining umumiy taktik rejasidan tashqari alohida har bir o’yinchi uchun ham taktik reja tuzilishi mumkin. Bunday rejaning asosida yakkama-yakka kurashayotgan juftlama kuchlari nisbatining tahlili bo’lishi mumkin (hujum va himoya).
O’tkaziladigan bellashuv rejasi sportchi va murabbiy bilan hamkorlikda tuziladi, chunki sportchining taktik mahoratini o’stirishda murabbiyning roli katta, u musobaqalarning taktik rejasini tuzishda faol ishtirok etishi kerak.
Sportchining psixologik (ruhiy) tayyorgarligi
Sportchining psixologik tayyorgarligi to’g’risida tushuncha, uning turlari. Ayrim sport turlarida ruhiy sifatlarning ahamiyati
Psixologik tayyorgarlik deganda, sportchilarda mashg’ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi hamda musobaqalarda ishtirok etishni ta'minlovchi psixologik faoliyatlar, jarayonlar, shaxsiy holat va xususiyatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan psixologik-pedagogik tadbirlar hamda sportchilarning hayotiy faoliyatiga muvofiq shart-sharoitlar tushuniladi.
Psixologik tayyorgarlikni umumiy va maxsus turlarga bo’lish qabul qilingan. Umumiy psixologik tayyorgarlikning mohiyati shundaki, ular sportchilarda aynan o’zlari tanlagan sport turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish uchun zarur bo’lgan psixik faoliyatlar va sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga yo’naltiriladi. Tayyorgarlikning bu turi, shuningdek, sport kurashining tarang sharoitlariga hissiy barqarorlikni shakllantirish, asabni va jismoniy zo’riqishlarning izlarini tez bartaraf etish qobiliyatini va tarbiyalash, uyqu rejimini ixtiyoriy tarzda boshqarish va b. maqsadida psixik holatlarni faol ravishda tartibga solish yo’llarini o’rganishni ham nazarda tutadi.
Umumiy psixologik tayyorgarlik mashg’ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. U texnik, taktik tayyorgarlik bilan bir paytda o’tkaziladi. Lekin sport faoliyatidan tashqari vaqtda ham, sportchi o’zi mustaqil yoki o’zgalar yordamida miyasida sodir bo’layotgan psixik jarayonlarni, shaxsiy holatlari va xususiyatlarini takomillashtirish maqsadida muayyan topshiriqlarni bajarish orqali ham ro’yobga chiqarilishi mumkin.

Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling