Harakat sog’lom turmush tarzining asosiy omili


BOB. Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili


Download 55.62 Kb.
bet2/11
Sana26.01.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1124134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o\'smir va yosh taekvandochilarning psixologik va maxsus tayyorgarlik

1.BOB. Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili.
1.1. Harakatlanish faolligi sog’lom turmush tarzining eng muhim qismi hisoblanadi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) farqlanadi.


UJT tanlangan sport turiga xos bo’lmagan, lekin har holda sport faoliyati muvaffaqiyatini belgilaydigan jismoniy qobiliyatlarning har tomonlama rivojlanish jarayoni sanaladi.
UJT ning vazifalari:
1. Organizmning funktsional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish va qo’llab-quvvatlash.
2. Barcha asosiy jismoniy sifatlar – kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish.
3. Jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish.
Kishining o’zi shug’ullanadigan va boshqa sport turlaridan olingan mashqlar UJT vositalari hisoblanadi. Shuningdek, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantiradigan mashqlarga katta o’rin ajratiladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlarning hissasi kamroq bo’ladi. Uzoq masofalarga yuguruvchilarda, aksincha, umumiy chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar alohida ahamiyatga ega. UJT jarayonida ularga katta o’rin ajratiladi. Kuch mashqlari uncha katta bo’lmagan og’irliklar bilan, lekin ko’p takrorlab bajariladi.
MJT tanlangan sport turi xususiyatlariga muvofiq bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bunda u mazkur qobiliyatlarni imkon darajasida maksimal rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
MJT ning vazifalari:
1. Muayyan sport turi uchun zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
2. Tanlangan sport turidagi muvaffaqiyatlarni belgilovchi organ va tizimlarning funktsional imkoniyatlarini oshirish.
3. Musobaqa faoliyatining o’ziga xos sharoitlarida mavjud yashirin funktsional imkoniyatlarini yuzaga chiqarish qobiliyatlarini tarbiyalash. Masalan, suzuvchilarga laboratoriya sharoitida standart yuklama berilganda maksimal kislorod iste'moli (MKI) o’rtacha 70 ml/kg/daq. ni tashkil etadi. Musobaqa tezligida suzganda esa 46 ml/kg/daq., ya'ni MKI – bor-yo’g’i 65% qismiga teng bo’ladi.
4. Muayyan sport fani talablarini hisobga olgan holda sportchilarning tana tuzilishini shakllantirish. Masalan, har xil masofalarga ixtisoslashgan yengil atletikachilarda tana tuzilishi ko’rsatkichlari (bo’y, vazn, tuzilish va h.k.), odatda, bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham MJT jarayonida tananing tanlangan sport turidagi yutuqlarni belgilaydigan hamda sport mashg’ulotlarining vosita va usullari yordamida maqsadli ravishda o’zgartirish mumkin bo’lgan tarkibiy qismlariga yo’naltirib ta'sir ko’rsatish zarur.
Ta’kidlash lozimki, sportchi, hatto Olimpiya chempioni ham, umumiy jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanishi kerak. Chunki, sportning har bir turida o’ziga xos standart mashg’ulotlarni bajarishga ko’proq e’tibor beriladi. Organizm uchun esa, har tomonlama jismoniy chiniqish talab etiladi.
Taniqli gerantolog olim, akademik Aleksandr Bogomoletsning fikriga ko’ra “Oqilona yashashning muhim omili – harakatlanish faolligidir. Tananing hamma to’qima – a’zolari muntazam ravishda faol harkatlanishi zarur. Harakatlanishning yetishmasligi tufayli to’qima-a’zolarda yangilanish, yosharish jarayoni buzilib, qarish – keksayish jarayoni tezlashadi”.
Sog’lom turmush tarzi qoidalarining, kattalarning kam harakatlanishidan tashqari buzilishining yana bir ko’rinishi shundan iboratki, chaqaloq tug’ruqxonadan uyga kelishi bilanoq, u bir necha qavat matolar bilan qimirlay olmaydigan darajada yo’rgaklanadi, beshikka yotqizib bir necha soatlab bog’lab qo’yiladi.
Vaholanki, chaqaloq tug’ma harakatlanish reflekslari bilan yorug’ dunyoga keladi. SHuning uchun ham u tug’ilgani zahoti qichqirib ovoz chiqaradi, qo’l-oyoqchalarini qimirlatib, harakat qiladi. Afsuski, uning ana shu tug’ma harakatlanish qobiliyatini saqlash va rivojlantirish zarurligiga buvilar va onalar e’tibor bermaydilar yoki bu haqda bilmaydilar.
Amerikalik olima M.Makgravning (1939 yil) ilmiy tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, chaqaloqda hatto suvda suzish harakatlarining tug’ma reflekslari bo’ladi. CHaqaloq bolaning suvda suzish harakatlari suvda suzuvchi sut emizuvchi hayvonlarning suzish harakatlariga juda o’xshash bo’lar ekan.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra odamda uchraydigan kasalliklarning turi o’n mingdan ko’proq. Ana shularning deyarli hammasida davolovchi jismoniy mashg’ulotlar qo’llanadi.
Ma’lumki, homiladorlik ayol organizmi uchun biologik jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham katta yuk hisoblanadi. Tug’ish jarayonida ayol hayoti xavf-xatarda bo’ladi. Ayniqsa, homila bachadonda tug’ish yo’liga nisbatan normal, ya’ni boshi bilan yotishi o’rniga chanog’i, oyoqlari bilan, yoki ko’ndalang va qiyshiq vaziyatlarda yotganda tug’ish jarayoni yanada qiyinlashib, ayol va homila hayotiga bo’lgan xavf-xatar yanada ortadi. Bunday hollarda ona va bola hayotini saqlab qolish uchun “Kesarcha kesish” (“Kesarevo sechenie”) deb nomlangan operatsiya qilishga zaruriyat tug’iladi, ya’ni ayol qornini kesib, homila bachadondan olinadi. Keyingi yillarda homiladorlikning bunday g’ayri tabiiy kechishi tug’ish muddatidan bir-ikki oy avvalroq aniqlanganda, maxsus jismoniy mashg’ulotlar yordamida homilaning bachadonda tug’ish yo’liga nisbatan g’ayri tabiiy (nonormal) yotishini normal va ziyatga, ya’ni bosh tomoni bilan yotish vaziyatiga aylantirish imkoni tug’iladi.
Ayollarni ana shunday og’ir holatdan qutqazishda ham jismoniy mashg’ulotlar va harakatlanish faolligining foydali ta’siri amalda isbotlandi.Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan jahon ilmiy manba’lari va bizning tadqiqotlarimiz natijasidan ko’rinib turibdiki, harakatlanish faolligi va jismoniy mashg’ulotlarning inson sog’lig’ini mustahkamlashdagi, hatto hayotini saqlab qolishdagi o’rni va roli nafaqat bolalar va o’smirlar, yigitlar va qizlar, o’rta va keksa yoshdagilar, balki ona qornidagi homila, endigina tug’ilgan chaqaloq, ko’krak yoshdagi bola uchun ham, umuman barkamol avlodni shakllantirish uchun ham beqiyosdir.
Shu bos, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 fevral 46-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan “Sog’lom avlod” Davlat dasturining 3-bandida jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarini keng mikyosda o’tkazilishi, hamda o’quvchi va talabalarga, umuman barcha aholiga, harakatlanish faolligining odam tanasidagi anatomik, biologik jarayonlarni yaxshilanishiga, sog’liqni mustahkamlanishiga, umrning uzayishiga, ish qobiliyatini oshishiga ijobiy ta’sir etishini ilmiy asosda tushuntirish, targ’ib qilish muhimligi ta’kidlangan.

Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling