Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Amalga oshish shakliga ko‘ra hissiyotlar quyidagi uch turga bo‘linadi
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Amalga oshish shakliga ko‘ra hissiyotlar quyidagi uch turga bo‘linadi:
- kayfiyat; - affekt; - ishtiyoq. Inson emotsiya va hissiyotlarining birlamchi manbai uni ehtiyojlaridir. Emotsiya va hissiyotning manba-sabablarga insonning maqsad va ehtiyojlariga mos keladigan yoki aksincha mos kelmaydigan buyumlar va hodisalardan axtarish kerak. Ko‘plab ijobiy hissiyotlar (qoniqish, xursandchilik va hokazo) inson istaklari qondirilganda tug‘iladi yoki aksincha, ular qondirilmaganda esa salbiy his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Agar bordiyu atrofdagi buyum va hodisalar insondagi maqsad v ehtiyojlarga aloqador bo‘lmasa, ular hissiy munosabatlarni yuzaga keltirmaydi, ya’ni inson ularga nisbatan befarq munosabatdabo‘ladi. Emotsiya va hissiyotlar kechinmalar sifatida qa’tiy o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lsalar-da, ular o‘rtasida muhim farqlar ham mavjud. Organizmning ovqatga, sovuqdan va jaziramadan himoyalanishga, uyquga, o‘z-o‘zini saqlab qolishga nisbatan bo‘ladigan ehtiyojlari bilan bog‘liq qoniqish (yoki qoniqmaslik) hissiyotlari emotsiyalarga misol bo‘ladi. Emotsiyalar insonlarga ham, hayvonlarga ham xos. Biroq, inson emotsiyalari hayvonlarnikidan butunlay farqlanadi: ularma’lum darajada ijtimoiy tajriba ta’siri ostida o‘zgargan, qayta tuzilgan bo‘ladi. Insondagi emotsiyalarning namoyon bo‘lish shakli ham (emotsional kechinmalar vaqtida o‘z xulq-atvorini boshqara olish imkoniyati), shuningdek, u yoki emotsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va maqsadga erishish usullari ham ijtimoiy hayot sharoitlari bog‘liq bo‘ladi. Insonning faoliyat jarayonida tug‘iladigan vaziyatlarga shuningdek, unga ta’sir etadigan buyumlarning alohida xususiyatlariga nisbatan bo‘ladigan reaktsiyalari vaqtida emotsiyalar paydo bo‘ladi. Masalan, musiqiy ohanglar yoqimli bo‘lgani holda, ikkita shisha bo‘lagini bir-biriga ishqalash bilan ifodalanadigan aqliy operatsiya. Masalan, «qiymat»ni «odamning qimmati», «tovarning qiymati» deb, konkretlashtiriladi. Yoki konkretlashtirishga yana bir misol: komandir «dushman tanklariga qarshi har xil qurollar vositasida kurashish mumkin», - deydi: - tankka qarshi granatalarni qo‘llash bilan; - granatamyotlar vositasida; - har xil tankka qarshi minalar vositasida va hokazo. Keyin esa u har bir usulning mohiyatini ochib beradi. Tafakkur jarayoni ma’lum bir shakllarda kechadi: tushuncha, hukm, xulosa. Tushuncha-narsa va hodisalarning muhim belgilarini, bog‘lanishlarini, mohiyatini so‘zlar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat tafakkur shakli. Boshqa psixologik mahsullar kabi, tushunchaning ham manbai moddiy dunyodir. Hukm-narsa va hodisalar, ularning belgi hamda xususiyatlari haqida tasdiq yoki inkor ma’nosini bildirgan fikr. Xulosa – bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida yangi hukm hosil qilishdan iborat tafakkur shakli. Xulosada mavjud hukmlar asoslar deyiladi, ulardan hosil bo‘lgan yangi hukm esa, xulosa deyiladi. Masalan, «Barcha sayyoralar harakatlanadi, oy sayyora, demak, oy harakatlanadi». Tsitseron: «Insonlar bir-birlaridan uzishi kerak bo‘lgan soha – bu insonni hayvondan farqlovchi narsa, ya’ni nutqdir», - degan edi. G‘aliz odamning nutqi ham qo‘pol, qashshoq bo‘ladi, garchand har xil maqol-matallarni, ajnabiy iboralarni, begona fikrlarni so‘z ko‘rki deb ko‘p ishlatsa-da, aslida esa bular o‘zining fikri sayozligidan, nutqi qashshoqligidandir. Bu jihatdan tarbiya ko‘rgan odam esa so‘zga boy bo‘ladi, fikrini ifodalash uchun begona unsurlarga ehtiyoj sezmaydi, bir aytgan so‘zni boshqa ishlatmaydi. 1697-1773 yillarda yashab, faoliyat yuritgan mashhur ingliz davlat arbobi Chesterfild o‘zining «Farzandga maktublar» asarida nutqning inson hayot faoliyatidagi ahamiyati haqida shunday deb yozadi: «Kimki ko‘zga ko‘ringan inson bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, faqatgina bilim olish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Bilimni ko‘rsata olish, unga munosib libos tanlash, jilo berish, ya’ni boshqalarga o‘z fikrini, ilmini namoyish qilish san’atini egallamoq, muhim ahamiyat kasb etadi. Agar fikr qo‘pol, palapartish ifodalangan bo‘lsa, uning mazmuniga hamma ham birdek tushunib yetavermaydi. Ko‘p yillik tajribamga asoslanib aniq aytishim mumkinki, sof til, nafis uslub bilimdagi ancha-muncha kamchilikni sezdirmaydi. Nutq tushunarli bo‘lishi uchun yana ba’zi bir narsalar kerak bo‘ladi, Demosfen (eramizdan avvalgi 387-322 yillarda yashagan afinalik jamoat arbobi ma’lumki, u tutulib gapirardi) o‘zida mavjud bo‘lgan tabiy nuqsonni yo‘q qilish uchun nimalar qilganini eshitgan. Bundan tashqari, u buron paytida sohilga borib, o‘z-o‘ziga nutq so‘zlar, shu yo‘l bilan olomon oldida, uning shovqin-suroni: bosgudek nutq so‘zlashni mashq qilardi. Xullas, nutqing biron-bir kamchilik, nuqson bo‘lsa, astoydil o‘z ustingda ishlasang, hammasi bartaraf bo‘ladi". Insonning tafakkuri va nutqi o‘zaro birlikda rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. Tafakkurning har qanday turida nutq intiroq etadi. So‘z tushunchalar, mulohazalarni ifodalash tuzish, buyum hamda hodisalarni ongda aks ettirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Inson nutqining mazmuni va shakli uning kasbiga, tajribasiga, temperamentiga, xarakteriga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi. Nutq vositasida odamlar o‘zaro bilim va axborotlar almashadilar, bir-birlariga hamda o‘zlariga ta’sir o‘tkazadilar. Ammo, nutq va til ba’zilar o‘ylaganlaridek bir narsa emas. Til — bu insoniy muloqot, tafakkur va ifoda vositasi bo‘lgan belgilar tizimi. Til yordamida inson tashqi dunyoni, shunindek, o‘zini biladi, xulq-atvorini boshqaradi va hokazo. Til mazmunan ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, uni o‘zlashtirish inson ruhiyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi ham uning ongining shakllanishiga sharoit yaratadi. Til tarix jamiyat paydo bo‘lishi bilan hamkorlikdagi mehnat jarayonida yaratilgan. Dunyoda 5000 atrofida tillar bo‘lib, har biri o‘ziga xos so‘zlar zahirasiga va grammatik tuzilishiga ega. Har bir so‘z ma’no xususiyatlariga ega va biron-bir tushunchani o‘zida ifodalashi mumkin. Ular yordamida insonlar borliqni undagi qonuniyatlarni anglaydilar. Tilning rivoji birinchi o‘rinda muloqot va o‘zaro ta’sirni taqozo qiladigan jamoa mehnati bilan bog‘liq. Dastlab til juda sodda va tovushlardangina iborat bo‘lgan. Haqiqiy insoniy nutqning paydo bo‘lishi bilan inson, uning ongi jamiyat rivojlanishi uchun katta imkoniyat tug‘ildi. Til yordamida insonlar o‘zlarining ijtimoiy tajribalarini, madaniy me’yor va an’analarini boshqa kishilarga hamda kelajakdagi avlodga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Til, tafakkur bilan izchil aloqadorlikka ega bo‘lganli uchun ham ruhiy jarayonlarning hammasida ishtirok etadi. Imo-ishoralar, garchi, ular vositasida juda ko‘p narsani yetkazi berish imkoniyati mavjud bo‘lsa-da, tilga nisbatan yordamchi vazifasini o‘taydi. Dastlab tovushlar va ularning birikmalari ibtidoiy jamoa a’zosi uchun xulq-atvor sababchisi, kiyinroq esa boshqaruvchisi vazifasini bajargan. Keyinroq nutqiy muloqotning murakkablashishi bilan esa u haqiqiy belgilar tizimiga aylandi. So‘z va gap tilning haqiqiy birliklari hisoblanadilar, Ular mazmun va ma’noga ega. So‘zda ifodalangan axborot uning mazmunini tashkil qiladi. So‘z yordamida ob’ektlar belgilanadi, ularning belgilari umumlashtiriladi. So‘zning ma’nosi esa ob’ektiv borliqdagi buyum va hodisalarni individual idrok qilish hamda tushunishda namoyon bo‘ladi. Shaxsda so‘z mazmun va ma’nosini yaqinlashuvi bir nechta bosqichlar orqali o‘tadi, ya’ni avval u tarqoq tushuniladi va boshqa shunga o‘xshash so‘zlardan ko‘p ham farqlanmaydi, keyinroq esa ushbu so‘z nisbat berilayotgan ob’ektning mohiyati anglanib, so‘z bilan ular o‘rtasida munosabat o‘rnatiladi. Har bir odam dunyoga kelar ekan nafaqat tafakkur, balki, hamma ruhiy jarayonlar rivoji uchun zarur bo‘lgan tayyor til bilan uchrashadi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling