Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet7/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

6.Shaxsning psixologik tuzilishi.
Diqqat va uning shaxsdagi faoliyati
Agar odam diqqatini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga to‘play olmas ekan, unda hech bir ruhiy jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unumli bo‘la olmaydi. Bu biron bir buyumga qarab tursak ham, uni ko‘rmasligimiz mumkin. O‘z fikrlari bilan band bo‘lgan odam yaqin atrofdagi kishilarning gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biron narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Aksincha, odam biron bir narsa yoki faoliyatga butun diqqatini qaratsa, u holda o‘sha buyum yoki hodisaning hamma xususiyatlarini bilib olishi va ishi juda ham unumli bo‘lishi mumkin. Diqqatning o‘zi nima?
Diqqat – bu ongning biron bir predmet yoki hodisa ustida to‘planishidan iborat bo‘lgan psixologik hodisa. U odamning ruhiy faoliyatini tashkil qiluvchi mexanizm hisoblanadi.
Diqqat insonning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson ruhiyatida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Harbiy faoliyatda diqqatning ahamiyati katta. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash ishining samaradorligi komandirning o‘z qo‘lostidagilar diqqatini harbiy faoliyatga maqsadga muvofiq ravishda qanchalik jalb eta olishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar askarlar diqqati o‘quv mavzusiga yetarlicha qaratilsa, ular mavzuni yanada yaxshiroq tushunib oladilar, bundan tashqari mashg‘ulot vaqtida ularning diqqat-e’tibor bilan ishlashlari sinf xonasida intizomni ta’minlaydi.
Diqqat, odatda mimikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatlarda ifodalanadi. Diqqat bilan eshitib turgan kishini diqqati parishon odamdan farq qilish juda oson. Ammo ba’zi paytda askar aftidan komandirning gaplarini tinglayotganga o‘xshasa ham, aslida uning fikr-xayollari boshqa narsalarda bo‘ladi. Diqqat ruhiy jarayonlardan ajralgan holda sodir bo‘la olmaydi. Shu tufayli u mustaqil ruhiy jarayon emas. Biz diqqat yoki e’tiborsizlik bilan biron bir ishni bajaramiz, biron narsani ko‘zdan kechiramiz, eshitamiz yoki o‘ylaymiz. Shunday qilib, diqqat turli ruhiy jarayonlarning faqat bir tomoni yoki xossasidir.
Zotan, tetik holatida odam biron bir faoliyat bilan band bo‘ladi (ish qiladi yoki o‘ylaydi), binobarin uning diqqati doimo biron narsaga qaratiladi.
Bosh miya katta yarim sharlarida yuz berib turadigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari diqqatning fiziologik asoslari hisoblanadi. Agar odamning diqqati biron narsaga qaratilsa, bu uning miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganligidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa qismlari tormozlangan holatda bo‘ladi. Bunday hodisa asab jarayonlarining induktsiya qonuniga ko‘ra yuz beradi. Shu sababdan ham odam biron ishga qattiq berilib ketgan paytda boshqa narsani payqamasligi mumkin.
Irodaning qanchalik ishtirok etishiga qarab diqqat uchga bo‘linadi:
- ixtiyorsiz;
- ixtiyoriy;
- ixtiyoriydan keyingi diqqat.
Agar komandirning tushuntirishlari mazmunan qiziqarli bo‘lsa, uning hikoyasini askarlar diqqat bilan tinglaydilar va komandir namoyish qilgan materiallarni qunt bilan kuzatadilar. Bu ixtiyorsiz diqqatning ko‘rinishi. Bunday diqqat irodaviy zo‘r berishlarsiz hosil qilinadi. Ixtiyorsiz diqqatni hosil qiluvchi muayyan sabablar nimalardan iborat? Avvalo har qanday kuchli qo‘zg‘atuvchilar, odatda ixtiyorsiz diqqatni vujudga keltiradi. Chunonchi, momaqaldiroq yoki yaqin atrofda otilgan o‘q ovozi odamni diqqatini shu tovushlarga qaratishga majbur etadi. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi muhim ahamiyatga ega. Sokin tunda sekin shitirlash ham soqchining diqqatini darhol o‘ziga tortadi.
Hatto u qadar kuchli bo‘lmasa ham, qo‘zg‘atuvchining bexosdan (tasodifan) ta’sir ko‘rsatishi diqqatni jalb qilish ahamiyatiga ega. Harakatdagi buyumlar, yangilik, odatlanilgan sharoitda yuz beruvchi o‘zgarishlar sezilmay qolmaydi. Masalan, dala o‘quv mashg‘ulotlarida odatdan tashqari muammoli vaziyatlarni hosil qilish harbiy xizmatchilar diqqatini kuchaytiradi.
Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Oshxonadan dimoqqa urilgan taom hidi qorni och odamga darrov sezilsa, qorni to‘q odam esa bunga e’tibor ham bermaydi. Bizda qiziqish uyg‘otuvchi, mayl va didimizga mos tushuvchi, histuyg‘ularimizga ta’sir etuvchi narsalarning barchasi diqqatimizni beixtiyor ravishda o‘ziga tortadi. Bunda odamdagi o‘tmish tajribalarning ahamiyati katta. Bunday diqqatning davomiyligi tashqi qo‘zg‘atuvchining qancha vaqt ta’sir etishiga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi ta’sir tugashi bilan bunday diqqat ham yo‘qoladi.
Ixtiyoriy diqqat esa boshqacha xususiyatlarga ega. Bunday diqqat amalda biron narsani idrok qilish yoki biron ishni bajarish maqsadi paydo bo‘lishi bilan maydonga keladi. Mo‘rakkab masalani hal qilishda askar diqqatini bir nuqtaga jamlashga qiynaladi, ammo mazkur muammoni yechishga o‘zini majbur qiladi. Ko‘pincha tashqi qo‘zg‘atuvchilar askarning diqqatini chalg‘itib turadi, ammo u irodasini ishga solib, qunt bilan ishlashga o‘zini majbur etadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda irodaviy zur berish bilan hosil qilinadi. Diqqatning bu turi o‘zining mantiqiy izchilligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.
Harbiy faoliyatda ixtiyoriy diqqat katta rol o‘ynaydi, insondagi ixtiyoriy diqqat darajasi uning u yoki bu faoliyat ahamiyatini qanchalik anglashiga bog‘liq bo‘ladi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat ixtiyoriy diqqatdan kelib chiqadi. Inson biron bir hodisaga nisbatan o‘z diqqatini iroda kuchi bilan yo‘naltiradi. Oradan ma’lum muddat o‘tgandan keyin esa uning diqqati iroda ta’sirisiz ushbu faoliyat ustida yig‘ila boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyoridan keyingi diqqatga o‘tish jarayonini o‘rganish harbiy xizmatchilarni o‘qitish samaradorligini oshirishning yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Inson ongiga har doim, ayniqsa, jangovar vaziyatlarda jua ko‘p miqdordagi qo‘zgatuvchilar ta’sir etadi. Miyamizga ham daqiqa ta’sir etib turadigan ma’lumotlarning faoliyatimiz uchun eng muhimlarini ajratib olish juda katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda diqqat inson ruhiy faoliyatining tashqi qiluvchisi – muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi.
Aynan diqqat ruhiy faoliyatga, ayniqsa, bilish jarayonlariga samaradorlik baxsh etib, uning bir maromda kechinni ta’minlaydi. Diqqat ruhiy hodisa sifatida ikki xususiyatga ega: u ma’lum bir vaqt va makonda voqea bo‘ladigan ruhiy jarayon, shuningdek, o‘ziga xos ruhiy holat ham hisoblanadi. Diqqatlilik shaxsga xos bo‘lgan muhim sifat bo‘lishi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning omili hisoblanadi. Inson bosh miyasida sodir bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar diqatning fiziologik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Irodani diqqatga eng yaqin va eng ko‘p darajada bog‘liq bo‘lishiga ro‘hiy hodisa-jarayon sifatida ko‘rsatish mumkin. Chunki, diqqat, ayniqsa, ixtiyoriy diqqat irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Biz yuqorida diqqatning uchga bo‘linishini ayt» o‘tgan edik. Uning uchga bo‘linishi ham ularda irodani qanchalik ishtirok etishiga qarab amalga oshiriladi.
Har bir insonning diqqati bir qator sifatlarga ega bo‘ldi:
- ko‘lami;
- barqarorligi;
- ko‘chuvchanligi;
- taqsimlanuvchanligi;
- o‘zgaruvchanligi;
- parishonligi;
- to‘planishi.
Inson vaqt birligi ichida idrok qila oladigan buyumla sonining eng yuqori miqdori diqqat ko‘lami tushunchasida 5 ifodasini topadi. Har xil odamlarda diqqatning ko‘lami har xil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida 4-6 ta ob’ektni idrok qilish diqqatning o‘rtacha ko‘lamini tashkil etadi. Harbiy xizmatchilardagi diqqat ko‘lamini maxsus mashqlar vositasida rivojlantirish mumkin.
Diqqatning taqsimlanuvchanligi shunday qobiliyatki, bunda diqqat bir vaqtda bir nechta ob’ektga yo‘naltiriladi hamda ular bir xil darajada idrok etiladi. Diqqatning taqsimlanuvchanligi, ayniqsa, jang sharoitida juda ham zarur bo‘lib, bunda bir vaqtda ko‘plab texnik moslamalarni, shuningdek, aqliy va boshqa turdagi harakatlarni nazorat qilish zarch bo‘ladi (masalan, uchuvchi, operator va hokazo).
Barqarorlik – bu uzoq vaqt davomida diqqatni tanlangan ob’ekt ustida ushlab turish. Diqqatning barqarorligi insondagi faoliyat uchun javobgarlik, burch hissi, mohiyatni anglash, qiziqish, irodaviy sifatlar kabilarga bog‘lik bo‘ladi.
Diqqatning o‘zgaruvchanligi uning barqarorligiga nisbatan teskari sifat hisoblanadi.
Parishonxotirlik ham diqqatga xos salbiy sifat bo‘lib, u har xil sabablar hosilasi hisoblanadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar: topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissining pastligi, qiziqishning yo‘qligi, charchash, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, kasallik. Parishonlikni yo‘qotish uchun uning sabablarini tahlil qilish lozim.
Har qanday faoliyatning muvaffaqiyati diqqatning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling