Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Shaxs shakllanishi, omillari va mohiyati
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
5.Shaxs shakllanishi, omillari va mohiyati.
Idrok va uning xususiyatlari Endi esa bilishning muhim jarayonlaridan biri bo‘lgan idrok haqida so‘z yuritamiz. Narsalarning alohida-alohida sifatlari (rangi, tovushi, qattiqligi va hokazo) sozgilar tufayli miya katta yarim sharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab olgan voqelikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit majmuasi mujassamlashgan bo‘ladi. Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan sezgilar narsa va hodisalarni to‘g‘riroq aks ettirish uchun miya po‘stlog‘ida bir-biri bilan birikadi va odamda narsa yoki hodisaning yaxlit obrazi yaratiladi. Sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning ancha yuksak shaklidir. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog‘lanishlari idrokning fiziologik asosi hisoblanadi. Idrok qilishda bir nechta sezgi analizatorlarining ishi o‘zaro uyg‘unlashadi. Masalan, biz jangovar vaziyatni idrok qilar ekanmiz, bir vaqtning o‘zida joyning relefini, havo haroratini, atrofdagi o‘t-o‘lan va daraxtlarning rangivi, odamlardagi kayfiyatni, turli xil tovushlarni, kunning vaqti va boshqa ko‘plab narsalarni bir vaqtda «ko‘ramiz». Idrok – bu sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni ongimizda bir butun, yaxlit holda aks ettirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon. Idrok jarayonida barcha ruhiy hayotimiz, ongimizning butun mazmuni, bilimlarimiz va tajribalarimiz ishtirok etadi. Shuning uchun ham idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor ruhiy jarayon bo‘lib hisoblanadi. Xizmat va jangovar faoliyat juda murakkab hamda xilma-xil sharoitlarda amalga oshiriladi. Jangovar holat eshitiladigan, ko‘riladigan va hokazo sifat hamda xususiyatlardangina iborat emas. Bu, demak, joyning relьefi, o‘simliklar dunyosi, qurilishlar, jangovar texnika, shaxsiy tarkib kabi tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Uni to‘g‘ri tushunish va baholash uchun alohida sifatlarning‘ o‘zi kamlik qiladi, balki, predmet va hodisalarni to‘laligicha tushunish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa predmetlarni, hodisalarni, vaqtni, fazoni va harakatlarni idrok qilish kerak. Chunki har qanday predmetning mohiyati undagi sifat va xususiyatlar yig‘indisida namoyon bo‘ladi. Idrok odamning faoliyati bilan bog‘liq faol jarayondir. Agar biz biron rasmga mahliyo bo‘lib, uning qarshisida qimirlamay tursak ham, bari bir biron aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan va nigohimiz qaratilgan joydagi narsani ko‘rmay qolgan bo‘lur edik. Deyarli har qanday ob’ekt shu ob’ektni qurshab olgan fon bilan birgalikda idrok etiladi. Mashg‘ulot vaqtida bo‘linma komandiri butun guruhga nazar tashlab turibdi, deb faraz qilaylik. Ammo shunday bir lahza yuz berdiki, komandirning nigohi kursantlar orasidan bittasini ajratib olib, uni kuzatib boradi. Bu kursant darsda bo‘linma komandiri idrokining ob’ektiga aylanadi, qolgan butun guruh esa shu ob’ektni qurshab turgan fon vazifasini o‘taydi. Analizatorlarimizga keluvchi ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘alishlar orasidan qaysi biriga diqqatimiz qaratilsa, faqat shunisinigina biz ayni chog‘da idrok qilamiz. Bu hol idrokning tanlab oluvchanlik xossasi deb ataladi. Biz uchun qimmatga ega bo‘lgan, qiziqarli narsalar, odatda, diqqatimizni o‘ziga tortadi, binobarin diqqatning yo‘nalishi odam ruhiy hayotining umumiy mazmuniga, jumladan uning o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Idrokning o‘tmish tajribaga bog‘liqligi appertseptsiya deb ataladi. Turli kasb kishilari bitta narsaning o‘zini turlicha idrok qiladilar. Chunonchi, daladan uzib olingan gulni ko‘zdan kechirar ekan, rassom guldagi ranglarning uyg‘unligiga ko‘proq e’tibor beradi; botanik esa gulga ma’lum sinfga mansub o‘simliklarning vakili sifatida qaraydi; gul agronomni yem-xashak o‘tlar turkumiga kirishi nuqtai nazaridan qiziqtiradi. Odamning hayotida idrokning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda undagi kuzatish qobiliyati muhim rol o‘ynaydi. Kuzata olish qobiliyati kishining vaziyatni yaxshiroq fahmlab olishiga, narsalarni yanada aniqroq idrok etishiga, odamlarni durustroq tushunishiga imkon beradi. Bularning barchasi odamga yanada to‘g‘riroq ish ko‘rish, tashqi ta’sirlarga oqilona javob qaytarish imkoniyatini yaratadi. Tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi barcha narsalar fazoda joylashgan bo‘lib, fazoda muayyan o‘rinni egallab turadi, ulardan har birining o‘z katta-kichikligi, hajmi va shakli bor, ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan ma’lum masofada turadi. Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ongimizda aks ettirishimiz fazoni idrok etish deb ataladi. Bundan tashqari, moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda va o‘zgarishdadir. Bu harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yuz beradi. Narsalar harakati va o‘zgarishidagi izchillik hamda davomiylikning odam ongida aks etishi vaqtni idrok etish deb ataladi. Olam materiyadan iborat, materiya esa hamisha fazo va vaqt ichida mavjud bo‘ladi. Faylasuflar ta’biri bilan aytganda fazo va vaqt materiyaning yashash shakllaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalarning fazoviy xususiyatlarini qanday idrok qilamiz? Bu xususiyatlarni biz avvalo ko‘rib bilamiz. Ammo bu xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida, kub esa kvadrat shaklida aks etadi: bu yo‘sinda aks ettirish orqali mazkur buyumlarning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turlicha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash hodisa yuz beradi, ularning ko‘z to‘r pardasiga tushuvchi aksi katta-kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkin. Bu esa ularning katta-kichikligi hamda ulargacha bo‘lgan masofa haqida aniq tasavvur bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining birga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qilish sohasida ham yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning fazoni to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining sababi ham shunda. Go‘dak o‘zidan ancha olisdagi narsaga tomon qo‘l cho‘zib, uni ushlashga harakat qiladi. Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiyligi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatdagi davriy harakatlar va bir maromda yuz beruvchi o‘zgarishlar (Erning aylanishi, kecha-kunduz almashinishi, yil fasllari) vaqtni aniq o‘lchash imkonini beradi. Vaqtning qisqacha bo‘laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlashda biz as-boblardan foydalanamiz, soatning millari ma’lum vaqt birligi ichida bir xildagi yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘sinda vaqtni o‘lchash vaqtni bilishning ob’ektiv usuli hisoblanadi. Fazo va vaqtni idrok qilishda odamning faoliyati katta ahamiyatga ega. SHunday kishilar borki, ularda «vaqt sezgisi» nihoyatda rivojlangan bo‘ladi, bundaylar harbiy xizmatchilar, temir yo‘l xizmatchilari, o‘qituvchilar orasida ko‘proq uchraydi. Odamlar tashqi olamni idrok qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim kishilar yaxshi kuzata oladi, ularning bu fazilati kuzatuvchanlik deb ataladi. Boshqa kishilar bu sifatga ega bo‘lmaydi. Odatda, bilishga qiziquvchan odamlar kuzatuvchan bo‘ladi. Kuzatuvchan odam narsa va hodisalarni ancha aniq idrok qiladi, aksincha bu qobiliyatga ega bo‘lmagan kishi ko‘pgina narsalarni payqamaydi, idrokda esa ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yadi. Kuzatuvchanlik har qanday faoliyat, jumladan harbiy faoliyat uchun ham juda zarur fazilat hisoblanadi. Ayrim kishilarning kuzatuvchanligi moddiy narsalar bilan ko‘proq aloqador bo‘ladi. Ular buyumning sifatiga, uning qanday materialdan tayyorlanganligiga ko‘proq e’tibor beradi, buyumning afzal tomonlarini ko‘proq ko‘radi. Boshqa odamlar esa shaxsning ruhiy xususiyatlarini yaxshi payqay oladilar, odamning ichki dunyosini yaxshi biladilar. Bunday odamlarda psixologik kuzatuvchanlik yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ayrim kishilar esa bu ikkala kuzatuvchanlikka ham ega bo‘ladilar. Mana shunday kuzatuvchanlikni harbiy xizmatchilarda tarbiyalash harbiy faoliyat samaradorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Harbiy xizmatchilardagi idrok quyidagi xossalarga ega buladi: Idrokning predmetligi. Inson predmetlarni qancha ko‘p va chuqur bilsa, uning idroki shunchalik samarali bo‘ladi. Idrok jarayoni muayyan predmetlarga asoslanadi. Idrokning anglanganligi. Idrok ob’ektining foydaliligi yoki zararliligi, uning termin bilan ifodalanishi. Idrok qilanayotgan predmet oldin idrok qilingan, tajribada ko‘rilgan, bilib olingan predmet bilan solishtiriladi. Idrokning butunligi. Idrok qilanayotgan predmet yoki hodisa o‘zining barcha sifat va xususiyatlari bilan to‘lig‘icha inson ongida tiklanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, insonning idroki faol jarayon bo‘lib, uning faoliyat xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Idrok insonning tajribasiga, bilimlariga, kayfiyatiga, kechinmalariga asoslanadi. Bundan tashqari, idrok insondagi xohish va istakka, uning yoshiga va jinsiga ham bog‘liq bo‘ladi. Idrok jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Noto‘g‘ri idrokka illyuziya deyiladi. Masalan, temir yo‘l ustida turib bir tomonga olislatib nazar solsak ikkala temir yo‘l izi bora-bora qo‘shilib ketganday tuyuladi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling