Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet5/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Bunday qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
- sezishning quyi va yuqori chegarasi;
- farqlash chegarasi;
- ko‘nikish (adaptatsiya).
Sezishning quyi chegarasi shundan iboratki, aynan shu chegarada sezish organi tashqi ta’sirni qabul qiladi – seza boshlaydi. Sezishning quyi chegarasi qanchalik past bo‘lsa, sezgi organining sezuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi yoki aksincha.
Sezgi organlarining sezuvchanligi muhit shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sukunatda tovush yaxshi eshitiladi, kuzatuvchi yetarlicha yoritilgan buyumni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, sezuvchanlikka retseptorning holati ham ta’sir etadi – kuchli yorug‘lik ta’sirida charchagan ko‘z o‘z sezuvchanligini yo‘qotadi. Bundan tashqari, sezgi organlari sezuvchanligiga bosh miya holati ham ta’sir etadi.
Bunga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
- aqlan va jismonan qattiq charchash;
- qo‘rqish;
- hayajonlanish;
- mast bo‘lish;
- kontuziya holati va boshqalar.
Aksincha, sezgi analizatorlarining sezuvchanligini oshiruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- javobgarlikni his qilish;
- ma’lum bir ustanovkaning mavjudligi;
- vazifaning mohiyatini tushunish;
- ma’lum faoliyat sohasidagi mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- diqqat;
- kayfiyat.
Odam kerakli paytda fiziologik vositalarni qo‘llab, o‘z sezgi organlari ish faoliyatini oshirishi mumkin. Masalan, charchagan paytda sovuq suv bilan tanani artish, tez-tez hamda chuqur nafas olish, yengil jismoniy ishlarni bajarish va hokazo.
Bundan tashqari sezgirlikni oshirishning farmakologik vositalari ham mavjud. Bu tabiiy kofe hamda kofein preparati. Bu vositalar sezuvchanlikni 1/3 martagacha oshirishga yordam beradi.
Sezishning yuqori chegarasi tushunchasi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, sezishning quyi chegarasi bo‘lgani kabi uning yuqori chegarasi ham mavjud. Bizning sezgi organlarimiz qo‘zgatuvchining kuchi ma’lum bir yuqori darajaga yetguncha sezadi, ushbu chegaradan keyin sezish yo‘qoladi. Ushbu chegara sezishning yuqori chegarasi deyiladi.
Sezishdagi farqlash chegarasi tushunchasi.
Sezgi organiga birdaniga ikkita qo‘zg‘atuvchi ta’sir etganda, nafaqat bu ikkala qo‘zg‘atuvchi seziladi, balki ularning kuchi va sifati o‘rtasidagi farq ham seziladi. Mana shu hodisaga sezishdagi farqlash chegarasi deyiladi.
Ko‘nikish (Adaptatsiya) hodisasi haqida tushuncha.
Ko‘nikish – bu sezgi organlarining unga ko‘rsatilayotgan ta’sir kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgilarning o‘zgarishidan iborat bo‘lgan hodisa. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortish tomoniga ham, kamayish tomoniga ham o‘zgarishi mumkin. Kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa, sezgirlik, aksincha kamayib boradi. Adaptatsiya qonuniyati organik sezgilardan boshqa barcha sezgilar sohasiga xosdir. Masalan, ko‘ruv adaptatsiyasi, eshituv adaptatsiyasi, hid bilish adaptatsiyasi va hokazo.
Organik sezgilar-organizmning ichki muhitida sodir bo‘layotgan jarayonlarni aks ettiruvchi sezgilar. Organik sezgilarning organi interoretseptorlardir. Organik sezgilarga ochlik va chanqoqlik sezgilari, jinsiy sezgilar, nafas olish va qon aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sezgilar, shuningdek, og‘riq sezgilari kiradi.
Ko‘nikish hodisasi organik sezgilarga xos emas.
Bundan tashqari sezgilarga «ketma-ket hosil bo‘ladigan obrazlar» hodisasi ham xos. Bu narsa va hodisalarni idrok qilish to‘xtagandan keyin ham, ularning obrazlarining qisqa vaqt ichida ongimizda saqlanib qolishidan iborat qonuniyat bo‘lib, u ko‘ruv, eshituv, maza va hid bilish kabi sezgilarga xosdir. Masalan, kuchli yoritilgan elektr lampochkaga tikilib qaraylikda, keyin nigohimizni devorga qarataylik. Shu zahoti ko‘zimizga devorda yorqin dog‘ ko‘rinadi, lekin u ko‘zdan tezda g‘oyib bo‘lmaydi. Analizatorda vujudga kelgan qo‘zg‘alish bir oz vaqt davom etib turadi va tezda so‘nib qolmaydi, shu tufayli odamda yuqorida aytib o‘tilgan hodisa yuz beradi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling