Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet8/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

7.Diqqat va tasavvur.
Diqqat – bu ongning biron bir predmet yoki hodisa ustida to‘planishidan iborat bo‘lgan psixologik hodisa. U odamning ruhiy faoliyatini tashkil qiluvchi mexanizm hisoblanadi.
Diqqat insonning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson ruhiyatida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Harbiy faoliyatda diqqatning ahamiyati katta. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash ishining samaradorligi komandirning o‘z qo‘lostidagilar diqqatini harbiy faoliyatga maqsadga muvofiq ravishda qanchalik jalb eta olishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar askarlar diqqati o‘quv mavzusiga yetarlicha qaratilsa, ular mavzuni yanada yaxshiroq tushunib oladilar, bundan tashqari mashg‘ulot vaqtida ularning diqqat-e’tibor bilan ishlashlari sinf xonasida intizomni ta’minlaydi.
Diqqat, odatda mimikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatlarda ifodalanadi. Diqqat bilan eshitib turgan kishini diqqati parishon odamdan farq qilish juda oson. Ammo ba’zi paytda askar aftidan komandirning gaplarini tinglayotganga o‘xshasa ham, aslida uning fikr-xayollari boshqa narsalarda bo‘ladi. Diqqat ruhiy jarayonlardan ajralgan holda sodir bo‘la olmaydi. Shu tufayli u mustaqil ruhiy jarayon emas. Biz diqqat yoki e’tiborsizlik bilan biron bir ishni bajaramiz, biron narsani ko‘zdan kechiramiz, eshitamiz yoki o‘ylaymiz. Shunday qilib, diqqat turli ruhiy jarayonlarning faqat bir tomoni yoki xossasidir.
Zotan, tetik holatida odam biron bir faoliyat bilan band bo‘ladi (ish qiladi yoki o‘ylaydi), binobarin uning diqqati doimo biron narsaga qaratiladi.
Bosh miya katta yarim sharlarida yuz berib turadigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari diqqatning fiziologik asoslari hisoblanadi. Agar odamning diqqati biron narsaga qaratilsa, bu uning miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganligidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa qismlari tormozlangan holatda bo‘ladi. Bunday hodisa asab jarayonlarining induktsiya qonuniga ko‘ra yuz beradi. Shu sababdan ham odam biron ishga qattiq berilib ketgan paytda boshqa narsani payqamasligi mumkin.
Tasavvur va uning jarayonlari
Inson sezgan va idrok qilgan narsalarining obrazlari izsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular inson ongida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ushbu obrazlar ta’sirida insonda tasavvur shakllanadi. Tasavvur – bu inson tomonidan oldin idrok qilingan narsa va hodisalarning sub’ektiv obrazlari.
Tasavvur bilish jarayonlari ichida ularni bir-birlari bilan bog‘lab turuvchi oraliq holatni egallaydi. Tasavvur bilishning hissiy bilish bosqichida bo‘lib, narsa va hodisalarning mohiyatiga kirib borolmaydi. Ammo, tafakkurning paydo bo‘lishi, rivojlanishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Harbiy xizmatchilarning aqliy, amaliy masalalarni yechishlarida tasavvur katta yordam beradi.
Ofitserdagi oldingi tajribalarida shakllangan tasavvurlar uning jangovar sharoitlarda komandirlik faoliyatini amalga oshirishiga katta yordam beradi. U tasavvurlar (operativ, taktik, topografik, texnik va hokazo) yordamida xayolan jangovar holat-voqelik modelini yaratadi. Tasavvur voqelikka qanchalik yaqin va mos bo‘lsa, faoliyat ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Inson ongida oldin idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlari qanchalik qayta ishlanganligiga qarab tasavvur ikki turga ajratiladi; xotira tasavvuri va xayol tasavvuri. Agar oldin idrok etilgan ob’ektning obrazi o‘zgarishsiz yoki ozgina o‘zgarish bilan qayta tiklansa, bu xotira tasavvuri bo‘ladi. Obrazlar inson tomonidan qayta ishlaganda esa xayol tasavvuri shakllanadi.
Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jarayonida tasavvurlarning rivojlanishi to‘la-to‘kis harbiy faoli, xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, harbiy mashg‘ulotlarning real jangovar mashg‘ulot shart-sharoitlariga yaqinlashtirilishi harbiy xizmatchilarda zamonaviy urushlar – ular bevosita janglarda to‘qnash kelishlari mumkin bo‘lgan holatlar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi. Aksincha, mashg‘ulotlardagi shartliliklarning me’yordan oshib ketishi esa noto‘g‘ri tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham harbiy xizmatchilardagi tasavvurlarni ularning shaxsiy tajribalariga asoslanib shakllantirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun qurollar bilan bo‘ladigan amaliylar, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, jangovar texnikani ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish kabilar yaxshi vosita bulishi mumkin. Masalan, harbiy xizmatchilardagi raketa-yadro urushi va undan himoyalanish vositalari haqidagi tasavvurlar ulardagi amaliy tajribaning qanchalik boyligiga ham, mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun esa ularni ijtimoiy foaliyatni jalb etishdan tashqari, ularda har xil adabiyotlarni o‘qishni o‘rganish malakasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. Insonning tasavvurlari ko‘p jihatdan undagi ehtiyoj va qiziqishlarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchilardagi tasavvurlarni shakllantirishda so‘z juda katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, biron bir ob’ektni idrok yoki tasavvur etish, avvalo ushbu ob’ektni kuzatish, keyin esa uni so‘zlar vositasida bayon etish bilan olib boriladi. Jangovar texnika va qurollar murakkablashgan hozirgi sharoitda narsa, hodisalarni so‘z vositasida tasvirlash insonlarda texnik tasavvurni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ta’limdan farqli ravishda tarbiya jarayonida tasavvurlarning shakllantirilishi esa faqatgina so‘z vositasida amalga oshiriladi.
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti sharoitida inson faoliyati ko‘proq shartli-mavhum belgilarga asoslanadigan bo‘lib borayapti. Masalan, chizmalar, xaritalar, sxemalar, fikrlar, harflar vositasida ifodalash, har xil formulalar tuzish va hokazo. Chizma va sxamalarni kuzatish, shartli belgilarni o‘qish kabilar harbiy xizmatchilarda o‘tkazgichdan elektr tokining o‘tishi, buyumlar o‘rtasidagi fizik va kimyoviy ta’sirlar hamda boshqa hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga olib keladi. Agar harbiy xizmatchida narsa va hodisalardagi alohida sifatlarni abstraktsiyalash (mavhumlash) xayolan ajratib olish layoqati bo‘lmasa, ulardagi tasavvurlar nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Shuning uchun ham harbiy xizmatchilarga voqelikni shartli belgilarda ifodalashni o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Bu esa ularda berilgan topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq faoliyatni avvalo xayollar yaratish imkonini beradi.
Harbiy xizmat, harbiycha tartib, ofitserlar va serjantlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar hamda boshqalar haqidagi ma’lum bir tasavvurlar harbiy xizmatchilarda xizmatgacha bo‘lgan davrda shakllangan bo‘ladi. Ularning to‘g‘rilaridan ofitser o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida foydalanadi, noto‘g‘rilarini esa to‘g‘rilaydi. Natijada ularda to‘g‘ri tasavvurlar shakllanishiga erishiladi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling