Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Bilsang riyozat turlari neche-necha


Download 384.22 Kb.
bet104/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Bilsang riyozat turlari neche-necha
Sharofatli bo‘lar esa o‘ o‘rtacha:
To‘g‘ri va mo‘‘tadil bo‘lib o‘sgay badan,
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.
Olim yana, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xiltlarning yig‘ilishiga sabab bo‘lishi alohida o‘qtirib bunday deb yozadi:
Riyozatsiz yotig‘idan ko‘p topma rohat,
Bu rohatdan topolmasang hech manfaat.
Jim yotsang iflos xilt-ila to‘lar badan,
G‘izocha hech hozirlanmas biror maskan.
Biz mustaqilligimizning ilk yillaridanoq sog‘lom avlod tarbiyasini eng asosiy vazifa deb belgiladik. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tardik. Mustaqil Vatanimizning birinchi nishoni «Sog‘lom avlod uchun» deb atalgani «Sog‘lom avlod uchun xalqaro jamg‘armasi» tuzilgani buning tasdig‘idir.
Aslida Olloh Taollo inson zotini tabiatdan sog‘lom mukammal yaratadi. Lekin, afsuski, avvalo odam bolasining o‘zi, qolaversa, nosoz muhit bu mukam­mal­likni buzadi.
Odamizod ko‘p joylarda, taasufki, nafs, kibru-havo, jaholatga berilib, o‘zini-o‘zi turli asoslarga giriftor qiladi. Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kamol toptirish g‘oyat murakkab vazifa. Ayniqsa, bugungi kunda-mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega.
Xalqimizning tushunchasiga ko‘ra, dunyoda har bir odam o‘zidan uchta xayrli nishon ado etilishi lozim:
Birinchisi, sog‘lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga etkazish;
Ikkinchisi, o‘z oilasi farzandlari uchun imorat qo‘rish;
Uchinchisi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o‘tkazish.
Xalqimiz azaldan bo‘i-basti kelishgan, botir va polvon o‘g‘lonlarini «qilichdek yigit» deb e’zozlangan, ular bilan g‘ururlangan. Sohibqiron Amir Temur bobomiz: «Askarlari baquvvat el qudratli bo‘lur, qudratli elning askarlari baquvvat bo‘lur» degan.
Biz yuqoridagi mavzularda ham qayd etdikki, bolani tarbiya qilishdan oldin, ota-onasini tarbiyalash kerak. Hozir shuni ayta olamizki, sog‘lom bolani tug‘ilishi, eng avvalo onaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Ollohi Taolo yaratgan tabiatning buyuk mo‘jizasi bo‘lishi ayol dilbandini to‘qqiz oy o‘z bag‘rida, yurak ostida avaylab dunyoga keltiradi. Uni voyaga etkazish uchun o‘zini ayamasdan, butun hayotini baxshida etadi. Ana shu jarayonida ayol yaxshilik yoki yomonlik ko‘rsa, ona vujudi orqali homilaga o‘tadi. Sog‘lig‘i nochor, xo‘rlangan, iztirob chekkan onadan sog‘lom farzand to‘g‘ilmaydi.
Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi otaning ham qoni toza, tani va ruhi sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda oilada sog‘lom va hartomonlam tetik go‘dak kelgusi yangrashi uchun ham ona va ota sog‘lom va ahil bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, sog‘lom farzand faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. bu sog‘lom farzandni har holda jismoniy chiniqish va ruhiy tarbiyalash talabga yaqin bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya-bu tashkil etilgan ikki tomonlama pedagogik jarayondir. Jismoniy rivojlanish bu hayot va tarbiya sharoiti ta’sirida takomillashib boruvchi inson organizmining biologik forma va funksiya­lar­ning vujudga kelishi, hamda o‘zgarish jarayonidir. Jismoniy madaniy, jamoat yutuqlari bo‘lib, vosita va turli xil uslublarning barchasini qamrab oluvchi insonlarning jismoniy rivojlanishi va bilim olishiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi.
Bolalarni jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklik tarbiyaisda tashkil qiladigan mashg‘ulotlar va tashqi muhit katta rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, shunday tashkil etilish kerakki, bunda bajaralayotgan mashqlar­ning mazmuni bilan hartomonlama barkamol avlod bo‘lishiga asoslangan.
Jismoniy mashqlar va sport talablarning sog‘lig‘i mustahkamlanishiga yaxshi yordam berish bilan birga ularni axloqiy jihatdan tarbiyalash va irodani rivojlantirishda juda katta vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Jismoniy mashq mashg‘ulotlari harbiylarda o‘zaro do‘stlik, bir-biriga nisbatan ishonch hissini tarbiyalashda zarur sharoit yaratadi. Shu bilan birga harbiylarda tashkilotchilik qobiliyati ham rivojlanib boradi. Muntazam ravishda olib boriladigan mashq va mashg‘ulotlar shaxsni tezkorlik, chaqqonlik xususiyatlarini shakllantiradi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Edisson bunday tasvirlaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‘lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur».

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling