Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila badanimning muvozanatini to‘g‘rilab olaman»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila badanimning muvozanatini to‘g‘rilab olaman».
Harbiylarni jismonan sog‘lig‘i, hayot guzalliklarini yaxshi idrok etish, aql zakovatini yuksaltirishiga asos bo‘ladi. Badan tarbiya harbiylarni hartomonlama tetik, hushyor qobiliyatli tarzda kamolga etkazadiki, donolar «jismoniy tarbiya-guzallik tarbiyasidir» deb bejiz aytishmagan. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari jismoniy mashqlar (gimnastika, o‘yinlar, turizm va h.) tabiiy omillar (quyosh, havo, suvning inson organizmiga ta’siri) va gigienalik omillar (badantarbiya mashg‘ulotlarini gigienik jihatdan ta’minlash, o‘quv mehnati, dam olish, ovqatlanish, o‘yqu va hokazo oqilona tartibda tashkil qilish) xizmat qiladi. Sistemali ravishda jismoniy tarbiya yosh davrdan boshlanadi. Umuman harbiy bilim yurtlarida tarbiya vazifalarini hal etish o‘zaro bog‘liq mashg‘ulotlarni tashkil qilishning turli shakllari tizimini yaratishni talab etadi. Harbiylarni jismoniy tarbiya vositalarini uch guruhga ajratish talabga muvofiqdir: Birinchisi, gigiena omillari, ikkinchisi, tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi kuchlar, uchinchisi esa, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar tashkil etadi. Gigiena omillariga rioya qilish jismoniy tarbiya sistemasida alohida o‘rin egallaydi, u harbiylarning organizmiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Uning asosiy omili rejim hisoblanadi. Rejimga rioya qilmasligi bu butun organizmning bo‘shashtirishi va aqliy zaifligini sezdirishga asos bo‘ladi. Tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi kuchlar-organizmni chiniqtirish, harbiylarning jismonan rivojlanish darajasini ko‘tarishga tabiatga, quyosh, havo va suv ta’sir orqali erishiladi. Bizning sharoitimizda ochiq havoda jimoniy mashg‘ulotlar o‘tkazish, tabiiy shifobaxsh kuchlardan foydalanish, tabiat faktorlaridan jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazish va mustaqil shug‘ullanishdan iborat. Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yunaltirilgan jismoniy mashqlar gavda muskullarining o‘sish va mustahkamlanishiga, yurak-tomir sistemasi, nafas olish va asab sistemasi faoliyatini yaxshilanishiga asos bo‘ladi. Jismoniy tarbiya vositalarini hal etishda jismoniy mashqlardan gimnastika asosiy o‘ringa ega. Bu o‘yin turi o‘z navbatida uch shaklda bajariladi: Asosiy gimnastika-gigienik gimnastika. Sport gimnastika-badiiy gimnastika. Yordamchi (davolash) gimnastika-fizkultminutlar va tanaffus vaqtida bajariladigan mashqlar. Harbiylarning jimonan chiniqtirishda harbiy qo‘mondonni o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tiladigan jismoniy tayyorgarligi roli va ahamiyati beqiyos kattadir. O‘quv dasturlar asosida mutaxassislar tomonidan tashkil qilingan tadbirlar harbiylarni jismonan chiniqtirishda va ruhiy tetikligini rivojlana ishiga yordam beradi. Ko‘hna urganchda Najmiddin Kubro maqbarasi qad rostlab turibdi. Xivada esa Javonmardiylik sulukining asoschisi el-yurtga polvon Piyr nomi bilan tanilgan Pahlavon Mahmud maqbarasini bilmaydigan, ziyorat qilmagan ijodkor topilmasa kerak. Hatto jahonga mashhur professional bokschi Artur Grigoryan ham Pir maqbarasini ziyorat qilib undan ruhiy madad olishni xush ko‘rarkan. Javonmardiylik taraqqiyotining mohiyati harbiylarni jasoratga chorlashdir. Javon-o‘spirin mard so‘zining lug‘aviy ma’nosi-erkak. Mardlik shuki, odam avvalo o‘z nafsi ustidan g‘alaba qozonmog‘i o‘z irodasini qo‘lga olmog‘i darkor. Alisher Navoiy o‘zining «Nasoyim-ul-muhabbat» asarida P. Mahmudni alohida hurmat bilan tilga oladi. Aytishlaricha, Hind podshohi Pahlavon mahmudni Hind mamlakatiga polvonlar kurashiga taklif qilibdi. Podshohning bir polvoni bor ekanki, u bilan kurashga tusharmoq niyatida ekan. Polvon kurash ma’rakasidan bir kun oldin tunda Pahlavon Mahmud qabriston ziyoratiga boribdi. U erda xudoga murojjat qilib yolvorayotgan mazlumaga ko‘zi tushibdi. Ayol, «Ey, Xudo, ertaga ma’rakada o‘g‘limni sharmanda qilmag‘aysen» deya iltijo qilar emish. Polvon tushinibdiki ul kurashchining onasidir. Pahlavon mahmud podshoh ma’rakasida vafo qilib ul kurashchidan yiqilibdi. Hind podshosi bari-bir uning hurmatini joyiga qo‘yib ovga, shikorga taklif qilibdi. Shikorda o‘lja ortidan quvib borayotgan shoh muvozanatni saqlayolmay tog‘ qirrasiga ilinib qolibdi. Pahlavon oti bilan qo‘shib podshohni dast ko‘tarib bexatar joyga qo‘yibdi. Podshoh hayrat bilan shuncha kuch bilan ajab ul kurashchidan yiqilding deganda, Pahlavon Mahmud qo‘yidagi ruboiyni aytgan ekan. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling