Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay,
Komil o‘lkim, nuqson isbot aylagay. Yoki himmatbalandlikka nisbatan shunday yozadi: Birovkim, ancha himmat o‘ldi baland, Erur olam ahli aro arjumand. Ani, ancha mufliski yo‘q himmati, Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati. Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarini shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo‘nalish dunyoga keldi. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda yosh avlodni aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Yuqorida qayd qilinganidek mustaqillik va milliy tarbiya bu milliy armiya va uning boshqalarga buysunmasligidir. Shu boisda shuni qayd qilishimiz kerakki, har bir davlatning o‘z milliy chegarasi bo‘lishi shart. Davlat chegarasini milliy armiya va milliy xavfsizlik boshqarmasi himoya qiladi. Milliy armiyasiga ega bo‘lmagan davlatni mustahkam davlat deb bo‘lmaydi. Ota-bobolarimizdan meros qolgan an’analarimizda biri-o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga, xonadoniga, el-ulusiga cheksiz izzat-ehtirom tuyg‘usidir. Be asos aytmaganki, «O‘zga yurtning sultoni bo‘lgandan, o‘z yurtingning gadosi bo‘l». Milliy tarbiya mezonlarini belgilashdi mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar; milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirishi zarur. Ularning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar; milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, minqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat o‘yg‘otish lozim. Bo‘lajak ofitserlarda milliy tarbiyani shakllantirish ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Harbiylarni ma’naviy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo yetadigan ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, harbiylarga nisbatan biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan qarama-qarshi ta’sirlarning oldini olishga, bo‘lajak ofitserlarga bir xil talablar qo‘yish va yakdillik bilan ta’sir o‘tkazishga imkon beradi. Harbiy bilim yurtlarida millviy-tarbiya ishlari, tadbirlar ko‘plab o‘tkaziladi. Shunga qaramay, askarlar orasida axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan xati-harakatlar, axloqsizlik hollar uchrab turadi, ya’ni harbiy yurtlarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar hamma joylarda ham kutilganicha natija berayapti deb bo‘lmaydi. Ayrim o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar harbiy qo‘mondon miqyosida, bo‘linma va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan har xil tadbirlarni rejasiz o‘tkazilmoqda. O‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishida so‘ngi yillargacha og‘zaki bayon qilish usuli ko‘proq bo‘lib, harbiylarni amaliy faoliyatga, ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish usullariga juda kam e’tibor berilmoqda. Ma’naviyatga doir suhbatlar, ma’ruza va munozaralar yetarli darajada emas. Bu usullar harbiylarda milliy tarbiyaning ma’naviy fazilatlarini shakllantirishiga salbiy ta’sir etadi. Milliy tarbiyani shakllantirishida pedagogika fannini o‘qitish darajasi asosiy rolni o‘ynaydi. Ammo harbiy qo‘mondonlarni o‘quv rejalarida pedagogika fanlarining o‘qitishiga ajratilgan soatlar etarli darajada emas. Hamma guruhlarda har xil ta’lim tizimi tavsiyalanganligi tufayli milliy g‘oya, milliy ong, milliy mafkura va odob-axloq darajasi bir-biridan farq qilinadi. Bularning barchasi tarbiyaviy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini susaytiradi. Natijada harbiy o‘quv yurtlarning professor-o‘qituvchilari va jamoat tashkilotlari sarflanayotgan kuch va g‘ayrat harbiylarning ma’naviy tarbiyasi sohasida kutilgan natijalarni bermayapti. Harbiy bilim yurtlarida amalga oshiriladigan milliy-ma’naviy tarbiya tizimining xarakterli xususiyati shundan iboratki, bu yerda axloqiy tarbiya jarayonining vazifalari pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan, umuminsoniy va milliy axloq talablaridan kelib chiqadigan o‘qituvchilarni odobiga asoslanadi. Ma’lumki, pedagogik faoliyat hamma vaqt bir qolipda ish tutishni yoqtirmaydi. Ijtimoiy-gumanitar, pedagogik va ixtisos fanlarni o‘rganish jarayonida harbiylarda dunyoqarash shakllanadi. U bo‘lajak ofitserlarda milliy ongni, axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun zamin yaratadi. Milliy tarbiya axloqiy e’tiqodlarning asosidir. Harbiylarning tarbiyasiga tevarak-atorofdagi mehnat ham jiddiy ta’sir etadi. Bu ishda keng jamoatchilik ham katta rol o‘ynaydi. Matbuot, radio, televidenie, badiiy adabiyot, kino, teatr, ommaviy sport ishlari va boshqalar harbiylarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling