Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Shaxs ongini shakllantirish metodl


Download 384.22 Kb.
bet110/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Shaxs ongini shakllantirish metodlari (bu guruhga suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar va o‘rnak metodlari kiradi);

  • Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari (bu guruhga pedagogik talab, jamoatchilik fikri, o‘rgatish, mashq qildirish metodlari kiradi);

  • Xulq-atvor va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari (bu guruhga musobaqa, taqdimlash (qiziqtirish) va jazolash metodlari kiradi).



    69.Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari.
    Tarbiyada faoliyat kompleksi qo‘llanishi shart: agar faoliyat harbiy qismda «shaxsiy ma’no» kasb etmasa, ya’ni faoliyat motivi harbiylarning shaxsiy munosabatiga mos kelmasa, u holda faoliyat tarbiyalanuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etmaydi. Harbiylar faoliyatini tashkil qilish, ularni faoliyatga undash, o‘rgatish va mashq qildirish, ularni faoliyatini tarbiyaviy samarasini ko‘p jihatdan belgilaydi.
    Pedagogik talab. Qurolli Kuchlarni u yoki bu faoliyatini bajarish jarayonida ijro qilish zarur bo‘lgan aniq, real vazifa-bu talabdir. Talab harbiylarning faoliyati xulq-atvori va muomalasidagi kamchiliklarni qayd etish va shu orqali uni o‘z ustida ishlashga rivojlanishga undashi mumkin. Talab orqali harbiy qo‘mondonda tartib intizom saqlanadi. Pedagogik talab harbiylarning o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishiga olib keladi. Bunday talablar jamoani tarbiyalashning birinchi bosqichida quyiladi, harbiylarda ma’lum darajada aql-idrok, xulq-atvor, motivlar, maqsadlar, e’tiqodlar bo‘lishligini nazarda tutadi.
    Ijtimoiy fikr. Bu metod tarbiyalovchi jamoaning baholashlari, mulohazalari, irodasini mujassamlagan holda mahoratli pedagog tomonidan tarbiyalanuvchilarga ta’sir qilishning samarali usullari qatoridan o‘rin oladi. Jamoa o‘z rivojlanishi mobaynida g‘oyaviy, aqliy, emotsional-irodaviy va tashkiliy birlikka erishadi, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir bo‘ladi. Sog‘lom ijtimoiy fikr shakllangan jamoada tarbiyaning sub’ektiga aylanadi. Pedagog tarbiyalovchi jamoada sog‘lom jamoatchilik fikrini hosil qilish uchun tarbiyalanuvchilarni guruh va hayotdagi hodisalar va voqealarni jamoa holda muhokama qilishga jalb etadi, ularga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatadi.
    O‘rgatish (odatlantirish) metodi. Bu metod harbiylar tomonidan ma’lum bir xatti-harakatlarni tashkil qilishdan iborat. Harbiylar odatlarida quriladigan tarbiya mustahkam bo‘ladi. Odatlantirish harbiy rivojlanishning ilk davrlarida, ayniqsa, yuqori samara beradi. Uni amalga oshirish bir necha pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish kerak:-nimani odatlantirish zarurligi to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish;

    • Odatlantirilayotgan harakat obrazi harbiyga mumkin qadar qisqa, ravshan qoida orqali etkazilishi zarur;

    • Harbiylarda shu xulq-atvor shakliga ijobiy munosabatni uyg‘otish;

    • Vaqt birligi ichida harbiyga odatlantirayotgan xulq-atvor shaklining bironta bo‘lagini o‘qtirish;

    • Avval harakatning aniqligi, so‘ng esa tezligiga erishish, harakatni bajarishning xususiyatini nazorat qilib borish zarur.

    Mashq qilidirish. Harbiylarda zarur xulq-atvor malakalari va odatlarini tarkib toptirish maqsadida ular tomonidan ish-harakatlar va muomala usullarining ko‘p marotaba takrorlanishidir. Bu metod odatlantirish metodiga yaqin, u bilan uzviy bog‘liqdir. Bu metod nafaqat xatti-harakatlar va muomala usullarini takrorlanadi, balki ularni vujudga keltiruvchi ehtiyojlar va motivlar ham qaytalanadi.



    Download 384.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling