Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Noqis uldirkim, o‘zin komil degay
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Farobiy, Beruniy, Amir Temur, Uvaysiy, Nodirabegim, Fitrat, Cho‘lpon, Abdullo Avloniy, Usmon Nosir
Noqis uldirkim, o‘zin komil degay,
Komil ulkim, nuqson isbot aylagay. 55. Tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakteri Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining maxsus bir sohasi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi tamoyillarini his qiladi. hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashishi o‘sib kelayotgan yosh askar tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. An’analarga ko‘ra yangi 1999-2003 o‘quv yilining birinchi kuni «Mustaqillik saboqlari» bilan boshlandi. Mustaqillikni o‘n ikki yilligiga bag‘ishlangan tarbiyaviy ishlarni namunali, sermazmun, qiziqarli, insonparvarlik va demokratik asosida tashkil qilish har bir ustozu murabbiydan alohida tayyorgarlik va katta mas’uliyatni talab etadi. Ushbu tarbiyaviy dars harbiylar qalbida-e’tiqod hissasini munavvar etib, ona-Vatan, xalqiga, yurtboshiga mehr-muhabbat uyg‘otish zarur. Shu bois, avvalo, dars mavzusini va olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni mavzusi insonparvarlik nuqtai nazardan rejalashtirib, uni demokratik holatlarga asoslanish lozim. Tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tadigan xonalar harbiylarning ruhiy hayotiga va zamon talabiga moslashtirilgan holda tashkillashtirish va bezatilgan bo‘lishi kerak, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Prezident portreti, uning asarlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Saboqlarni: Mustaqillik - buyuk ne’mat; Mustaqillik - yuksak ma’naviyat; Mustaqillik - bu o‘zini anglash; O‘zbekiston - mustaqil diyor; O‘zbekiston - Vatanim manim; Vatan yagonadir, Vatan bittadir; O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz; O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda; O‘zbekiston yoshlari - fidoiydirlar; Mustaqillik, asraymen seni - kabi mavzularda o‘tkazilib yoshlarni g‘oyalarini insonparvarlik va demokratik ruhiyatiga asoslantirish kerak. Harbiylarni tarbiyalashda «Mustaqillik saboqlari»da mustaqillik tarixidagi noxush holat-Toshkentda bo‘lib o‘tgan 16 fevral 2003 yil va 28-29 mart 2004 yildagi voqealarining mudhishligi, uning kelib chiqish sababi, ishtirokchilari va qurbonlari, ularning sud jarayoni, shu haqidagi hujjatli videofilm haqida tushintirish, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish vazifalari haqida, dalillar asosida batafsil so‘zlab borish lozim. «Huzbut tahrir», «Vahobiylik», «Musulmon birodarlar» kabi yot oqimlar haqida tushuncha berish, bu orqali harbiylarni hushyorlikka, ogohlikka undash kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan, 1999 yildan boshlab 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi, uning mazmuni va mohiyati haqida so‘z yuritiladi. «Xotira», «qadrlash» va «Mehr-muruvvat» iboralari mazmuni, ularning ma’naviy qadr-qimmati tushuntiriladi. Undan tashqari, harbiylarga «Milliy g‘oya va mafkura» mavzuida davra suhbat ham o‘tkazish ham yaxshi natijalar beradi. Mustaqillikning so‘ngi yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim-tarbiya mazmunidagi milliylik, insonparvarlik va demokratik ta’limning xorijiy davlatlar tizimiga asoslanish imkoniyatlarining yaratilganligi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilayotgani tushuntiriladi. Milliy mafkura asosida diyonatli, adolat hissi kuchli, qalbi iymon nuri bilan so‘g‘orilgan, gunoh ishlaridan hazar qiluvchi, savob ishlarni faxr deb biluvchi, ma’rifatli, ilm-qurolim, sabr-toleim, iymon-quvvatim, rostgo‘ylik-shiorim deb biluvchilar fazilatlari xususida g‘oyalar kashf etgan allomalarimiz, Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Farobiy, Beruniy, Amir Temur, Uvaysiy, Nodirabegim, Fitrat, Cho‘lpon, Abdullo Avloniy, Usmon Nosir va boshqalar o‘gitlarini va qadriyatlarini harbiylarga to‘liq ma’lumot berishimiz lozim. Ta’sis etilgan yangi davlat mukofoti orqali o‘zbek xalqining farzandi-qizi shoira Zulfiyaxonimning vatan uchun, xalq uchun, mustaqil taraqqiyotimiz uchun qolgan ulkan bebaho xizmatlariga yurtboshimizning bergan baholari, ayol zotiga, qizlariga, bolalarga, qariyalarga bo‘lgan cheksiz ehtirom, hurmatlarining yorqin irodasi deb tushunib, bu esa insonparvarlik, mustaqil hamdo‘stlik davlatlari oraisda birinchi ekanligini o‘qtirish lozim. O‘quv yurtlarida, mahalalarda, korxonalarda, harbiy qo‘mondonda «1 oktyabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» bayramini o‘tkazish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda, xalqimizning ustoz murabbiyga bo‘lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida insonlar dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. «O‘z-o‘zini el ishiga bag‘ishlangan, inson tarbiyasiga jon tikkan olijanob o‘qituvchilarni, murabbiylarni, mo‘‘tabar muallimlarni bunday buyon ham boshimizga ko‘tarib yuramiz» (I.A. Karimov). «Maktab-dunyo imoratlarining chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari ilan himmat va g‘ayratlarini saror etib, millatning taraqqiyoti rivojiga ijtihod qilurlar» (Muhammadxo‘ja Behbudiy). Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylanmoq bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. (Alisher Navoiy) Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling