Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Shundagina yuksak e’tiqodli, aql-zakovatli, zarur sharoitda har tomonlama o‘ylab, to‘g‘ri yo‘l tanlay oladigan askarni tarbiyalash mumkin


Download 384.22 Kb.
bet92/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Shundagina yuksak e’tiqodli, aql-zakovatli, zarur sharoitda har tomonlama o‘ylab, to‘g‘ri yo‘l tanlay oladigan askarni tarbiyalash mumkin.
Jamoaning rivojlanishi va jipslashuvchi ko‘p jihatdan uning faoliyati qanchalik mazmundor dinamik (jo‘shqin, harakat, o‘zgarishlarga boy) ekanligi bilan belgilanadi.
Shu sabali jamoani tarbiyalashda istiqbol intilishlarini (kelajakdagi rivojlanishni, ko‘zda tutadigan maqsadlar sari intilishlarini) tashkil qilish juda muhimdir.
Jamoani rivojlanish bosqichlari
Biz harbiylarni xarakter xususiyatlarini, ularni oldiga qo‘yiladigan talablarni nazarga olib, jamoa rivojlanishini uch bosqichiga ajratib ko‘rsatamiz:
Birinchi bosqichda, jamoa tarkib topadi, ya’ni vujudga keladi (bu bosqich dastlabki jipslashuv bosqichi deb ataladi). Bu davrda jamoa avvalo pedagog xatti-harakatlarining maqsadi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni tarbiyachi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan guruhni jamoaga aylantirilishi uchun bel bog‘laydi. Jamoaning tashkilotchisi pedagog bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarga shaklan qat’iy, mazmunan aniq-ravshan, ma’lum darajada ta’sirli, ishontiruvchi, ixlos tug‘duruvchi talablar qo‘yadi.
Ikkinchi bosqichda, jamoada faollarning ta’siri kuchayadi. Pedagogning talablarini tarbiyalanuvchilarning bir qismi (ya’ni, faollar) qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Endilikda faollar nafaqat pedagogning talablarini qo‘llaydi, balki o‘zlariga va o‘rtoqlariga ham talab qo‘yadi. Faollar jamoa manfaatlarini himoya qiladi, uning ehtiyojlarini tushunadi. Bu bosqichda jamoada o‘z-o‘zini tashkil qilish va o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmlari ishlay boshlaydi, jamoa tarbiya sub’ektiga aylana boshlaydi va unda alohida jamoa a’zosini tarbiyalash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda, jamoa talab qo‘yadi va gullab-yashnaydi. Jamoa a’zolari o‘zlariga va bir-birlariga talab qo‘yishadi. Har bir tarbiyalanuvchini tarbiyalash, har kimni muvafaqqiyatli pozitsiyasi haqida g‘amxo‘rlik, jamoani barcha a’zolari orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish jamoaning muhim vazifalari bo‘lishi zarur.
Jamoa muvafaqqiyatli ishlashi uchun boshqaruvchi organlarning tashkil qilishini talab etiladi. Jamoa organlari-bu saylangan yoki tayinlangan shaxslar bo‘lib, ularga jamoa a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash, ularning bajarilishini nazorat ishini muvofiqlashtirish va umumlashtirish xizmatini topshiradilar.
Jamoa organlari ikki xil yo‘l bilan tuziladi: boshlang‘ich jamoalar vakillaridan iborat kengash saylanadi yoki jamoa organlari eng obro‘li vakillaridan saylanadi.
Aktiv barcha organlar va ularning vakillari jamoa an’analarini saqlaydilar, jamoadagi tan va hayot tarzini qo‘llab-quvvatlaydilar. Aktiv yaxshi ishlashi uchun uning vakillari o‘z vazifalarini va jamoa maqsadlarini yaxshi bilishlari kerak.
Jamoani tashkil qilish va jipslashtirish tayanch yadro-aktivni tuzish va u bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega. Aktivni tuzish tajribasi haqida gapirar ekanmiz, shuni esga keltirishimiz mumkin: «Agar jamoa ahl-ittifoq ruhda tarbiyalangan bo‘lsa, bu jamoada har qanday qiyin muammolarni bartaraf, hal qilishi oson bo‘ladi».
Rivoyatlarda jamoa haqida shunday iqtibos keltirilgan:
Ota-ona to‘rt farzandni voyaga etkazib, ularni qo‘lidan ish keladigan paytda ahllik va inoqlik oralarida uzoqlashib borayotganini sezadilar.
Ota farzandlarini mehr-oqibati va ahil-inoqlikka tarbiyalash uchun bog‘ga chiqib o‘n-o‘n beshta navdani daraxtlardan olib hammasini bittaga boylab, bir xipcha qilib uyiga olib keladi.
O‘g‘illar dasturxonga o‘tirgan paytda xipchani bolalarni qo‘liga beriladi va uni sindirishga chorlaydi. O‘g‘illar har biri qo‘lga olib harakat qiladi singdirolmaydi.
Nihoyat ota xipchani oladi va bandidan ajratib, har bir o‘g‘liga bittadan berib, sindirishga chorlaydi. O‘g‘ullar navdani osonlik bilan sindiradilar.
Ota o‘g‘illariga deydi:
-Bolalarim agar sizlar ham mana shu xipchaga o‘xshab bitta bo‘lib ahil-inoq bo‘lsalaringiz, sizlarni bellaringizni hech kim sindirolmaydi!
Bu otani faoliyati to‘rt aka-ukalarni bir-biri bilan ahil-inoq, do‘stlik, rafoqat va «jamoa» bo‘lib yashash va ishlashda tarbiyalaydi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling