Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet88/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Atrofidagi kishilarga axloqiy munosabat, shaxsning jamoatchilik manfaatini, shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yishdir.

Shaxsan o‘ziga, o‘z xalqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi-bu shaxs o‘z-o‘zini ongli intizomni ruhida tarbiyalashiga o‘rgatishdan iboratdir.
Axloqiy fazilatlarga baho berish mezonlari ham aniq tarixiy jarayonlar, sharoitlar bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. O‘zbek xalqining axloqidagi oriyat, diyonat, kattalarga hurmat, mehnatdo‘stlik kabi sifatlarga ularning ruhiyatidagi samimiylik, insof, bag‘rikenglik, sharm-hayolik xususiyatlari jihatlari milliy adabiyot va san’ati qo‘shilib o‘zbek ma’naviyatining o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi.
Harbiy xizmatchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash g‘oyaviy, harbiy va boshqa turdagi axloqiy tarbiya bilan bog‘langan bo‘lib, ularda ma’naviy-axloqiy tarbiyani ongida, shakllantirish uni harbiy qasamyod, harbiy Nizom talablari asosida qo‘mondon va boshliqlarni buyruqlarini so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalashdir.
Harbiy xizmatchilarda to‘g‘ri axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun birdan-bir vazifasi–jamiyatni davlatimiz tomonidan olib brayotgan siyosatini to‘g‘ri anglab etishi, o‘tmishini va tarixini chuqur o‘rganishdan iboratdir.
qurolli Kuchlarda axloqiy tarbiyaning mohiyati shundaki, qo‘shinlarni ongida og‘ir vazifani bajarishga, ularni maqsadi barcha shaxsiy tarkibni yuqori darajali jihatdan axloqiy tomondan javobgarlikni his qila bilishi, o‘z xalqini tinch, farovon hayotini va mehnat qilishini ta’minlashdan iboratdir. Jangchini shaxsini mukammallashtirishda axloqiy tarbiyani yana bir turi rag‘batlantirishni to‘g‘ri qo‘llanishdir.
Rag‘batlantirish turlari qo‘yidagilardan iborat:

  • qism jangovar bayrog‘i oldida rasmga tushishi;

  • faxriylar kitobiga kiritish;

  • Ota-onasiga o‘g‘lining jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda erishgan yutuqlari to‘g‘risida xat jo‘natish;

  • Bo‘yruq bo‘yicha minnatdorchilik bildirish.

Harbiy xizmatchilarning axloqiy tarbiyasi vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • Harbiy xizmatchining hayotiy faoliyatida faol ishtirok etishni shakllantirish;

  • Harbiy xizmatchining xarakteri va fe’l-atrofida ko‘nikma hosil qilish;

  • Harbiy xizmatchilarning axloqiy sifatini o‘yg‘otish;

  • Har qanday sharoitda ham vijdonan ongli harakat qilish;

  • O‘z harbiy burchini maqsadga muvofiq tashqi majburlashsiz bajarishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar»1.
O‘zbekistonda fuqarolarning vatanparvarligi-bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘zlatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan ishonchli burchdir. O‘zbekistonga, uning eriga, tabiatiga, xalqlarga, muhabbat, ulkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishiga intilish va qiyinchiliklarga qayg‘urish barchamizning burchimizdir.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida qurolli Kuchlarni birinchi Oliy Bosh qo‘mondoni I.A.Karimov mamlakatimizdagi harbiy islohotlarning borishini chuqur tahlil qilib berdi: «Harbiy xizmat kishidan boshqa soha mutaxassislariga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat va fazilatlarni o‘z Vatani oldidagi burchi va qasamyodiga sodiqlikni talab etadi»1.
Nizom qoidalari butun harbiy xizmatchilar uchun qonun sifatida amal qiladi, uning bajarishi har bir qurolli Kuchlar uchun burch hisoblanadi. Harbiy qasamyoddan boshlab to kundalik turmush va faoliyatigacha doimiy ravishda jangovar sifatida bajarishni talab qiladi.
Harbiy qismdagi ichki xizmatga rahbarlik, harbiy qism komandiri tomonidan, bo‘linma qarorgohida esa bo‘linma komandiri tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarning xizmat majburiyatlarini ijro etishi deyilganda:

  • Jangovar harakatlarda ishtirok etish;

  • Xizmat majburiyatlarini ijro etish;

  • Kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoxud bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan bo‘lsa, harbiy qism hududida bo‘lish;

  • Xizmat safarida yoxud davolanishda bo‘lish;

  • Xizmat joyiga, davolanish joyiga, yoxud aksincha qarab yo‘l bosish;

  • Harbiy yig‘inlarda ishtirok etish va boshqa tartiblarga qat’iy rioya qilish har bir harbiylarni burchi hisoblanadi.

Harbiy xizmatchilarning qurolli Kuchlar «Nizomi»ni 1-bob, 13-qismida harbiylarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, hamda ularning burchi deb qo‘yidagilarni ko‘rsatgan:

  • Harbiy qasamyodga sodiq qolishga, o‘z xalqiga fidoiylarcha xizmat qilishga, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, o‘z so‘nggi tomchi qoni va hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga;

  • O‘z davlati Konstitutsiyasiga va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, harbiy Nizomlarning talablarini bajarishga;

  • O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish bo‘yicha vazifalarni bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga;

  • Harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, o‘z o‘quvi va askarlik mahoratini takomillashtirishga;

  • O‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilish va ishlatishga doimiy shaylikda saqlashga, harbiy mulkni asrashga;

  • Halol, intizomli, jasur bo‘lishga, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatishiga;

  • Komandirlar (boshliqlar)ga so‘zsiz bo‘ysinish va ularni jangda himoya qilishda, harbiy qism Jangovar Bayrog‘ini qo‘riqlashga;

  • Askariy birodarlikni e’zozlashga, o‘z hayotini ayamasdan o‘rtoqlarini xavf xatardan qutqarishda, ularga so‘z va ish bilan yordam berishga, har birining or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishga, o‘ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘pollik va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlaridan tiyib qolishga;

  • Askar yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiy salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga majburdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish-O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar»1.
Biz qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni faxrli burch deya aytamiz. Chunki Vatanni himoya qilish qadim-qadimdan faxrli burch bo‘lib kelgan va kelmoqda. bu bilan Vatanni mudofaa qilish bo‘yicha fuqaroga alohida bir mas’uliyat. Yuklatilgani urg‘ulanadi. Ushbu mas’uliyatni va harbiy xizmat mazmunini chuqur his qilish posbonga o‘z mamlakati oldidagi fuqarolik burchini sharaf bilan o‘tashida, Vatanning sodiq o‘g‘loni bo‘lishida yaqindan yordam beradi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling