Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet87/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Namunali va intizomli askarlarni har tomonlama rag‘batlantirishi;

  • Har hafta guruhdagi harbiy intizom holatini va uni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasini tahlil qilish.

    Harbiy intizom mazmun va mohiyatini, uni qo‘llab-quvatlash choralarini intizom nizomi belgilaydi. Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy mas’uliyat, o‘z xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishga asoslanadi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan har bir harbiylarni oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish bu harbiy xizmatchilarning asosiy burchi hisoblanadi, ularning vijdonan bajarishi asosiy vazifalari hisoblanadi.
    Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat qoidalarini yig‘indisidir. Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibiga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi. Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo‘lini yoritib beradi. Axloq, xulq va atvor arabcha so‘zlar bo‘lib, o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida ishlatiladi.
    Sharq mutafakkirlari axloqni ikki qismga ajratib tasnif etdilar. Jumladan: atoqli mutafakkir va shoir Abdullo Avloniy odamlarni axloqi jihatidan ikki toifaga bo‘linib, har qaysi toifaga xos bo‘lgan kishilar «yaxshi xulqli va yomon xulqli bo‘ladilar». Axloq ilmi-insonlarning xulqlarining ikkiga bo‘lishdir. Agar nafs tarbiya topib yaxshi ishlarni qilurcha odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, «yaxshi xulq», agar tarbiyasi o‘sib, yomon ishlarni qiladurg‘on bo‘lib ketsa, yomonlikka tavsif bo‘lib «yomon xulq» deb atalur.
    Sharq mutafakkirlari va milliy qadriyatlarimizdan aks etgan axloqiy asarlar va tavsiyalar shaxsni axloq kamolotiga beandoza ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan qur’oni karimdan-Hadis, «Hotamnoma», «Odobnoma», «Bahornoma», «Hikmatnoma», Unsurulmaoliu Kaykovusning «qobusnoma», Yusuf Xos Xojibning «qutadg‘u Bilig‘», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Abu Ali ibn Sinoning «Donishnoma», Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston», Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub», Boburning «Boburnoma», Abdullo Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi asarlar ma’naviy-axloqiy jihatdan ma’no beradi.
    Vatanimizning istiqlol va taraqqiyoti harbiylarning har tomonlama etuk, ongli, yuksak axloqli bo‘lishiga bog‘liqdir. Vatanparvarlik, milliy g‘ururi, fidoiylik, o‘z xalqi tarixi, uni madaniyati bilan faxrlanish, insonga hurmat-ehtirom-shularning hammasi ofitser ma’naviyatiga borib taqaladi. Ma’naviyat esa bugungi kunda erishgan mustaqilligimizning poydevori hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay, Jaloliddin Manguberdilar ham ana shu tuyg‘u bilan yashaganlar.
    Uzoq yillarda milliy tarbiyamizning yillik urf-odatlar, qadriyatlarimiz kamsitilib, donishimiz, tilimiz oyoqosti qilinishi oqibatida harbiylar orasida mehr-oqibat, diyonat, sharm-hayo, andisha, or-nomus, halollik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat-e’tibor susayib ketdi. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, bezorilik, xiyonatchilik, qalloblik, kashandalik va buzuqliklar bir muncha ko‘paydi. Milliy urf-odatlarimiz o‘rniga ovro‘pacha urf-odatlar singdirilganiga, tarbiya milliylikdan chekinganiga urg‘u beradi.
    O‘zbekiston Respublikasida Mustaqillikka erishgandan so‘ng umumiyinsoniy qadriyatlarga sodiqlik, birinchidan adolat va tenglikda ko‘zga tashlanadi. Inson qadr-qimmatini baholashda ana shu adolat va tinchlik muhim rolni bajaradi.
    Harbiy ta’lim tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog‘lab olib boriladi. Ularga ong bilan xulq birligida tarbiyalanadi. Shaxsning harbiylarni jamiyat va Vatanga, mehnatga, kishilarga, o‘z xulqiga munosabatlarini qo‘yidagicha tekshirmoq mumkin.

    1. Harbiy xizmatchi jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarlik, fuqaro etukligi, baynalmillal fazilatlarida aks etadi. Uning maqsadlarida, Vatan boyliklarini ko‘paytirish, mustahkamlash va himoyalashga qaratilgan amaliy ishlarda namoyon bo‘ladi. Vatanparvarlik va baynalmillallik axloqiy tarbiyada alohida o‘rin tutadi.

    2. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash-xizmatchining butun ma’naviy yo‘nalishini belgilaydi, chunki ishlamay, kurashmay yashash mumkin emas. Bu axloqiy munosabat xizmatchining mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotidagi rolini anglashida mehnatni hurmat qilish va mehnatsevarlikda ifodalanadi.


    3. Download 384.22 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling