Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet90/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

59. Harbiy jamoada ijobiy namuna.
Ma’naviyatning mohiyatini ifodalovchi tarbiya jarayoni-bu jamoa shaklini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Jamoada ijobiy namuna ko‘rsatish tarbiya nazariyasining muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Jamoa deganda umumiy maqsad birgalikdagi faoliyat uchun jipslangan harbiylarning birlashmalari tushuniladi. Jamoa bu shaxs bilan aloqada bo‘lish quroli hisoblanadi.
«Jamoa» so‘zi lotincha «couigo» - birlashtiraman, qo‘shaman, «coucktivus» - yig‘ilgan, to‘plangan ma’nosini anglatadi. Zamonaviy adabiyotlarda bu tushuncha ikki xil ma’noda ishlatiladi:
a) Jamoa-insonlarning har qanday guruhi, tashkiliy uyushmasi
(masalan; korxona jamoai).
b) Jamoa-yuksak darajada tashkil etilgan guruh.
Pedagogik ma’noda jamoa deganda kishilarning birlashmasi, ularning ma’lum ijtimoiy majmo‘asi, ularni bog‘lab turadigan munosabatlarning mavjudligi tushuniladi.
Jamoa-maxsus tashkillashtirilgan muayyan bir guruh hisoblanadi, u maqsadlarning birligi va umumiyligi bilan bog‘langan bo‘lib, maxsus boshqaruvchi shaxs tomonidan rahbarlikka oladi.
Harbiy jamoa o‘zini ba’zi faoliyati orqali boshqa jamoalardan farq qilib turadi. Boshqa turdagi jamoadan farqi shundaki, harbiy jamoa:
Birinchidan, umumiy, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan maqsad sari jamoa a’zolarning birgalikda intilishi: (jamoani maqsadlari ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga mos bo‘ladi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, davlat mafkurasiga, Konstitutsiyaga, qonunlarga qarshi chiqmaydi);
Ikkinchidan, birgalikdagi faoliyat (ya’ni, qo‘yilgan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatli maqsadga erishish uchun bajariladigan jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatni umumiy tashkil etish);
Uchinchidan, mas’uliyatli bog‘liqlik munosabatlarning mavjudligi (ya’ni, jamoa a’zolari orasida maqsad va faoliyatning birligini aks ettiruvchi maxsus munosabatlar hamda u bilan bog‘langan kechinmalar va baholovchi mulohazalarning birligi (ma’naviy jipslik) o‘rnatiladi va qoidalarni saqlab turishga asoslanadi. Shaxsiy munosabatlar esa shaxsiy faoliyat doirasinigina qamrab oladi);
To‘rtinchidan, bu umumiy saylangan rahbarlik (o‘z-o‘zini boshqarish) organlarining mavjudligi (ya’ni, jamoada demokratik munosabatlar o‘rnatiladi).
Jamoa ta’sirida shaxs siyosiy, madaniy, axloqiy jihatdan tarbiya topadi. Jamoa bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro yordam, faqat o‘zi haqida emas, balki boshqalar haqida ham o‘ylashga intilish, jamoa manfaatini o‘z qiziqishidan ustun qo‘yish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Jamoada o‘rtoqlik va do‘stlik hissi mustahkamlanadi.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling