Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay,
Komil o‘lkim, nuqson isbot aylagay. Alisher Navoiyning fikricha, ahli ma’ni, ya’ni ma’nili kishilar ma’naviyatli etuk shaxslardir: «Xayrat-ul-abror» dostonida etuk shaxsning ma’naviyatidagi yaxshilik, sahovat, soflik, hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat, rostgo‘ylik, bag‘ri kenglik singari fazilatlari ta’riflanib, ruhiy kamolot yo‘llari tahlil etilgan. Navoiyning fikricha, harbiylarni kamolotga etkazish deganda, uni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishilar qilib etishtirish anglashiladi. Har bir xalqning ana shu ulkan ma’naviy qadriyatlari chuqur tomir otib ketgan o‘q ildizlari bilan jahon madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. 63. Nafosat va go‘zallik tarbiyasi Nafosat tarbiya-hissiyotning shakllanish va rivoji, go‘zallikni tushunish va unga tashnalik, shuningdek, shaxs tarbiyasining ajralmas qismi bo‘lgan guzallik qonunlari asosida yashash va yaratishga intilishdir. Yillar davomida va turli bosqichlarda olib boriladigan talabning nafosat tarbiyasi turlicha tuzilishi zarur. Mashg‘ulot shakli, maqsadi, mazmuni, pedagogik xususiyatlarga xosligi, shuningdek, bolalar yoshi va imkoniyatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Talablarni serqirra, atroflicha ta’sir etuvchi nafosat qadriyatlarga yo‘naltirish lozim. Birinchi navbatda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, Sharqning, O‘zbekistonning badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirish. Bu borada asosiy manba sifatida badiiy nafosat qadriyatlari, qadimiy san’at turlarini tanlash zarur. Milliy an’analarga boy adabiyot, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, hunarmandchilik, musiqa va san’atning boshqa turlari xalqning o‘tmishdagi va zamonaviy turmush tarzi, yashash joyi, kiyinish, mehnat qurollari va hokazo. Bu aniqlangan ma’naviy tizimi, ya’ni nafosat tuyg‘ulari, go‘zallik, qiziqishlarni singdirish, o‘rganish, fikrlash, munosabat, qarashlar, mukammallik ma’naviyatini oshirish va o‘z-o‘zini tarbiyalashdir. Umuminsoniylik, milliy nafosat va go‘zallik fazilatlari barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, harbiylar uchun ham juda zarurdir. Nafosat va go‘zallik fazilatlari mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Go‘zallik va nafosat-inson odobi, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtaraka tizimidir. Nafosat-nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida ko‘ra olish komil insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonning badiiy rivojlanish qonunlari ijtimoiy rivojlanish qonunlari bilan bog‘langan. Badiiy qonunlari esa ijtimoiy-nafosat ideallar orqali namoyon bo‘ladi. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his-tuyg‘ular va ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, olijanob bo‘lib boradi, uni hayoti yanada sermazmun bo‘ladi, yashayotgan zaminiga nisbatan mehr-muhabbati ortib boradi. bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni qobiliyatni shakllantiradi va rivojlantiradi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatida har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida, yurish-turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xalqimiz: «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada ham chuqur ma’no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go‘zal, eng chiroyli belgisidir. «Kishining chiroyi-yuzida», deydi xalqimiz. Bir go‘zal munosabat kishilarga misoli quyosh bo‘lib, qalblarga iliq nur tortadi. Go‘zallik tabiatning, insonning yaxshi ne’matlaridan biri. Biz buni insonlarda emas, o‘simliklarda ham, jonivorlarda ham ko‘ramiz. Bahor kezlari rang-barang gullarga ko‘milgan daraxtlarni, yashil maysalarni selkilab turgan yaylovlarni ko‘ramizda:-O, naqadar go‘zal!-deb qo‘yamiz. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling