Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Harbiylarda ma’naviy-madaniy tarbiya


Download 384.22 Kb.
bet96/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

62. Harbiylarda ma’naviy-madaniy tarbiya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamaksining 1997 yil 28 fevraldagi 116-qaroriga binoan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi farmonida, kadrlar tayyorlash masalasida alohida to‘xtalib qayd qilingan. «Harbiy bilim yurtlari va fuqarolik oliygohlarning harbiy kafedralari oldiga o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarib, ta’lim-tarbiyaning yangi prinsipial uslublariga, zamonaviy pedagogika va axborat texnologiyalariga katta e’tibor berib, yoshlarni milliy istiqlol, ma’naviy, mafkuraviy va madaniy asosida tarbiyalash, Vatanga muhabbat mustaqil g‘oyasiga sodiq-sadoqat ruhida tarbiyalash har bir o‘quv yurtining asosiy vazifasidir».
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX-sessiyasida mamlakatimizdagi harbiy islohotlarning borishi haqida shunday deyilgan: «Harbiy xizmat kishidan boshqa soha mutaxassislariga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat va fidoiylik fazilatlarini, o‘z Vatan oldidagi burchi va qasamyodiga sodiqlikni talab etadi».
Shu nuqtai nazarda jamiyatimizni ma’naviy jihatdan yangilash, o‘sib kelayotgan avlodni milliy madaniyat, milliy mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash masalasi eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Vatanga muhabbat hissi - bu jamiyatdagi madaniyat, ma’naviy shakllanish­ning chuqur ildizini ochib beruvchi o‘ziga xos kalitdir. Ayni paytda qurolli Kuchlarni isloh qilish ishi shaxsiy tarkibning ma’naviy-madaniy tarbiyasi masalasini birinchi o‘ringa olib chiqmoqda. Shunday ekan ma’naviy-madaniy tarbiya eng avvalo harbiy xizmatchilarning mavjud haqiqatga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi. Bu munosabat harbiy xizmatchilarning dunyoqarashi darajasi, umum madaniyati bilan hamohangdir.
Madaniyat-moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta’lim-tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzlari bilan bog‘liq keng qamrovli tushunchadir. Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo‘q. Ijtimoiy munosabatdagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va bu munosabatlardagi har qanday o‘zgarish bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Madaniyat nafaqat o‘tmishga yoki bugunga, shu bilan birga kelajakka munosabatdadir.
Hozirgi islohotlar sharoitida yangi jamiyat fuqarosini tarbiyalash, milliy istiqlol, o‘zligini anglash tuyg‘usini har bir kishi ongiga singdirish va uning ongli e’tiqodiga aylantirish, hozirgi davr talabi darajasida bilimli, uning ma’naviy dunyosini boyitishdek ulkan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda so‘zlagan nutqida: «Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak» deb ta’kidlaydi1.
Ma’lumki, insonning madaniyligi keng ma’noda kasb etadi. Tashqi xulq-atvor qoidalarini bilish, gigiena talablariga rioya qilishning o‘zigina madaniyatlilik belgisi emas, madaniyatlilik insonning tevarak-olamga bo‘lgan barcha munosabatlarda o‘z aksini topadi. Shu jihatdan madaniyat insonning ma’naviy boyligini, ya’ni aqliy va axloqiy rivojlanganligini, dunyoqarashi, hayotiy qiziqishlarining kengligi, madaniy hissiyotini o‘z ichiga olgan ichki madaniyat va o‘zi yashab turgan jamiyatdagi axloq qoidalari va odob mezonlariga rioya qilishdan iborat bo‘lgan tashqi madaniyatdir.
Biz ko‘p yillik kuzatishlar natijasida yoshlarda ana shu ichki va tashqi madaniylik xislatlarining ko‘p qirrali, jumladan madaniylik asosini tashkil etuvchi qadriyatlar; boshqalarni hurmat qilish, hamdardlik; o‘zini behayolarcha tutishdan, injiqlik, shakkoklik va tantiqlikdan, ichki yuzlamachilik, o‘z qiyofasini sun’iy o‘zgartirishdan saqlana olish;xushmuomalalik, boshqalar bilan so‘zlasha olish qobiliyati, kundalik hayotida poklik kabi xislatlarda yillar davomida saqlanib kelayotgan an’analarimizga rioya etmayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Harbiy qo‘mondonlarda «Pedagogika» fanining o‘qitilishidan boshlab, keyingi kurslarda davom etadigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogika tarixi» kurslariga ta’lim-tarbiya sirlarini harbiylarga etkazish jarayonida ularning ma’naviy kamolotini tarkib toptirishga yo‘lovchi keng va xilma-xil imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
Bu imkoniyatlardan biri ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida harbiylarning o‘z fikr-mulohazalarini uyg‘otishdir. Chunki, yuksak madaniylik va madaniyatsizlik haqida nasihatdan ko‘ra o‘rganilayotgan ma’ruzaga bog‘lab harbiylarning o‘zida fikr uyg‘otish muhimroqdir.
Harbiylarda ma’naviy madaniyatni tarkib toptirishga oid ishlar mashg‘ulotlarda va auditoriyadan tashqari tarbiyaviy ishlardan izchil amalga oshirilsa, bu borada harbiy yoshlarning o‘zida ijodiy fikrlash, voqea-hodisalarga izchil munosabat, hissiy va pedagogik vaziyat hosil etilsa, o‘z-o‘zini tarbiyalashga intilish uyg‘otilsa, mashg‘ulotlarda barcha samarali metod, usul va vositalardan foydalanilsa, ko‘langan maqsdga erishish mumkin.
Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichidir. Aytish mumkinki, madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi.
Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay turib, madaniyatli shaxs bo‘lib etishishi qiyin. Xuddi shuningdek, madaniyat rivojida professional ijodkorlar va san’atkorlar ham katta o‘rin tutadilar. Ular tufayli madaniyatda yangi oqimlar-ijod turlari, badiiy-estetik qarashlar yuzaga keladi.
O‘zbekistonning rivojiga qaraganda milliy madaniyatga, sinfiy yondashishdan, uni sun’iy tarzda «yagona shaklan milliy, mazmuni sotsialistik madaniyat»ga aylanishidan saqlab qoldi. Tarixiy rivojlanish shuni ko‘rsatadiki, rang-barang milliy madaniyatlargina hayotni chiroyli qiladi, harbiylar o‘rtasidagi aloqalarni, bir-biriga intilishini, bir-birini o‘rganishini rag‘batlantiradi.
Madaniyat harbiy xizmatchilarni shakllantirish vositasi hamdir. Shu jihatdan bulg‘usi ofitserlarni tarbiyalashda madaniyatning quyidagi masalalariga e’tiborni qaratish lozim:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling