Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet97/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Yangicha dunyoqarash va e’tiqod asoslarini shakllantiradigan milliy g‘oyaga sodiqlik;

  • Bulg‘usi ofitser faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman barcha dinlarning tarixi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak;

  • O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirganligi-respublika amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy islohotlar, mustaqillik va ma’naviyat mafkurasi, ma’naviyatning mohiyati, uning tarkibiy qismlari, mezonlari, vatanparvarlik, adolatliylik, insonparvarlik, iftixor tuyg‘ularini bulg‘usi ofitserlar ongiga singdirish;

  • Soha mutaxassislarining bilimdonligini oshirish, bilimning madaniyat, ma’rifat sari yuksaltirish mezoni haqidagi fikrni ularni ongida shakllantirish;

  • Bulg‘usi ofitserlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hamda qonunlariga buysunadilar. Fuqarolarning jamiyatda tutgan o‘rnidan, millatidan, siyosiy qarashlari va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, ularni har tomonlama himoya qiladi;

  • Mardlik, botirlik, jasurlik, g‘amxo‘rlik, mehr-shavqat kabi madaniyatning xulq-odob qoidalari qatoriga kiritilgan fazilatlar asosida tarbiyalash;

  • Vatanimizda bugun qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni saqlab qolish uchun, dushmandan ogoh bo‘lish, dushmanga nisbatan hushyorlik va ehtiyotkorlik;

  • Bulg‘usi ofitserlarda ichki madaniyati, tashqi madaniyati, muomala madaniyati, nutq madaniyati, fikrni kasbga oid tushunchalar asosida bayon qilish madaniyatini shakllantirish.

    Madaniyat tarbiyasi bulg‘usi ofitserlarni tarbiyalash sohasidagi asosiy muhim masala bo‘lib qolmasdan, balki O‘zbekistonimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb sohalaridan biridir.
    Yaqin o‘tmishda madaniyatimiz hukmron mafkurasi asosida rivojlandi, ikkinchidan milliy madaniyatimiz boy o‘tmishi bir tomonlama o‘rganilgan, uning bebaho durdonalaridan millatimiz bexabar bo‘lgan.
    O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyatining barcha qirralari, ildizlari va ranglarini to‘la ravishda ko‘rsatmoq uchun milliy madaniyatlarning mustaqillik sharoitida rivojlanish qonunlari, madaniyatimiz tarixi va umuminsoniy tamoyillarini o‘rganish asosida yaratilishi lozim.
    Ma’naviyatni yuksaltirish masalalariga bugungi kunda e’tibor kuchayib bormoqda. Bu bejiz emas albatta, chunki kelajagi buyuk davlat egasi bo‘lmasdan komil insonni tarbiyalashi, uni ma’nan va axloqan barkamol qilmasdan turib, buyuk kelajak to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Mafkurasiz hech qanday jamiyat, davlat qurib bo‘lmaydi. Bu borada o‘tmish milliy ma’naviyatimizni, madaniyatimizni o‘rganib, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirib, ilm-fanga qiziqish va intilishni rivojlantirish zarur.
    Yuksak darajada mamlakat davlat qurish uchun harbiylarning bilimi chuqur, dunyoqarashi keng, tafakkuri sog‘lom bo‘lishi kerak. Bunday yoshlar inson dunyoga faqat eb-ichish, boylik ortirish uchun kurashib, qo‘lidan kelgancha mehnat qilishi, ijtimoiy muhitni, turmush sharoitni o‘zgartirish maqsadida dunyoga kelishini chuqur his qilish lozim.
    Ta’lim-tarbiya tizimi, harbiy va murabbiylar hayotiga o‘z-o‘zini anglashda, xalqning, millatning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida bosib olgan murakkab yo‘liga, ajdodlarimizning ma’naviy-madaniy, ilmiy, diniy, falsafiy, ma’rifiy merosiga qarashlari va g‘oyalariga har bir kishining bevosita bog‘liqligini chuqur va atroflicha his qilishlariga ko‘maklashishi lozim. Harbiylarda milliy o‘zlikni anglashni, millatga uning tarixiga mansubligini his qilishi shakllantirish kerak.
    Gerodotning «tarix» kitobida yozilganidek uch ming yil avvalgi ajdodlarimizda qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi-jasurlik ekan. Undan keyingi muhim xislat adolatlilik va mohirlik bo‘lgan. Har bir ishni bajarganda, jumladan; otda yurish, ov qilish, uxlamoq, mol tupla, omonatni saqlash, o‘ylanish, jazo berish va ilm olish haqida yuqori mahorat va milliy madaniyatga qarab bajarish insonning fazilatlari hisoblanadi.
    Ma’naviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan, «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma», Mahmud qashg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it-turk», «Guro‘g‘li» va «Alpomish» dostonlari va boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanini, xalqini, millatini sevish, or-nomus va do‘stlariga sadoqat va madaniyat kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy-ma’naviy xislatlari hisoblangan.
    Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da tarbiya hayotning eng muhim tirgagi sifatida ko‘rilib, har bir yoshni tarbiyalaganda u avvalo yaxshi o‘qishni, yozishni o‘rganishi kerak, deyilgan. Unda inson o‘z mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g‘oya bor. Unda madaniylikni asosi-yaxshi fikr, sahovatlilik, yaqin kishisiga mehrubon bo‘lish, mo‘htojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi kurashish, kishilarning tinchligi va baxt-saodatini muhofaza qilish, ahillik va do‘stlikda yashashga intilish, yaxshi niyatlar va fikrlarni tushunilgan.
    qadimiy ajdodlarimiz madaniy mezon qilib olgan, har bir kishidan talab qilinuvchi ijobiy xislatlar, jumladan, jasurlik, bilimdonlik, san’atshunoslik, uddaburolik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, axloq va odoblilik, do‘stlik, tejamkorlik va saranjomlik xislatlarini nishonlangan.
    Harbiylarda ma’naviyat va madaniyat tarbiyasini shakllantirishda islom dinining hodisalariga ham katta e’tibor berishi kerak. Chunki Islom odamlarni iymonli bo‘lishga undab, uni o‘ziga xos mezoni qilib, saxovat, jasorat, sabr-toqat, to‘g‘riliylik, vafodorlik va sodiqlik kabi xislatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ayniqsa barcha oyatlar odamlarni iymon, insof, diyonat, ezgu maqsad va to‘g‘rilikka undaydi. Masalan: Moida surasi 90-oyatda: «Ey mo‘minlar, aroq, mast qiladigan ichimlik ichish, qimor o‘ynash, folbinlik qilish shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Ularning har biridan uzoq bo‘lingiz» deb qo‘yilgan.
    Harbiy qo‘mondonda axloqiy-ma’naviy, madaniy qilib voyaga etkazish uchun murabbiy harbiylarning hissiyotiga ta’sir o‘tkazadigan vositalaridan foydalanishi kerak. Bunda badiiy adabiyot juda qo‘l keladi. Masalan: Hadislarning mazmunini ifodalangan she’rlar-Alisher navoiyning «qirq Hadis»i, Abdullo Oripovning «Haj daftari» va boshqa kitoblardan foydalanish axloqiy saboq mashg‘ulotlarini jonlashtiradi, tarbiyaviy ta’sirini oshiradi.
    Harbiylarni madaniy ma’rifatli qilishda «Odobnoma» darslari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston maktablarida «Odobnoma» darsligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
    Harbiy xizmatchilarning madaniy-ma’naviy faoliyati samarali bo‘lishi uchun askarlarni madaniyatga doir bilim darajasidan xabardor bo‘lishi kerak. Harbiylar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazish, savol-javob kechalarini tashkil etish, mashg‘ulotlar jarayonida madaniyatga doir savollar berish kabilar bunda qo‘l keladi.
    Madaniy va ma’naviy ruhda tarbiyalashda tarbiyachi ko‘proq «Hayotning ma’nosi nimadan iborat?», «Kimni baxtli deyish mumkin?», «Baxtlilikni ulchaydigan toshu tarozi, mezonlar bormi?» kabi axloqiy-madaniy masalalarga e’tibor berish kerak, chunki bu masalalar harbiylarni hamma vaqt qiziqtiradilar.
    Oliy harbiy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan barcha tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir dasturga binoan amalga oshirish, harbiylarning o‘quv yurtida ta’lim olish davriga mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejasini tuzish zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
    Harbiy oliy o‘quv yurtlarida madaniy-ma’naviy tarbiya jarayonini yaxshilash uchun har bir askar, ya’ni bo‘lajak ofitser egallab olishi zarur bo‘lgan madaniy-ma’naviy sifatlarni tarbiyalashning, barcha tarbiyaviy ishlarning ilmiy jihatdan asoslangan, puxta o‘ylab tuzilgan dasturi kerak.
    Madaniy-ma’naviy tarbiya tizimi bir necha tizimchalarda tuziladi. Umumiy tizimning har bir qismi o‘zining ichki tizimga ham ega bo‘ladi. Masalan; harbiy oliy yurtda askarlarga beriladigan kasbiy ta’lim ma’lum bir tizim asosida tuzilgan bo‘lib, u ofitserlarga ijtimoiy-gumanitar, psixo-pedagogik, ixtisosiy bilimlar va madaniy-ma’naviy tarbiya berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, harbiy oliy o‘quv maktablarida o‘qiladigan har bir predmet tuzilishi jihatdan o‘zining ichki tizimiga ham ega.
    Tizim tushunchasiga barcha tarbiyaviy ishlarni aniq uyushtirish ham kiradi. tarbiyaviy ishlar tizimi harbiy oliy o‘quv yurtining butun jamoasi, kasaba uyushmasi, jamg‘armalar, harbiy tashkilotlarning birgalikdagi kuch-g‘ayrat sarflashi natijasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu tashkilotlar aniq, yaxshi ishlashi, harbiylarga bir xil ta’sir o‘tkazishlari zarur.
    Madaniyat tushunchasi tabiatga nisbatan jamiyatning o‘ziga xosligini ifodalaydi. SHunga ko‘ra madaniyatga keng ma’noda insonning ichki ruhiyati, aql-idroki va jismoniy mehnati bilan yaratilgan barcha narsalar kiradi. demak, madaniyat-ko‘p qirrali murakkab ma’naviy, ijtimoiy hodisadir.
    Ma’naviy madaniyatning mazmuni siyosat huquq va mafkura, axloqiy, badiiy va diniy qarashlar bilan, ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqalarning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilishni ifodalaydi.
    Halol inson uchun ruxsat etilgan ishlar, xatti-harakatlar majmo‘asi, qolaversa mehnat evaziga topilgan, shuningdek, pok va toza ma’naviyatdir. Halollik yanada kengroq ma’no kasb etadi. Hayot va turmushdagi halollik, o‘zaro muomala-munosabatdagi halollik, oiladagi halollik, mehnatdagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do‘stlar o‘rtasidagi halollik va shu kabilar.
    Ajdodlarimiz harom bilan halolni farqlash va haromdan hazar qilish, halolga doimo oshno bo‘lish xususida ta’lim berilgan. Xususan milliy tarbiyaning o‘ziga xosligi va mezonlari ham xalqlarning urf-odatlari va an’analariga bag‘ishlangan.
    Ispaniyalik bir faylasuf-olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ekan. Ittifoqo, usha olim yurtimizga tashrif buyurib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘lgan. YUrtiga qaytib borgach: «Hozirgacha o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni o‘n besh yoshli o‘zbek qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishidagi odobiga, nazokatiga, madaniyatiga almashtirishga rozi edim», degan ekan. Biz shunday yuksak madaniyatli xalqning farzandi ekanligimizdan har qancha faxrlansak arziydi, albatta.
    Ota-bobolarimiz farzand o‘stirib, ularning xulq-atvorlariga, gap-so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o‘z maqsadalrini qanday so‘zlar bilan tushintirishlariga katta ahamiyat berilgan. Ular farzandlarining kurslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo‘ya ishlariga zinhor-bazinhor yo‘l qo‘ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar. Bizda harbiy xizmatchilar ham ana shu ota-bobolarimizni farzandlaridir. Ularni tarbiyasida harbiy qo‘mondon tarbiyachilari yuqorida qayd qilingan madaniyatlarni tarbiyaviy ishlar faoliyatida davom berishlari zarur.
    O‘zbek xalqi o‘z madniyati va ma’naviyatida komil insonlarni tarbiyalab voyaga etkazganlar. Jumladan: Az-Zamaxshariy, Aburayxon beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiy kabi komil insonlar etishib chiqib, milliy tarbiyamizni yanada olamga mashhur qildilar.
    Ular tufayli armiyamiz mag‘rur yashaydi, mehnat qiladi, doimo hurriyat va erk sari intiladi.
    Inson komillikka intilar ekan, zinhor bu intilishning oxiriga eta olmaydi. SHu bois, men komilman, kamolotga erishdim degan kishi xato qiladi. Inson o‘z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yadi. Ammo shu nuqson va kamchiliklarni tushunib, tuzatib, ularni takrorlashmaslikka harakat qiladigan kishi barkamol va madaniyatli insondir.
    Bu haqda, Alisher Navoiy shunday qayd qilingan:

    Download 384.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling