Harbiy jamoa - harbiy xizmatchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy, irodaviy sifatlar, avvalo vatanparvarlik, Vatan, xalq va Prezidentga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga tarbiyalaydi. Bu jangchida mustaqillik ishining, taraqqiyot va istiqbolning haq ekanligiga chuqur g‘oyaviy ishonch hosil qilishadi. Hamda barcha harbiy xizmatchilarni milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalaydi.
Qurolli Kuchlar jamoasidagi harbiy xizmatchining dastlabki kunlaridanoq jangchi mamlakat suverenitetini, hududiy yaxlitligini, xalqning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishga, istiqlol ideallariga sodiqlik bilan erishish mumkinligini chuqur tushunish va anglash lozim.
Harbiylar jamoasi tarbiyaviy funksiyalar sohibiga aylangan holatdagina harbiy shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ular jamoani asosiy uchta funksiyalarini hayotdan kechiradilar:
Tashkiliy funksiya - ya’ni kollekt o‘z ijtimoiy foydali faoliyatini boshqarishning chinakam sub’ektiga aylangan bo‘ladi.
G‘oyaviy tarbiya funksiya – ya’ni harbiy jamoani ma’lum g‘oyaviy-axloqiy e’tiqodlarning sohibi va targ‘ibotchiga aylanadi, harbiylarning g‘oyaviy-mafkuraviy va axloqiy shakllanishiga ta’sir etadi.
Rag‘batlantirish funksiyasi – ya’ni jamoa o‘z hayotining mazmundorligini oshirishda o‘z a’zolarining faolligi va tashabbuskorligini qo‘zg‘aluvchisi sifatida yuzaga chiqadi.
Askarlar jamoasi tarbiyasini amalga oshirishning o‘ziga xos pedagogik shartlari bo‘lib, ularning bajarilishi bu jarayonning samarali va sifatli kechishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchidan, jamoa tarbiyasi uzluksiz jarayon bo‘lib, ya’ni u ta’lim-tarbiya jarayonining har bir bosqichida diqqat-e’tibor markazida turadi. Askarlik burchini ado etishi, hurmat-ehtiromni joyiga qo‘yish, rahm-shavqatli bo‘lish, o‘zaro hamjihatlik, boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘zgalarga yordam berish, el-yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish, mehnatsevar bo‘lish, bilim olishga intilish, ma’naviy-axloqiy qadroiyatlarga ega bo‘lish va boshqa shu kabi tushunchalarni harbiylar ongiga singdirish, ularda Vatanga va ona-yurtga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha, amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarni olib boriladi.
Ikkinchidan, jamoa tarbiyasini amalga oshirish jarayonida vatanparvarlik majburiy emas, balki unga ma’naviy-axloqiy hamda g‘oyaviy mas’uliyat va zaruriyat nuqtai nazaridan yondoshish muhimdir. Bu sharoitda askarlarni shaxsiy manfaatlari Vatan manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Mamlakat kelajagi, yurt tinchligi, turmush farovonligi haqida qayg‘urish va boshqa shu kabi tushunchalar uning kundalik ehtiyojiga aylanadi. Bu ehtiyoj jamoaida askarni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga undaydi.
Uchinchidan, jamoa tarbiyasini ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunda askarda milliy iftixor, g‘urur, milliy qadriyatlarni qadrlash tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga zamonaviy harbiy bilimlar asosini egallash, qurol-yaroq va harbiy texnikaning sir-asrorini bilishga qiziqish, intilish-tarbiyalanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |