Харобаси (мил ав. 2-минг йилликнинг иккинчи ярми). Шеробод тумани
Download 0.74 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кўк гумбаз масжиди
Darvoza Qir makonida yashagan jamoa ho’jaligida asosiy mashg’ulot baliqchilik bo’lgan. Ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki makondan jayron, soyg’oh, yovvoyi cho’chqa, qulon, ot suyaklari topilgan.
Neolit davri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi bilan shug’ullangan. Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya.G’ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan. Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi. Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – deh-qonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayl fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi. Aholining ama’lum yerda yashashi mahalliy hududning tabiiy oziq- ovqat zaxirasiga bog’liq bo’lib qoladi. Kaltaminor madaniyatining oxirgi bosqichi hozirgi Qizilqum hududida yashagan aholi oziq-ovqat ishlab, yashash joylarini doimiy o’zgartirib turishga sabab bo’lgan. Kaltaminor madaniyatining so’ngggi bosqichiga oid makonlar juda kamchilikni tashkil etadi. Qizilqum hududidagi makonlarda aholi uzoq yashamagan. Ular aholi vaqtinchalik yashagn kichik makonlardan iborat. Shuningdek, bu davrda ilk bosqichga oid makonlarni kalta o’zlashtirish holatlari ham kuzatiladi. Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichiga oid Daryosoy va Echkilisoylarning quyi oqimidagi Chorbakti 18A, 26,29, 51 makonlari yaxshi o’rganilgan makonlardir. Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasining o’rta bosqichida dafn inshootlari o’rganilgan. Ular Tumek Kichikjiq (Sariqamish havzasi), Tolstov (Oqchadaryo o’zani) va Kaskajal ( janubi-g’argiy Ustyurt) qabrlaridan iborat. Marhumlar oddiy chuqur qabrlarda oyoq-qo’li cho’zilgan holda,chalqancha yotqizilib,ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo’shib ko’milgan. Marhumlarning istidan oxra sepilgan.Kuzatuv buyumlari asosn ayol qabrlarida aniqlanib, ular hayvonlar tishi va chig’anoqdan yasalgan taqinchoqlardan iborat. Marhumlar yevropoiq irqining “ sharqiy o’rta yer” guruhiga mansub qadimgi aholi vakillaridan iborat. Tumek-kichijik qabristoni- so’nggi neoli davriga oid yodgorlik bolib, u 1972 yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. U yerda tadqiqotlar 1973-1974 yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida 27 ta qabr ochib o‘rganiIdi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shimoli-sharqqa qaratib qo‘yilgan va kiyim boshlari bilan ko‘milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo‘yilgan. Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy e’tiqodlari bilan bogMiq boMgan. Tadqiqotlar natijasida neolit davrida Zarafshon daryosining beshta tarmog’i Amudaryoga qo‘shilganligi aniqlandi. Mazkur tarmoqlar Qizilqum hududida katta, kichik konlatrnii hosil qilgan. Zarafshon daryosining yirik tarmog’i Moxandaryo bolib, uning ham oqimida ko’llar shakllangan. Bugungi kunda ular sho‘rlanib, xalq orasida Katta tuzkon, Kichik tuzkon deb atalib kelinadi. Shu qadimgi ko‘l yoqalarida neolit davri aholisi iste’qomat qilgan. 1950 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov Moxandaryo bo‘ylab arxeologik qidiruv ishlarini olib bordi. 1960 yillarda esa bu hududda A.Asqarov bilan OMslomovlar tadqiqot ishlarini olib borib, 100 dan ortiq neolit davri manzilgohlarini topdilar. Ular bir-biriga juda yaqin masofada joylashgan. Bu joylardan qirg‘ichlar, pichoqlar, o‘roq-randalar, nayza uchlari, o‘roqlar, parma, teshkichlar, yorg‘uchoq, qayroqtosh, bolta va boshqa buyumlar topilgan. Tosh qurollardan tashqari bu yerdan, taqinchoqlar, munchoqlar, sopol idishlari topilgan. Sopol idishlaming katta- kichikligi, bezagi har xil bo‘lib, og‘zi kengroq, osti dumaloq shaklda boMgan. Lekin bu erda suyakdan qurollar topilmagan. Uning ko‘plari mavsumiy manzilgohlar bo‘lib, madaniy qatlamlar etarli saqlanib qolmagan. Faqatgina Darvozaqir manzilgohida madaniy qatlam yaxshi saqlangan. Kaltaminor madaniyatining tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan turli anjomlardan iborat. Uning ilk bosqichida trapetsiyasimon va burchak shaklli tosh qurollardan foydalanilgan. Rivojlangan bosqichida trapetsiya shaklli tosh qurolli va plastinkasimon kamon o’qining uchi paydo bo’ladi.Tosh qurollariga ikki tomonlama ishlov berish usuli takomillashadi. 9 Kalataminor madaniyatiga oid sopol buyumlari qo’lda yasalgan. Ular soz tuproq loyiga shamot, kam hollarda xashak, maydalangan chig’anoq yoki qun=m qo’shib yasalgan . Dastlabki ikki bosqichi sopollarning tagi tuxumsimon shaklida yasalgan, keying bosqichda yassi tagli sopol buyumlari paydo bo’ladi. Sopollarning sirtiga to’lqinsimon, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli naqshlar solinib, olovda pishirilgan. Kaltaminor madaniaytining datlabki ikki bosqichida tabiiy namgarchilik miqdori yuqori bo’lganligi sababli kichik suv havzalari, xususan,ko’llar ko’p bo’lgan. Daryo o’zanlari va ko’llar yaqinidagi to’qayzorlarda jayron, kichik bug’u, cho’chqa va qushlar yashashgan. Suv havzalarida baliqlar serob bo’lgan. Ularning atrofidagi dashtlarda cho’l hayvonlari yashagan. Bunday tabiiy sharoitda makonlardan yovvoyi cho’chqa, baliq,qirg’ovul,suv qushlarining suyagi, o’rdak va g’oz tuxumining po’chog’I hamda jiyda danaklari topilgan. Quyi Zarafshon hududidagi yodgorliklardan esa to’qay va cho’ hududida yasgaydigan cho’chq, bug’I, jayron, qulon, ot va baliq suyaklari topolgan. Kaltaminor madaniyati axolisi to’qay va cho’l hayvonlarini ov qilish, baliqchilik va terib termachilik bilan kun kechirgan. Baliqchilik o’zlahstiruvchi xo’jalikning ikkinchi tarmog’i hisoblangan. Cho’rtan, laqqa va zog’ora baliqlarining suyaklari Oqchadaryo o’zani hududidagi makonlarda ham, Zarafshonning Quyi oqimidagi makonlarda ham ko’plab uchraydi. Baliqlar suyak garpun va qarmoqlarda ovlangan. Baliq ovida ehtimol mikrolit garpun ham ishlatilgan bo’lishi mumkin. Lavlakon namgarchiligi davrda Kaltaminor madaniyati egalari yashaganhududlarda keng yaproqli o’rmonzor va to’qayzorni tashkil etib,mvali daraxtlarga boy bo’lgan. Daraxt mevalari aholini yoz- kuz mavsumida ozuqa bilan ta’minlagan. Terib-termachilikda o’simliklar va daraxtlarning mevasi va dukkakli o’simliklarning boshog’ini o’zlashtirganlar. Katta Tuzkon makonlaridan mikrolit toshdan yasalgan o’roq qadamalari va yorg’uchoqlar topilgan. O’roq qadamalari neolit davri aholisining boshoqli don ekinlarini boshog’ini o’rib olishda keng foydalanganligi arxeologik jihatdan o’z tasdig’ini topgan. Donlar yorg’uchoqda yanchilib iste’mol qilinganligi to’g’risida aniq fikr bildirish qiyin. O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston-Polsha qo’shma ekspeditsiyasi tadqiqotlari natijasida Qizilqum hududidagi Oyoqog’itma makonidan xonakilashtirilgan hayvon suyaklari topilgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Kaltaminor madaniaytining ikkinchi bosqichida qora mol va ehtimol qo’y va echki boqligan. Oxirgi bosqichida tuya qo’lga o’rgatilgan. Hozirgi paytda chatishib ketgan baktrian tuyalari O’zbekiston hududida xonakilashtirilgan. Kaltaminor madaniyati mil avv III mingyillikning ikkinchi yarmida inqirozga uchraydi. Kaltaminor madaniyati yashagan keng hududda yashagan aholi tili,xo’Jaligi, moddiy madaniyati va diniy qarashlari yaqin bo’lgan umumiy jamoani tashkil etgan.Ular o’rtasida ma’lum genetik bog’lanish bo’lgan. Qamishli madaniyati - Suvyorgan va Kaltaminor madaniyatlaridagi bosqichlardan biri. 1954 - 55 yillarda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Xorazm vohasida Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi boylab tarqalgan neolit makonlari turkumiga kiradi. Qamishli madaniyatida uyjoy qurish uslubi jihatdan Kaltaminor madaniyati ananasi davom ettirilgan. Makonlar kochki qum va toqaylar xalaqit berganligi uchun Oqchadaryo deltasidan olisga tarqalmagan. Kvarsitdan ishlangan tosh qurollar, chaqmoqtosh qurollar va qum aralashtirilgan loydan yasalgan keng qorinli, boyni kalta, yelkasi bortma gardishli xum va boshqalar sopol buyumlar topilgan. Qamishli madaniyatiga mansub qabilalar dehqonchilik bilan shugullangan. Maʼlumot uchun, Neolit davriga oid dunyoga mashhur Kaltaminor madaniyati ushbu choʻl hududidan topilib, Oyoqogʻitma botigʻining shimoliy chekkasidan Markaziy Osiyo neolitshunosligiga bebaho hissa boʻlib qoʻshilgan shu nomli makoni topib boʻrganilgan. Oyoqogʻitma makoni Oʻzbekiston-Polsha-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan jahon standartlari darajasida tadqiq qilingan.«Bu tadqiqotlardan olingan natijalar kaltaminorliklarning nafaqat ovchi va baliqchilar, balki tuya, qoramol va qoʻy-echkilarni xonakilashtirgan mohir chorvadorlar boʻlganliklarini ilmiy jihatdan isbotlab berish barobarida , ushbu madaniyatning xronologik sanasini yana 900 ming yilga , yaʼni eramizdan avvalgi 6300 ming yilliklarga qadimiylashtirdi», deyiladi akademiya xabari xulosasida. Xulosa Xulosa qilib aytganda neolit davri Kaltaminor madaniyati O’rta Osiyo huduida yangi manzilgohlarning shakllanishiga,aholi xo’jaligining takomillashuviga va yangi mashg’ulotlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Neolit davrida O’rta Osiyoda ko’plab madaniaytlar shakllangan. Neolitdavri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi bilan shug’ullangan.Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya.G’ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan.Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi. Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – dehqonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayld fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi. Aholining ko'payishi va qishloq xo'jaligi, chorvachilik, to'qimachilik yoki kulolchilik kabi ishlarga ko'proq berilish mehnat taqsimotining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ba'zi omillar edi.Jamiyat erni ishlovchilar, hosilni yig'ib oluvchilar, toshlarni silliqlaganlar yoki dastgohlardan foydalanadiganlar va boshqa kasblar orasida bo'linishni boshladi. Ortiqcha narsalar bilan bir qatorda, tovar ayirboshlash yo'li bilan almashinish boshlandi, bu birinchi savdo turi.Bu omillarning barchasi, shuningdek xususiy mulkning kelib chiqishi va vaqt o'tishi bilan sinflar farqlanishining asoslari bo'lgan. Qishloq xo'jaligining joriy etilishi barcha sohalarda bir vaqtning o'zida sodir bo'lmagan, ammo juda xronologik farqlarga ega bo'lgan sekin jarayon edi. Shunday qilib, uzoq vaqt davomida qishloq xo'jaligi va kamharakat jamiyatlari paleolit hayot tarzini saqlab qolgan boshqalar bilan birga yashab kelgan. Zig'ir va jun bilan tikilgan kiyimlarning qoldiqlari mutaxassislarni uy hayvonlari nafaqat oziq-ovqat uchun mo'ljallanganligini tasdiqlashlariga olib keldi. Neolit davri inqilobi paytida, qo'shimcha ravishda to'qimachilik mahsulotlarini takomillashtirish uchun dastgohlar ixtiro qilindi. 88. «Кўкалдош» мадрасаси Тошкент шаҳридаги тарихий обидалардан бири саналади. Муҳаммад Солиҳ Қорахўжа Тошкандийнинг «Тарихи жадидайи Тошканд» китобида «Кўкалдош» мадрасасини Дарвешхон қурдирганини ёзади ва шу китобининг баъзи жойларида мадрасани Дарвешхон мадрасаси деб ҳам атайди. Мадраса 1551-1575 йиллар орасида қуриб ишга туширилган. Бунга далил сифатида тарихчилар 1569-1570 йилларда ёзилган вақфномани келтирадилар. Унга кўра, Тошкент ҳокими Султон Дарвешхон бир карвонсаройни мадрасага вақф қилиб бергани айтилган. «Кўкалдош» мадрасаси Чорсу майдонидаги Шаҳристон тепалигида Хўжа Аҳрор Валий жомеъ масжидининг ёнида анъанавий шарқ услубига риоя қилиб бунёд этилган. Унинг кенг ҳовлиси ҳужралар ва очиқ айвонлар билан ўралган. Ҳужралар сони 38 та бўлиб, дастлаб қурилганда мадраса уч қаватдан иборат бўлган. Бош фасад жанубга қараган, дарвозадан кираверишда чапда масжид, ўнгда дарсхона жойлашган. Масжид ва дарсхонанинг усти ўзаро кесишган равоқлар устига ўрнатилган қўш ички ва ташқи гумбазлардан иборат бўлган. Пештоқ сиркор парчин ва жилва нақшлар билан безатилган. XVIII асрга келиб қаровсиз қолган мадраса карвонсарой сифатида фойдаланилган. 1830-1831 йилларда Тошкент ҳокими Лашкар Бегларбегининг даврида дарсхона ва масжид ўнгидаги нураб тўкила бошлаган зангори гумбазлари ва иккинчи қаватнинг ғиштлари кўчириб олиниб, ҳозирги кунда бузилиб кетган Бегларбеги мадрасаси (бозорнинг юқори қисмида)нинг қурилишида ишлатилган. 1866-1886 йилларда рўй берган зилзила натижасида мадраса пештоқининг юқори қисми қулаб тушади ва мадраса вайронага айланади. 1902-1903 йилларда Тошкент шаҳри аҳолисининг хайрия маблағлари ҳисобидан таъмирлаш ишлари олиб борилади. Маблағ етишмаслиги сабабли таъмирлаш ишлари тўхтаб қолиб, ёдгорлик ўзининг аввалги ҳолатига қайтарилмади. Кўкалдош мадрасаси ва унинг ёнидаги Хўжа Аҳрор Валий жомеъ масжиди 1865 йилда Генерал Черняев бошчилигидаги Тошкентни забт этишда қаттиқ шикастланди. 1886 йили рус муҳандислари томонидан хонақолар ва жомеъ масжид қайта таъмирланиш натижасида ўзининг дастлабки меъморий кўринишини тамоман йўқотди. Вақт ўтиши билан ўзаро урушлар, кучли зилзилалар, биноларнинг турли мақсадларда фойдаланиши, бир неча бор қайта таъмир қилиниши ва қайта тикланиши мадрасанинг дастлабки ҳақиқий гўзаллигини, муҳташамлигини аста-секин йўқотиб борган. Айниқса, XVIII асрнинг бошларида мадраса ташландиқ ҳолатга келиб қолган. Шу асрнинг охирида эса, карвонсарой мақсадида фойдаланилган. Коммунистик мафкуранинг ҳукмронлиги даврида мадраса биноси умуман қаровсиз қолиб кетган: хоналар омборхона, ётоқхона, ҳар хил устахоналар сифатида фойдаланилган. Табиий емирилиш даражасида ҳам таъмирлаш ишлари олиб борилмади. Давлат томонидан олиб борилган таъмирлаш ишларидаги суистеъмолчилик ва масъулиятсизлик мадрасанинг янада аянчли ҳолатга тушишига олиб келди. 1974 йилда қабул қилинган мадрасани қайта тиклаш тўғрисидаги лойиҳалар лоқайдлик сабабли сурункасига бажарилмай келди. Маданият вазирлигининг маълумотига кўра 1985 йилдан 1991 йилгача таъмирлашга сарф қилинган маблағ 347.2 минг сўмни ташкил этган. Мустақиллик даврида мадрасанинг шарқий томонидаги жомеъ масжид ёнидан ўтган ичимлик суви қувурининг ёрилиши натижасида мадрасани икки марта сув босиб, жанубий қисми захлаб, шўрланиб кетди. Ушбу деворлар остида пойдевор бўлмаганлиги сабабли 2002 йилда қайтадан ғиштлари алмаштирилиб, янги пойдевор қўйилди. «Кўкалдош» мадрасаси собиқ СССР Министрлар Советининг 1990 йил 29 декабрдаги №4372 сонли қарорига асосан, 1991 йил 3 июнда Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари диний идораси (ҳозирги Ўзбекистон мусулмонлари идораси) тасарруфига топширилди. Шу вақтдан бошлаб мадрасанинг умумий таъмирланиши учун тайёргарлик ишлари бошлаб юборилди. Илк бор мустақиллик даврида марҳум Эркин Саидахмедов мадраса учун ўз маблағлари билан фаол иштирок этиб, кенг кўламда таъмирлаш ишларини бошлаб берди. Сўнгра бу хайрли ишни марҳум Наим ота Жўраев давом эттириб, кўзга кўринарли даражага етказди. Наим ота даврида мадрасанинг шимолий ва жанубий пештоғи, ички ва ташқи томонлари дастлабки ҳолатига келтирилди. Абдурасул Худойберганов даврида мадрасанинг ғарбий қисмидаги хонақоларнинг барчаси ҳамда бино ташқарисининг шимолий-ғарбидаги таҳоратхона бузилиб, лойиҳада кўрсатилганидек бинонинг биринчи қавати пойдевор асосида қайтадан бунёд этилди. Сўнгра 1954 йилдан бери таъмирланмаган эшик деразалар қайта таъмирдан чиқарилди. Мадрасанинг шарқий қисмидаги биноларнинг иккинчи қавати тикланиб, усти ёпилди. 1996 йилгача бажарилган тиклаш ва таъмирлаш ишлари асосан, халқнинг хайр-эҳсонлари ҳисобига бажарилган. 1996 йилдан бошлаб таъмирлаш ишлари шаҳар ҳокимининг Тошкент шаҳари таъмири учун ажратган қурилиш ашёлари ҳисобидан берган ёрдами ҳамда Ўзбекистон мусулмонлари идораси ва мадрасага тушган хайр-эҳсонлар орқали амалга оширилган. Мустақиллик давридаги таъмирлаш ишларида Бухоролик Аҳрор Асқаров ва Маданият вазирлиги ёдгорликларни сақлаш институти муҳандиси, «Кўкалдош» мадрасаси қурилиш лойиҳаси муаллифи ва таъмиркор уста Миробид Мирзоаҳмедов кабилар катта хизмат қилдилар. Мазкур кўҳна билим даргоҳида кўплаб олиму фузалолар дарс берганлар, таҳсил олганлар. XVI асрда Тошкентда ишлаб турган Хожа Аҳрор жомеъи, Бароқхон ва «Кўкалдош» мадрасаларида ўз замонасининг машҳур олимларидан Шамсиддин Муҳаммад Куртий, Хожа Юсуф Қошғарийлар дарс берганлар. Ўзбек мумтоз шеъриятининг вакилларидан шоир Муҳаммад Аминхўжа Муқимий ҳар гал Тошкентга келган вақтларида (1880-1890) «Кўкалдош» мадрасасида истиқомат қилган. 1889-1891 йиллар мобайнида шаҳримизда яшаган машҳур шоир Зокиржон Холмуҳаммад ўғли Фурқат ҳам ушбу мадрасада истиқомат қилиб, таълим олган ва ижод билан шуғулланган. Шунингдек Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий ҳам 1910-1911 йилларда мадраса ҳужраларидан бирида истиқфомат қилган. Ўзбек орифона шеъриятнинг улкан намоёндаси – шоир Хазиний ҳам Тошкентга келган пайтларида албатта «Кўкалдош» мадрасасида тўхтаб, мударрис ва талабалар билан кўплаб ажойиб суҳбатлар қурган. XIX аср охири XX аср бошларидаги ўзбек шеъриятининг таниқли вакиллари: Мулло Қўшоқ Мисний, Сайид Хайбатулло Хўжа Хислат, Сирожиддин Сидқий Хондалиқийлар ҳам Кўкалдош мадрасасида таҳсил олганлар. Машҳур уламоларимиздан Сайид Маҳмуд Тарозий, Олтинхон Тўра, Юнус Мақсудий ва Зиёвуддин ибн Эшон Бобохон ҳазратлари ҳам XX аср бошларида таҳсил олиб, илм пиллапояларида юксалиб боришган. Мадрасада Ислом дини қонун-қоидалари, араб ва форс тили грамматикаси, адабиёт, одоб-ахлоқ, математика, геометрия, астрономия каби фанлар ўқитилган.дарслар араб ва форс тилларидаги китоблар бўйича ўқитилган. Мадрасани битириб чиққан илм аҳллари араб, форс ва туркий тилларни мукаммал ўрганганлар, юзлаб ғазаллар, минглаб байтларни ёддан билганлар, мадраса ҳужраларида ётиб қуръони каримни ёд олганлар. Баъзи маълумотларда келтирилишича ҳадис илмининг юртимизда яна қайта жонланишига туртки бўлган уламоларимиз орасида Шомий домла деб шуҳрат топган – Суриялик атоқли илоҳиёт олими Шайх Муҳаммад ибни Саид ибни Абдулвоҳид ал-Асалий аш-Шомий ат-Тараблусий ҳазратлари ҳам бир мунча муддат мадараса ҳужраларидан бирида истиқомат қилиб, талабаларга дарс берган. Ушбу мадраса фаолият бошланганидан буён 1999 йилга қадар «Кўкалдош мадраса масжиди» деб номланган. 1999 йилда Ўзбекистон мусулмонлари идораси томонидан янги Низом тасдиқланиб, 1999 йил 18 августда Ўзбекистон Республикаси Адлия Вазирлигида расмий рўйхатдан ўтгандан сўнг «Кўкалдош Тошкент ислом ўрта махсус билим юрти» деб номланди. Билим юрти 1999 йил 10 октябрда махсус рухсатнома олиб, 1 ноябрдан расмий фаолият кўрсата бошлади. Мустабид тузум асорати таназзулга юз тутган бу анъана буюк истиқлол берган эркинлик туфайли ва халқимизнинг миллий диний қадриятларга чексиз садоқати натижасида аста-секинлик билан қайта жонлана бошлади. Бу жонланиш Кўкалдош мадрасасида қайта очилган ўрта махсус ислом билим юрти тимсолида яққол кўринади. Билим юртида Қуръон, ҳадис, сарф, наҳв, мутолаа каби диний илмлар билан бир қаторда ўзбек тили ва адабиёти, табиат, жуғрофия, ингилиз тили, физика, математика, астрономия, информатика ва бошқа дунёвий фанлар ҳам ўқитилади, бу ишга малакали мутахасислар жалб этилган. Элимизнинг юздан ортиқ диний илмга муштоқ фарзандларини ўз қучоғига олган «Кўкалдош» Тошкент ислом ўрта махсус билим юртининг олдидаги вазифалари аниқ ва равшан. Яъни, Ватанимиздаги барча ўқув муассасалари қатори иймон-эътиқоди бутун, иродаси бақувват, аждодларимизнинг нодир маънавий меросларини чуқур ўрганган ва замонавий тафаккурга эга комил инсонлар тарбиялаш, халқимизнинг ихлосидан ҳамда маънавий жабҳада бўшлик пайдо бўлганидан фойдаланиб, ислом ниқоби остида ўзларининг ғаразли мақсадларини амалга оширишга уринаётган кимсаларга қарши ўлароқ ҳамюртларимизнинг диний саводхонлигини ошириш ва шу йўлда хизмат қилувчи замонавий етук уламолар тайёрлашдир.муҳим вазифаларимиздан яна бири - бу кўҳна бинода замон талабларига жавоб берадиган энг яхши ўқув жиҳозлари билан жиҳозланган, янги типдаги ислом билим юртини барпо қилишни поёнига етказиш. Бу вазифани амалга оширишда билим юртининг фидойи мураббийлари, мударрислари ва барча жамоа бор имкониятларини ишга солиб тинмай ҳаракат қилмоқдалар ва доимо ижодий изланишдадирлар. 89. Кўк гумбаз масжиди - Шаҳрисабздаги мeъмoрий ёдгoрлик. Улуғбeк Мирзo oтаси Шoxруx Мирзo нoмидан қурдирган (1434-1435). Пeштoқ равoғида уларнинг нoмлари ва қурилиш вақти битилган тариxий ёзувлар сақланган. Кўк гумбаз масжиди Дoрут-тилoват ансамбли таркибидаги асoсий жoмe масжид ҳисобланади. Кўк кoшин билан қoпланган гумбази (нoми ҳам шундан), пeштoқининг ўнг ва чап тoмoнидаги устунлари, бoлoxoнаси бўзилиб кeтган. Бинoга шарқдан пeштoқ (равoғининг кeнглиги 10 м) oрқали кирилади. Пeштoғида сeржилo ҳандасий бeзаклар кўп ишлатилган. Устунларида, асoсий равoқ ва қанoсларида гулдoр сoпoллардан фoйдаланилган. Xoнақoҳ (12,7x12,7 м) ташқи пoй гумбазида сиркoр мoвий, кўк ва oқ рангли бeзаклар oрасига Қуръoн oятлари битилган. Ички қисмидаги 8 та майда равoқчалар рoмб шаклидаги қалқoнсимoн бағаллар билан ўзарo бирлаштирилган ва равoқ шаклидаги 16 таянчиққа таянтирилган. Ғиштин дeвoр бурчакларида 4 та айланма зина oрқали айвoн тoмига чиқилган. Айвoннинг ён таxмoнларига кeнг равoқ oрқали ўтилган. Ҳoзир улар бeркитиб қўйилган. Кўк гумбаз масжиди 1970 йилларда ҳамда Амир Тeмурнинг 660 йиллиги мунoсабати билан (1995— 96) қайта таъмирланган. 90. КЎКТЕПА — қад. шаҳар харобаси (мил. ав. 9—4-а. лар). Самарқанд вилоятининг Пайариқтуманига қарашли ҳудудида, Батрак ва Шамат кишлоклари оралиғида, Булунғурсойнинг қад. ўзани соҳилида жойлашган. Маҳаллий аҳоли орасида у Сайилтепа деб аталади. Кўктепа илк темир даври шаҳар харобаси, квадрат шаклида, майд. 23 га атрофида, унинг рельефида чор атрофи бўйлаб қад кўтарган мудофаа девори ва 4 жойда шаҳар дарвозаларининг ўринлари яққол кўзга ташланади. Ёдгорлик рельефида шаҳар мудофаа деворининг ташқарисидан 2-мудофаа иншооти ўтган кўринади. Унинг хом ғиштдан қурилган излари 1 км чамаси узунликда ёдгорликнинг шим.-ғарбий томонида кузатилади. Ҳисоб-китобларга кўра, у яқин 100 га майдонни ўраб олган. Аммо 2-мудофаа иншооти оралиғи кейинги йилларда хўжалик мақсадларида тўлиқ ўзлаштирилиб, унинг қад. иншоотлари мутлақо бузиб ташланган. Кўктепа майдонининг 2 жойида баланд дўнгликлар кузатилади. Улардан бири ёдгорликнинг марказида, квадрат шаклида (70 х 70 м), иккинчиси, унинг шарқида, 2 ярус (қават, қатлам)ли (қаср олдидаги майдон б-н). Ёдгорликда олиб борилган археологик тадкиқотлар ватижасига кўра, қад. шаҳар ҳаёти 3 даврга бўлинади (К. 1,2,3). K. I даври Зарафшон водийсида маҳаллий чорвадор сақларнинг ўтрок қаётга, деҳқончилик хўжалиги юритишга оммавий равишда ўтаётган, Суғдиёна деҳқончилик воҳасининг жадал таркиб топаётган даври билан фарқланади. Бу даврда кулолчилик маҳсулотлари, асосан, қўлда тайёрланиб, уларнинг оч рангли пардозланган сиртига қизғиш қора бўёқда турли шаклларда гул солиш одат бўлган. Кўктепа 1 даврида дастлаб аҳоли ярим ер тўла шаклидаги кулбаларда яшади, унинг сўнгги босқичига келиб, гувала ва хом ғиштдан кўп хонали уйлар ва баланд платформа (таг курси) устига монументал бино (ибодатхона мажмуаси) қуриш одат тусига киради. Кўктепа1 даври мажмуаси Фарғона водийсининг Чуст маданияти, умуман, Ўрта Осиёнинг Яз 1 деб аталган археологик мажмуалари билан ҳар жиҳатдан бир-бирларига яқин ва ўхшаш бўлиб, уларнинг йил санаси кейинги йилларда (мас, Чуст маданиятининг ёши) роса 500—600 й. га қад. дир деб топилмокда. Кўктепа2 даврига келиб, Суғдиёва ҳудудларига Қад, Шарқ тамаддунига хос урбанистик жараён жадал кириб келади. Янги этно-маданий қатламнинг ерли туб аҳоли билан қоришуви ватижаси сифатида Кўктепа 2 мажмуаси таркиб топади. Бу жараён, айниқса, кулолчиликда яққол кўзга ташланди. Керамика маҳсулотлари таркибида юқори сифатли, кулолчилик чархида тайёрланган идишлар кескин кўпаяди. Энди, кулолчиликда сополларнинг нақшига эмас, балки уларнинг сифатига эътибор қаратилади. Уй-жой қурилиш сохасида монументал бинолар, мажмуалар барпо этиш ривожланади. Суғдда қад. шаҳар маданияти узил-кесил шаклланади. Бу даврда Кўктепада, унинг марказида қалин платформа (таг курси) устида маҳобатли шаҳар ибодатхонаси узил-кесил шаклланади. Ундан шарқ-роқца жойлашган Кўктепа ҳукмдорининг қасри таркиб топади. Кўктепа 3 даврига келиб, Қад. Шарқтамаддуни анъаналари асосида ривожланишда давом этаётган шаҳар ҳаётига маке-дониялик Александр юришлари муно-сабати билан эллин маданияти кириб ке-лади. Шаҳар майдони йўлак ҳосил қилган 2 қаторли мудофаа девори билан ўраб олинади. Шаҳар майдонининг юқори қисмида камида 0,50 см қалинликда эллин даври қатлами ҳосил бўлган. Ундан сўнг қандайдир сабабга кўра, шаҳарда ҳаёт тўхтайди. Кўктепадан 25—35 ёшдаги аёл қабри очилди. Қабрдан ёғоч тўшама ва қамиш бўйра излари топилди. Аёлнинг кўйлагининг четлари цилиндр шаклдаги 345 та олтин тақинчоқлар, бош кийими эса 57 та шиша мунчоқ билан безатилган. Белбоғига ферўза қадамалар ўрнатилган олтин тўқачалар тақилган. Майитни оёқ томонидан қайчи, урчуқ ва Хитойнинг Хань сулоласи даврига оид кумуш қўшилган думалоқ жез кўзгу топилди. Мана шу кўзгу ва б. белгиларга кўра, қабр мил. ав. 1 — мил. 1-а. га оид деб белгиланди. Қабр майд. 11 х 5,5 м ҳажмда бўлиб, лаҳаднинг чуқ. 6,5 м ни ташкил этган. М. Исомидциновнинг фикрича, бу ерда малика ёки аслзода аёл дафн этилган. 2001 й. К. минораси ўрнида қазишма ишлари давом эттирилди, у ерда сопол идишлар, тегирмон тош бўлақлари, тош ўроқ, қозон, бандли мармар тарозу тоши, мармардан ишланган буюмлар, 4 оёқчали кичик чироғдон, тўқимачилик дастгоҳи учун мўлжалланган суяк тароқ, тош пичоқ, оғир болта, ҳайвон суяклари топилди (мил. ав. 8 — 7-а. лар). 91. КУЧУКТЕПА — сўнгги жез ва илк темир даврига оид қўрғон харобаси (мил. ав. 10—5-а. лар). К. Кўҳитанг тоғининг жан. ён бағрида, Уланбулоқсой бўйида, Мурзарабод қишлоғи яқинида жойлашган. Кучуктепа айлана шаклда бўлиб, асоси 320 м, юқори қисмида 150 м га яқин. Бал. 8 м. Шим.-шарқий томонда алоҳида уйларнинг харобалари жойлашган. Умумий майд. —0,5 га. Ёдгорлик Л. И. Альбаум томонидан аниқланган (1962). Археологик тадқиқот ишлари 1963—84 й. ларда (узилишлар б-н) олиб борилган (А. Асқаров). Ёдгорликнинг марказий қисми тўлиқ очиб ўрганилган. Кучуктепа тарихида 4 та меъморий босқич мавжуд бўлган. 1-босқичга оид бино 4 м қалинликдаги махсус сунъий кўтарма устига қурилган. Бино тўғри тўртбурчак шаклда бўлиб, шим., ғарб ва жан. томонлардан мудофаа деворлари билан ўралган . Бинонинг умумий майд. 60 м2 ни ташкил этган. 2-меъморий босқичда шарқий томондан бинога яна 4 та хонадан иборат уй қурилган. Натижада бино квадрат шаклга эга бўлган. Бино 2 қатор мудофаа деворлари билан ўралган. 3-меъморий босқичда бинонинг шарқий ва жан. томонларида янги туpap жойлар барпо этилган ва у яна бир қатор мудофаа девори билан ўралган. 4-меъморий босқичда олдинги давр турар жойлари ўрнида янги уйлар барпо этилган. Бинонинг дастлабки кўриниши сақланиб қолган. Жан. ва шарқ томондан бино янги қалин мудофаа девори билан ўралган. Бинонинг умумий майд. 250 м2 ни ташкил қилган. Асосий қурилиш материали сифатида тўғри тўртбурчак шаклдаги хом ғиштлардан фойдаланилган. Кучуктепадан қўлда ва кулолчилик чархида тайёрланган сопол идишлар, ўроқсимон тош пичоқлар, болғалар, ўғир дасталари, ҳавончалар, ёрғучоқлар, жез пичоклар, бигизлар, пайконлар, ханжар ва суяк бигизлар топилган. К. Ўрта Осиёнинг шим. ҳудудларидан кўчиб келиб, ўтроклашган чорвадорларнинг мудофаа деворлари билан ўралган манзилгоҳидир. Улар ўз тараққиётида маҳаллий деҳқон аҳолининг маданий ютуқларидан кенг фойдаланганлар. Кучуктепада ҳаёт узлуксиз 400 — 500 й. давом этган. Кучуктепа аҳолиси деҳқончилик ва чорвачилик б-н шуғулланган. 92. Dalvarzintepa — qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da „Kushonlar davrida Markaziy Osiyo“ mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. D.ning shim.-gʻarbiy qismidan Kushon maʼbudalaridan biriga bagʻishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohkoʻchalardan biri oʻtgan shahar markazida budda majmuasi — ulugʻvor haykallari boʻlgan ibodatxona qad koʻtargan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin D. vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qalʼa (hisor) shoh saroyi oʻrnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. 93. ХОЛЧАЁН — ЮнонБақтрия ва кушонлар даври маданиятига оид ёдгорликлар мажмуаси (мил. ав. 4 — мил.5-а.). Сурхондарё вилоятининг Денов тумани ҳудудида жойлашган. Бир неча тепалик (Хонақоҳтепа, Қорабоғтепа, Маслаҳаттепа ва б.)дан иборат. Санъатшунослик интининг Г. А. Пугаченкова раҳбарлигидаги археологиясанъат экспедицияси ўрганган (1959—63). Хонақоҳтепадан мил. ав. 2—1-а. ларга оид ҳукмдор саройи қолдиғи топилган. Бино тўғри тўртбурчак шаклда, майд. 35×26 м бўлиб, марказий фасади (олд томони) тўрт устунли очиқ айвон (16,5×7 м)дан иборат. Ёғоч устунлар оҳактошдан ишланган тагкурсига ўрнаштирилган. Айвондан катта залга (17,6×6,1 м) ўтилган. Зал деворлари ости бўйлаб кенг супа ясалган. Бино фундамента квадрат шаклдаги хомғиштлардан ишланган, ғиштларнинг сиртига турли шаклдаги тамғалар босилган. Бино бир қаватли, усти текис қилиб ёпилган бўлиб, ташқи қалинлиги 2,2 м, баъзи жойларда 4 м га етган. Зал ва айвон деворларининг пастки қисмида деворий сурат излари топилган, юқори қисмига эса ҳайкалчалар ишланган. Г. А. Пугаченкованинг тахминига кўра, сарой юечжи қабилаларидан бирининг жабғуси Герайга тегишли бўлган. Сарой хоналаридан кўплаб пайконлар, олтиндан ишланган йирик кўкрак нишонаси, олтин тақинчоклар, ипак парчаси, қимматбаҳо тош мунчоқ ва гемма парчалари, шиша идишлар, темир қилич, шунингдек, турли қадахлар, сопол идишлар, от минган чавандоз ҳайкалчалари топилган. X. мажмуасига кирувчи Қорабоғтепанинг атрофи мудофаа девори (қалинлиги асосида 8 м га етган) билан ўралган. Тепада ҳаёт мил. 3-а. бошигача давом этганлиги ҳақида Васудева I тангалари гувохлик беради. Умуман, Холчаёндан 50 дан ортиқ турли асрларга оид тангалар топилган. Уларнинг энг кадимгиси ЮнонБақтрия подшоларидан Деметрий (мил. ав. 200 й.) кумуш тангаси, Гелиокл (мил. ав. 156—140 й.) тетрадрахмаси, Кушон подшоларидан Кадфиз I, Кадфиз II, Канишка, Хувишка, Васудева I ва Васудева II тангалари бўлиб, улар нафақат Жан. Бақтрия, балки Шим. Бақтрия ҳудудларида ҳам кенг тарқалган. X. деворий суратларида узум ғужуми, япроқлар, улар орасида осилиб турган қандайдир думалоқ мевалар, гуллар тасвири ўрин олган. Шунингдек, ўзаро композицион уйғунликда бўлган одамлар образлари, юнон худолари ёхуд олий ҳукмдорнинг маҳобатли суратлари учрайди. Деворий суратлар орасида айниқса икки эркак ва бир аёл тасвири кишини ўзига тортади. Биринчи суратда эркак кишининг оғзигача қисми туширилган боши тасвирланган. Унда ўспирин йигитнинг калта тўлқинсимон сочлари ва қора кўзлари, думалоқ ияги, ярим ой шаклида чизилган қора қошлари, қирра буруни кўзга ташланади. Бу суратда туб жойли бактриялик акс этган. Аммо, иккинчи суратда думалоқ бошли, сочлари устара билан қирилган, олтин исирға таққан қулоғи четида кокили бор, бодом қовоқли турк тасвирланган. Аёл кишининг сурати яхши сакланмаган. Унинг бош қисмидан қора сочлари ва камалаксимон қошларигина қолган. X. саройи айвон ва бош зали деворларининг юқори қисмида, бал. 2 м ли панно устига ишланган пирамон (фриз)да деворга ёпиштирилган қабартма ҳайкаллар мажмуаси бўлган. Улар орасида Герай ва унинг уруғига тегишли персонажлар тасвири кўп учрайди. Герай сакларни Қад. Бақтриядан жан. га суриб чиқарган 5 юечжи қабиласидан бири — гуйшуан қабила жамоасининг сардори. Унинг номи билан пул зарб этилганлиги гуйшуанларни қолган қабилалар ичида иқтисодий жиҳатдан қудратли бўлганлигидан далолат беради. Зал жан. деворида чавандозлари билан елиб кетаётган 6 та от ҳайкаллари (кизил, оқ ва кора рангли) тасвирланган. Отларнинг асбобанжомларига қараганда, бу турдаги отлар енгил кавалерияда хизмат қилган. Бу деворда оғир кавалерияга мўлжалланган отларнинг ҳайкаллари ҳам учрайди. Улар металлдан ишланган ҳимоя қалқонига ўралган. Бундай типдаги отлар расми Васудева I тангаларида ҳам учрайди. Бу илк кушонлар қўшинининг қурилиши ва таркиби ҳақида гувохлик беради. 94. Penjikent ( toj. Panjakent soʻgʻd . Pncy knd, Pncyknh > Panj (i) kat — "Pyatigradye" ) [3] — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatining Penjikent tumanining maʼmuriy markazi . Penjikent bir vaqtning o‘zida viloyatdagi shahar va viloyatga bo‘ysunuvchi shahar maqomiga ega bo‘lgan yagona aholi punktidir. Zaravshon vodiysida , Zaravshon daryosining chap sohilida , dengiz sathidan 900 metr balandlikda, Samarqand shahridan 48 km sharqda, Dushanbe shahridan 240 km shimoli-gʻarbda va Xoʻjanddan 270 km janubi-gʻarbda joylashgan .. Shahar o'zining diqqatga sazovor joylari, me'moriy yodgorliklari, Zaravshon daryosi sohilidagi ajoyib dam olish maskaniga boy. Oʻrta asrlardagi Penjikent shahrining nomi ( soʻgʻd. Pncy kndy, Pncyknh [4] ) Mug togʻidagi soʻgʻd hujjatlari va soʻgʻd tangalaridan maʼlum . "Panch shahri" degan ma'noni anglatadi, o'rta asrlardagi So'g'd viloyati Panch ( So'g'd. Pnc ) ga borib taqaladi , uning asosiy shahri (ma'muriy markazi) Penjikent bo'lgan va odatda "Beshlik shahri" ( forscha "pjnj کnd") deb tushuniladi. fors tilidan pnj , taj panj " besh ") yoki "Pyatigradye" [5] . Ivan Sergeevning "Geografik nomlar siri" kitobida Turkiston general-gubernatorligining eski xaritasida shahar "Pyanjshambe" deb atalganligi, shundan kelib chiqib, bu nom haftaning beshinchi kunini anglatadi, degan xulosaga keladi . ya'ni shaharda payshanba kuni bozor edi [6] . Penjikent shahridan 15 kilometr gʻarbda, Oʻzbekiston bilan chegaradosh joyda neolit va bronza davriga oid (taxminan 3400-yillar – 3-ming yillikning ikkinchi yarmi) Sarazmning yirik aholi punkti joylashgan boʻlib , oʻrta asrlarning ilk sivilizatsiyalari bilan yaqin madaniy aloqalarni namoyon etadi. Sharq. Sarazm Amudaryo shimolida joylashgan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik madaniyatining eng qadimgi markazi boʻlgan [7] . Hozirgi Penjikentning janubi-sharqiy chekkasida, Zaravshon daryosining chap qirgʻogʻidagi ikkinchi darajali ayvonda soʻgʻd davridagi madaniy yodgorlik boʻlgan qadimiy Penjikent manzilgohi (Panjikent, V-VIII asrlar) joylashgan. Markaziy Osiyoda feodal munosabatlarining shakllanish davri [ 8 ] . 1947 yildan buyon (1978 yildan 2006 yilgacha B. I. Marshak rahbarligida ) olib borilayotgan aholi punkti qazishmalarida ilk oʻrta asrlardagi boy shaharning tuzilishi aniqlandi, soʻgʻdlik ustalarning ajoyib devor rasmlari topildi. Penjikent Oʻrta Osiyoning eng muhim madaniy markazi boʻlib, mustahkam mustahkamlangan va yaxshi taʼmirlangan, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan [9] . S. G. Xmelnitskiyning fikricha , V asrda Penjikentning Yuqori Zaravshonning poytaxt markazi (va qisqa vaqt ichida hatto So'g'd ixshidining qarorgohi ham ) sifatida paydo bo'lishi va yuksalishi, ehtimol, Samarqandning vaqtincha tanazzulga uchrashi va undan chiqib ketishi bilan bog'liqdir. aholining bir qismi undan sharqqa, yuqoriga, xavfsiz tog'larga yaqinroq [10] . 7—8-asrlarda Penjikentning mashhur hukmdorlari soʻgʻd hukmdorlari (“afshinlar”) Chekin Chur Bilge (taxminan 680—709) va uning kuyovi Ixshid Devashtich (709—722) [11] . 7—8-asrlarda Oʻrta Osiyo arablar tomonidan bosib olingan [12] . So'g'dning so'nggi hukmdorlaridan biri, Penjikent hukmdori Devashtich bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, ammo 722 yilda Xuroson amiri Said al-Xaroshiy askarlari uni aldab Mug qal'asidan olib chiqib ketishdi va u erda u erda yashirinib, mag'lubiyatga uchradi. askarlarning qoldiqlari, umidsiz qarshilik ko'rsatishdi. Keyinchalik mintaqada arab bosqinchilariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi (xususan, 728—729-yillarda) va koʻplab sugʻdliklar oʻz vatandoshi An Lushan qoʻzgʻolonida qatnashdilar.Xitoyda. Soʻgʻd ixshidlari sulolasi 750 yilda fors sarkardasi Abu Muslim tomonidan tugatilgan. Qadimgi Penjikentda o'choqlarning zamonaviy sandallar kabi joylashishi ma'lum bo'lgan - poldagi ko'mir uchun chuqurlar. Ba'zan hatto isitish tizimi ham ishlatilgan, bu erda isitiladigan havo o'choqdan butun uyga devorlarning tagidagi teshiklar orqali tarqatilgan [13] . Zaravshon daryosi vodiysi oʻzining qadimiy nomini oʻrta asrlarga qadar saqlab qolgan, oʻshanda u Samarqandning Soʻgʻdi nomi bilan mashhur boʻlgan. Buxoro amirligi davrida Penjikent bekining markazi boʻlgan . Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida Penjikent viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi . XII-XIV asrlarga oid meʼmoriy yodgorlik Muhammad Bashoro maqbarasi shahardan 37 km uzoqlikda Zaravshon tizmasining shimoliy etaklaridagi goʻzal daralardan birida joylashgan . Muhammad Bashoro maqbarasi tojik meʼmorchiligining mashhur yodgorliklaridan biridir. Penjikentdan 60 km sharqda Zaravshon vodiysida, Pomir-Oloy tizimidagi baland togʻlar orasida kichik Panjrud qishlogʻi joylashgan . Bu tojik-fors adabiyoti asoschisi, xonanda va sozanda Abu Abdullo Ja’far ibn Muhammad Rudakiyning tug‘ilgan joyidir . Penjikentni arxeologik oʻrganish 1946 yilda A.Yu.Yakubovskiy boshchiligidagi Soʻgʻd-Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan boshlangan . Aholi punkti mustahkam shaxriston - shaharning o'ziga xos qismi, Kuhendiz - hukmdorlar saroyi bo'lgan qo'rg'on, rabod - alohida mulklarga ega bo'lgan shahar chekkasi va nekropoldan iborat . Shahar VI asrdan 8-asr oʻrtalarigacha intensiv yashaganligi aniqlangan. 8-asr 1-choragida arab qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan Penjikent 8-asrning 2-yarmida sahroga aylangan. Ikkita qurilish gorizonti qayd etilgan: birinchisi - 6-asr, ikkinchisi - 7-8-asrlar. Shahristondan qalʼa devorlari, koʻchalar tarmogʻi, ikkita ibodatxona, 100 dan ortiq koʻp xonali ikki qavatli turar-joy binolari, hunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar qoldiqlari topilgan [14 ]. Uylar qurilishi ikki qavatli loy g‘isht va paxsa bloklardan qurilgan. Hunarmand va dehqonlar Penjikentning chekkasida joylashgan. Nekropol kichik kriptlardan ( ko'ngil aynishi ) iborat bo'lib, o'liklarning suyaklari ossuariylarga joylashtirilgan [8] . Penjikentdagi topilmalar kulolchilik, metallga ishlov berish va boshqa hunarmandchilik mahsulotlarini ifodalaydi. Bir necha ming bronza va kumush tangalar, jumladan, xazinalar topilgan. Ayniqsa, mahalliy zarb zarb qilingan so‘g‘d tangalari qimmatlidir. Epigrafik yodgorliklar so'g'd , kamdan-kam hollarda arab tilida siyoh bitiklari bo'lgan kulol parchalari bilan ifodalangan . So‘g‘d tilidagi qoralama maktub parchasi topilgan bo‘lib, uning matnida turkiy nomi Turkash [15] . Koʻplab tasviriy sanʼat yodgorliklari topilgan. Saroyda, ibodatxonalarda, zodagonlar va boy fuqarolarning uylarida, relef parchalari, devorga tutash loy va yog'ochdan yasalgan yumaloq haykallar, o'yilgan me'moriy bezak detallari, devor rasmlari [14 ]. Ibodatxonada, ehtimol, Zaravshon daryosining ramzi bo‘lgan suv manzarasi tasvirlangan haykaltarosh panno ochildi. Shaharni vayron qilish paytida yong'in paytida o'yilgan yog'och yonib ketgan. Yog'och haykallar va hikoya sahnalari va bezakli o'ymakorliklarga ega ko'plab yog'och taxtalar topildi. Monumental devor rasmlarida bayramlar, janglar, epik, kult va kundalik manzaralar tasvirlangan. Go'zal bezak xilma-xildir. Uslub va mazmun jihatdan Penjikent sanʼat yodgorliklari Oʻrta Osiyoning boshqa mintaqalari ( Varaxsha , Baloliqtepa ) va Hindiston , Eron , Afgʻoniston , Sharqiy Turkiston sanʼati bilan bogʻliq [8] . Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling