Hasharotlar sinfi: tangachaqanotlilar turkumi kapalaklar haqida


Kapalaklar – Lepidoptera biologiyasi va rivojlanishi


Download 34.45 Kb.
bet3/6
Sana16.04.2023
Hajmi34.45 Kb.
#1361121
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tangachaqanotlilar turkumi Kapalaklar

Kapalaklar – Lepidoptera biologiyasi va rivojlanishi.

Bularning 100 mingdan ortiq turi bоlib, turli xil kattalikda, qanotlari 3-8 mm dan 20-28 mm gacha. Qanotlarida tangacha shaklidagi doglar bor. Ogiz apparati spiralsimon hartumga aylangan. Lichinkalari quruqlikda yashaydi. Qurtsimon, ipak tola chiqaruvchi bezlar bor. Mоylovlari ipsimon, qilsimon, tоgnagichsimon, patsimon shakllardadir. Kapalaklarning ogiz apparati оziga xos tuzilgan bоlib, gullardan nektar sоrishga moslashgan, hartumchasi pastki jaglarining uzayib оzgarishi natijasida vujudga kelgan. Pastki labi tоla taraqqiy etmagan, lekin paypaslagichining 3 bоgimi saqlanib qolgan. Shunday qilib, kapalaklarning ogiz apparatida kemiruvchi tipdan sоruvchi naycha-hartumcha hosil qiluvchi faqat pastki jaglar va lab paypaslagichi qolgan. Ba’zilarida ogiz apparati reduksiyalangan, ularning yetuk formasi oziqlanmaydi. Masalan, pillatоqirlar, tovuq kоzlilar, tоlqinlilar oilalarining vakillari oziqlanmaydi.
Ko‘payishi: Kapalaklar qanoti tanasiga nisbatan katta, pardasimon, tangachalari bilan qoplangan. Tangachalarning rangdor pigmentlari qanot rangini paydo qiladi. Ba’zilarida hidbоy hid tarqatuvchi tangachalar tоplami yoki androkoniylar bor. Ularning qanotlilarning tuzilishi va joylashishi sistematikasida katta оrin egallaydi. Qanotlari deyarli uzunasiga tomirlangan. Uchishda ikkala qanot birga harakatlanadi.
Qorin qismida erkagida kopulyativ organ bor. U оrganish vaqtida urgochisini tutib turishga xizmat qiladi. Urgochisida haqiqiy tuxum qоygich yоq, lekin oxirgi bоgimlari maydalashgan va qaytib joylashadigan ikkilamchi tuxum quygichi paydo bо’lgan. Muskulli oshqozon oldingi ichakning shoxlanishidan vujulga kelgan ovqat rezervuari - jigildon yоq, nerv sistemasining qorin zanjiri 6-9 ta tugunchadan bor, lekin ularning miqdori sodda gruppalarida 6, 10 va hatto 20 taga qadar borishi mumkin. Urgochilarida qоshilish sumkachasi bоladi. Tuxumlarini yakkalab yoki gruppalab оsimlik organlariga yopishtirib qоyadi.
Kapalakning lichinkasi qurt deyiladi. Ularning tanasi silindr shaklida, 3 juft kоkrak va 5 juft qorin oyoqlari bor. Tana usti silliq tuklar bilan qoplangan. Qurtlar ba’zilarida mevaxо’r, karpofag, ya’ni meva ichida yashaydi. Barglarda yо’llar yasovchi «minyorlar», yogochlarda yоl ochib oziqlanuvchi «ksilofaglar» va g’urra yasovchilari bor.
Gumbagi harakatsiz, lekin ba’zilarida gumbakni teshib tashqariga chiqadi. Gumbaklanish ba’zilarida tuproqda оtadi. Ularning yillik sikli har xil bоladi. Kоplari monviltlidir, ba’zilari bir yilda bir necha marta avlod beradi. Yogoch ichida yashovchilar 2-3 yilda bir marta avlod beradi. Gumbak, tuxum, qurt qishda qishlaydi. Kapalaklar оsimlikxо’r jonivorlardir. Yetuk formalari gul nektari bilan oziqlanadi, qurtlari esa оsimlik tоqimasini kemirib oziqlanadi va katta zarar yetkazadi. Ba’zi kuyalar qurti protogofaglardir. Ular mоyna, jun va boshqa mahsulotlar bilan oziqlanadi. Koksidalarni оldiruvchi qurtlar ham bor.

Download 34.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling