Hasharotlar sinfi: tangachaqanotlilar turkumi kapalaklar haqida
Tuzilishi va hayot kechirishi
Download 34.45 Kb.
|
Tangachaqanotlilar turkumi Kapalaklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapalaklar sistematikasi
Tuzilishi va hayot kechirishi. Kapalaklar yer yuzida kеng tarqalgan bo‘lib, qanotlari mayda rangli tangachalar bilan qoplangan. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Qurtlarining ko‘krak oyoqlari bilan birga 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo‘ladi. Qorin oyoqlar bo‘g‘imlari bo‘lmasligi bilan haqiqiy ko‘krak oyoqlardan farq qiladi. Bosh qismida bir juft mo‘ylovlari va murakkab ko‘zlari bor. Uzun xartumi boshining ostida spiral shaklida taxlanib turadi. Ko‘pchilik turlari, ayniqsa tropik kapalaklar juda chiroyli bo‘ladi. Qanotlarining rangi tangachalardagi pigmеntlar bilan bog‘liq. Voyaga yetgan kapalaklar asosan gul nеktari bilan oziqlanadi. Gulga qo‘ngan kapalak xartumini yoyib gulning ichiga botiradi va nеktar so‘ra boshlaydi. Ayrim kapalaklar voyaga yetganda oziqlanmaydi.
Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kеchirishiga ko‘ra kunduzgi va tungi kapalaklarga bo‘linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko‘payishi sutkaning yorug‘ davriga to‘g‘ri kеladi. Kеch kirishi bilan ular pana joy topib, yashirinib oladi. Tungi kapalaklar, aksincha kunduz kunlari pana joyda yashirinib, kеchqurunlari va tunda faol harakat qiladi. Kunduzgi kapalaklar gavdasi bir tеkis yo‘g‘onlikda, nisbatan ingichka, mo‘ylovlari to‘g‘nog‘ichsimon; qanotlari juda kеng, qonganida tanasi ustida vеrtikal taxlanib turadi. Ular sеkin qanot qoqib uchadi. Tunlam kapalaklar qanoti qisqa va ensiz bo‘lib, qo‘nganida qorin qismini yopib, ikki tomonga yoyilib turadi. Tunlamlar tеz-tеz qanot qoqib uchadi. Kapalaklar sistematikasi xilma-xildir. Kapalaklar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar tipi, hasharotlar sinfi, to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning tangachaqanotlilar turkumiga kiradi. Bularni 3 ta kenja turkumga bо‘lib о‘rganish qulaydir. 1.Jag‘lilar 2.Tuban sо‘ruvchilar yoki teng qanotlilar 3.Oliy sо‘ruvchilar yoki turli qanotlilar. 1-Kenja turkum: Jag‘lilar-Laciniata. Bularning og‘iz apparati chaynovchi tipda, paypaslagichi bor, pastki jag‘lari rivojlangan. Lichinkasi 8 juft qorinoyoqli, g‘umbaklari erkin, qimirlovchi jag‘li. Mayda kuyalar bu kenja turkumga vakildir. Ularning qurtlari mox va lishayniklar bilan oziqlanadi. 2-Kenja turkum: Tuban sо‘ruvchilar yoki teng qanotlilar-Jugata. Bularning og‘iz apparati sо‘ruvchi tipda, hartumi va paypaslagichi bor. Qurtlari 5 juft qorinoyoqli, g‘umbagi erkin. Bu gruppaga tukirlar oilasi kiradi. Ular Avstraliyada uchraydi. 3-Kenja turkum: Oliy sо‘ruvchilar yoki turli qanotlilar-Frenata. Og‘iz organlari rivojlangan, sо‘ruvchi tipda, jag‘ paypaslagichlari yо‘q, faqat tuban formalarida saqlangan. Ikki juft qanotlari bor. Qanotlari bir-biriga ilgakcha yordamida birikadi. Bular 70 dan ortiq oilaga bо‘linadi va 2 gruppaga ajraladi: 1.Mayda turli qanotlilar 2.Yirik turli qanotlilar. 1-gruppa: Mayda turli qanotlilar-Microfrenata. Bular mayda kapalaklardir. Orqa qanotlaridagi 3 ta anal tomirlari taraqqiy etgan yoki ular tо‘qsimon tangachalardan vujudga kelgan va xoshiyalidir. Qurtlari kо‘pincha yashirin holatda yashaydi. Bular bir qancha oilalarga bо‘linadi. Asl kuyalar-Tineidea oilasi. Bularga uy va xо‘jalik joylarda uchraydigan kiyim-kechak, mebel, don va boshoqlarni zararlaydigan kuyalar kiradi. Bularning bosh qismini qoplagan tuklar tartibsiz о‘rnashgan, hо‘rpaygan. Qurtlari g‘ilofchasini sudrab о‘rmalab, kо’pincha hayvon mahsulotlarida yashaydi. Sertuk kuyalar-Hyponomeutidae oilasi. Bular uchun oldingi qanot radius tomirining shoxlanganligi natijasida radial katakchalar hosil bо‘lishi harakterlidir. Olma daraxtini hid bosgandek ifloslantirib uning barglarini yeydigan olma kuyasi shular jumlasidir. Karam kuyasi ham shu oilaga kiradi. О‘miz qanotlilar-Yelechiidae oilasi. Bular mayda, kulrang aniq rasm bо‘lmagan kapalakdir. Orqa qanotlari uchi chо‘ziq va tashqi cheti umizlangan. Qurtlarining qorincha oyoqlari bor, meva va buralgan barglar oralig‘ida rivojlanadi. Ba’zi turlari barglarda g‘urra yasaydi. Bularga gulxayri kuyasi, chekanchi qurt, don kuyasi, lavlagi kuyasi, mina kuyasi va yana kо‘pgina kuyalar turi kiradi. Tiniq qanotlilar-Aegereidae oilasi. Bularning qanotlari tiniq, yaltiroq, tanachalari faqat chetlarida joylashgan. Ari yoki asalari qanotiga о‘xshaydi. Qurtlari pо‘stloq ostida rivojlanib, zarar keltiradi. Barg о‘rovchilar-Tortricidae oilasi. Bular kuyasimonlardan oldingi qanotlarining anchagina kengroq, chо‘ziq uchburchak shaklda bо‘lishi va kо‘pincha uning kо‘ndalangiga qirqilganga о‘xshashligi hamda orqa qanotlari chо‘ziq, ovalligi va uzun xoshiyalanmaganligi bilan farq qiladi. Qanotlari tinch turganda tom yopgandek qoplanadi. Qurtlari о‘ralgan barglar yoki meva ichida rivojlanadi. Kо‘plari daraxtlarda yashaydi. Olma qurti kapalagi shu oilaga kiradi. Daraxt va butalar uchun zararli bir qancha turlari ham bor. Ularning turlari 5000 dan ortiq, kо‘proq о‘rta iqlimli yerlarda uchraydi. Poya kovlovchilar-Cossidae oilasi. Kattaligi о‘rtacha, orqa qanotlari oldingiga nisbatan kalta, mо‘ylovlari patsimon. Qurtlari daraxt poyalari va shoxlari ichida yashaydi, tirik psilofaglardir. Ba’zilari daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Tol yoki qо‘llansa xidli poya kovlovchilar keng tarqalgan zararkunandadir. Uning qurti yirik, qizil yoki pushtirangli, mevali va о‘rmon daraxtlari poyasi ichini kemirib, shikastlaydi. Parvona kapalaklar-Pyralidae oilasi. Bu kpalaklar kechasi yorug‘likka uchib kelganliklari uchun parvona kapalaklar deb nomlangan. Kapalakning tanasi ingichkaroq, oyoqlari uzunroq, oldingi qanoti qiyshiq, uchburchak, orqa qanoti kalta, oval shaklda va tomirlari qisman yoki tamomila qо‘shilib ketgan. Ba’zi turlari о‘simliklarga zarar yetkazadi. Masalan. Hammaxо‘r о‘tloq parvonasi qand lavlagi va boshqa dala ekinlari qattiq shikastlaydi. Poya parvonasi qurtlari yо‘g‘on poyali о‘simliklar poyasi ichida yashaydi, makkajо‘xori sо‘tasini shikastlaydi. Asalari qutilarida mum parvonasi katta zarar keltiradi. 2-Gruppa: Yirik turli qanotlilar-Macrofrenata Yirik yoki о‘rtacha (30 mm) kattalikda, orqa qanotlarida uzun xoshiyalari yо‘q, birinchi, ba’zi turlarida ikkinchi anal tomiri taraqqiy etmagan, ular о‘rnida qanotlarida g‘ijim yoki tangachalar izi saqlanib qolgan. Qurtlari ochiq yashaydi. Ular tо‘g‘nagichsimon mо‘ylovlari va turli mо‘ylovlilar bosh oilalariga bо‘linadi. Bosh oila: Tо‘g‘nagichsimon mо‘ylovlilar yoki kunduzgi kapalaklar- Phopalocera. Mо‘ylovlari tо‘g‘nagichsimon bо‘lganligi uchun shunday nomlangan. Kapalaklari kunduzi aktiv bо‘ladi. 13 ming turi bor, bir qancha oilalarga bо‘linadi. Ikki rangli kapalaklar-(Araschnia levana) da mavsumiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Bahorgi bо‘g‘in kapalaklari malla, yozgi bо‘g‘in kapalaklari esa qora rangda bо‘ladi. Oq kapalaklar-Pieridae oilasi. Bularning qanotlari oqish yoki sarg‘ish rangda, g‘umbaklari substraktga oxirgi uchi bilan yopishadi. Bularning qurtlari karam, sholg‘om va boshqa butgullilarga va dо‘lanaga katta zarar yetkazadi. Yelkanlar-Papilionidae oilasi. Kapalagi yirik va chiroyli. Bularga maxaon, apalon kapalaklari kiradi. Bosh oila: Ipak tо‘quvchilar-Bombycoidea. Kapalaklarning mо‘ylovlari patsimon, hartumchalari rivojlanmagan, g‘umbaklari pilla ichida bо‘ladi. Bular bir necha oilalarga bо‘linadi: Ipakkashlar-Bombycidae oilasi. Kapalaklarning og‘iz apparati taraqqiy etmagan. Bularga tabiiiy ipak olish uchun boqiladigan ipak qurti-Bombyx mori kiradi. Tovus kо‘zlilar-Saturiidae oilasi. Kapalaklari katta va juda yirik, har xil qanotlarida kо‘z shakliga dog‘ bor. G‘umbagi ipak tolali pilla ichida rivojlanadi. Masalan, dub xitoy ipak qurti (Antheraea pernyi) ipak tola olish uchun boqiladi. Nok saturniyasi (Saturnia pyricchil) kapalagi qanotlarini yoyganda 18 sm, uning qurti 13 sm keladi. Dunyoda eng katta kapalak Attacus atlas bо‘lib, qanotlarini yoyganda 30 sm ga yetadi. Pillakashlar-Lasiocamoidae oilasi. Gavdasi qalin tuklar bilan qoplangan. Bularga zararkunandalardan halqa ipchasi kiradi. Bular tuxumini ingichka shoxlarga halqasimon belbog‘ kabi о‘rnatib qо‘yadi. Qurtlari meva va boshqa daraxtlarning bargini qattiq zararlaydi. Qarag‘ay ipakchasi, Sibir ipakchasi qurtlari igna bargli о’rmonlar bargini kemirib, katta zarar yetkazadi. Madagaskar ipakchasi ipak tola olish uchun boqiladi. Arvox kapalaklar-Sphingidae oilasi. Bu kapalaklar mо‘ylovlari yoysimonligi, hartumi uzunligi bilan farq qiladi. Kapalaklari yaxshi uchadi, oqshomlari gullarga qо‘nmay, ular tepasidan nektar sо‘rib oziqlanadi. Jonsiz bosh arvoh kapalak yelkasida bosh skeletini eslatuvchi shaklli rasm bor. Qarag‘ay arvoh kapalagi qurti qarag‘ay va qisman boshqa daraxtlarga zarar keltiradi. Odimchilar-Yeometridae oilasi. Bularning 12 000 ga yaqin turi bо‘lib, kapalaklarning tanasi ixcham, hartumlari taraqqiy etgan. Qurtlarining qorin oyoqlari 2 juft, shu sababli odim tashlab о‘rmalaydi, natijada boshqa kapalak qurtlariga nisbatan tezroq yuradi. Bularda harakatsiz holat-kriptizm taraqqiy etgan. Pо‘stloqda harakatsiz turgan kapalakni sezish qiyin, qurtlari esa shox-shabbaga faqat orqa oyoqlari bilan о‘rnashib, biroz og‘ib tik tura oladi, natijada u quruq chо‘pga о‘xshab kо‘rinadi. Zararkunanda turlari-qishki odimchining qurtlari mevali daraxtlarning kurtak va barglarini yeb zarar yetkazadi. Qarag‘aylarni qarag‘ay odimchisi, tutni tut odimchisi zararlaydi. Bosh oila: Tunlamsimonlar-Noctuoidea. Tinch turganda qanotlari gavdasini yopib turadi. Bir necha oilalari bor. Tunlamlar-Noctuidae oilasi. Eng katta oila bо’lib, 20 minga yaqin turi bor. Kapalaklari hartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tunlam naqshi bо‘lishi bilan harakterlanadi. Bu naqsh 5 ta ingichka tо‘lqin yо‘lli kо‘ndalang izlar va 3 ta dog‘lardan iborat. Qurtlari tuksiz va g‘umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, kо‘p turlari о‘simliklarga katta zarar yetkazadi. Qurtlari quyidagi 3 ta morfobiologik gruppaga: quyi kemiruvchilar, nо‘xatxо‘rlar va odimchisimonlarga bо‘linadi. Quyi kemiruvchilar yoki yer tunlamlari keng tarqalgan bо‘lib, qurtlari tuproqda rivojlanadi. Tanasi silliq. О‘simliklarning tuproqdagi ildiz bо‘g‘im qismini kemiradi. Masalan, kо‘k qurt tunlami О‘rta Osiyoda g‘о‘zaga katta zarar yetkazadi. Yuqori kemiruvchilar yangi о‘zlashtirilgan yerlarda bug‘doyga zarar keltirib, qurtlari о‘simliklarning yer ustki qismida rivojlanadi. Bularga karam tunlami va kulrang g‘alla tunlami kiradi. Odamchasimon tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bо‘lganligi uchun odimchilarga о‘xshab о‘ralmaydi. Bularga dala ekinlariga zarar yetkazadigan g‘alla tunlami kiradi. Tо‘lqin qanotlilar-Lymantriidae oilasi Bular hartumchasi tо‘la taraqqiy etmaganligi, mо‘ylovlari patsimonligi bilan harakterlanadi. Qurtlari tuklar bilan qoplangan. G‘umbagi tukli, о‘simlikda yoki hashaklar ostida joylashib, yupqa ipak-tolali pilla ichida rivojlanadi. Bularga meva va о‘rmonlarga katta zarar yetkazadigan tengsiz ipakchi kiradi. Ayiq qurtlari-Arctiidae oilasi. Kapalagida hartumi taraqqiy etgan, qurtlari tukli, qiya ayiq qurti kapalagi keng tarqalgan. Uning kapalagining orqa qanotlari qizil, qurtlari kо‘proq о‘t о‘simliklarda uchraydi, qisman zarar keltiradi. Amerika oq kapalagi Amerika va Yevropada keng tarqalgan bо‘lib, katta zarar yetkazadi. Tangachaqanotlilar 14 oilasi orasida faqat Tineidae va Pyralididae oilalarida kо’p zararli turlar mavjud, ammo oziqaviy zararlash faqat haqiqiy kuyalarga xos xususiyatdir. Download 34.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling