Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari


Download 82.45 Kb.
bet8/15
Sana09.04.2023
Hajmi82.45 Kb.
#1345014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2 taliklar

Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi. 2600 turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Chumolilarga oʻxshab (bir necha yuzdan milliongacha individi birga) jamoa boʻlib uya (in)larda yashaydi. Jamoada onaotaishchi va qoʻriqchi individlar bor. Ona T. (tanasi 140 mm cha; boshqalarniki 2—20 mm) 10 yilgacha yashab, umr boʻyi (115 mln.gacha) tuxum qoʻyadi. Maʼlum davrlarda uzun, teng qanoatli erkak va urgʻochi T. (keyinchalik kanotini tashlab yuboradi; fasetkali koʻzlari bor. Boshqalarida koʻz rivojlanmagan yoki yoʻq) paydo boʻlib turadi. Bular yangi koloniya asoschilaridir. Koʻpchilikni qanotsiz ishchi T. (asosan, urgochisi) tashkil qiladi. Ular uya qurish, oilaning boshqa aʼzolarini ovqatlantirish vazifasini bajaradi. Uyasini yer ustiga (15 m balandlikda, aylanasi 20—30 m) yoki tagiga, shuningdek, daraxtlarga yasashi mumkin. Oʻsimlikning yogʻoch qismi bilan ovqatlanadi. Ular ichagida yogoch kletchatkasini hazm qila oladigan ferment ajratuvchi xivchinlilar simbioz yashaydi. Qoʻriqchilarning bosh kismi jagʻlari juda rivojlangan boʻlib, uyaga begona hasharotlarni kiritmaydi. 8 turi, jumladan, Oʻrta Osiyoda turkiston termiti uchraydi. T. inshootlarning yogʻoch qismini buzadi, tropik mamlakatlarda esa ekinlarga ham zarar keltiradi.
Termitlar yirik koloniya bo’lib uya qurishadi. Koloniyalar ichida ko’p sonli kameralari bor Termitlar oilasida malika, shoxi, navkari va ishchi azolari mavjud.

To’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi harshorotlar
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to‘liq metamorfozni o‘tab rivojlanadi.
Bunda ontogenez

  • tuxum

  • lichinka

  • g‘umbak

  • imago

stadiyalarini o‘taydi.
Metamorfoz davri turli hasharotlarda turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida lichinkalik davri juda uzoq davom etadi, voyaga yetganda qisqa umr ko‘radi.
Xozirgi vaqtda 1 mln.ga yaqin hasharot turi borligi fanga ma’lum. Ular 1,5 mln.dan kam emas degan fikrlar ham mavjud, chunki har yili 7-8 ming tur (yangi) aniqlanmoqda

  • O‘zbekistonda 17000 dan oshiqroq hasharot turi uchraydi.

  • Shundan ikki qanotlilarni dunyoda 120000 turi uchrasa, O‘zbekistonda 10000 turi uchraydi.

  • Qattiqqanotlilarni 250000 turidan – 3000 turi;

  • Tangacha qanotlilarilarni 150000 turidan 1500 turi;

  • Pardaqanotlilarni 300000 turidan 3000 turi uchraydi va h.k.o.

Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar.
Qo‘ng‘izlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitida yashaydi. 250 mingdan ortiq turi ma’lum. Ko‘krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost qanoti yupka – nozik, ost qanot uchishga xizmat qiladi. Ba’zan soddalashgan qo‘ng‘izlarda ost qanot yo‘qolib, ust qanot qo‘shilib o‘sib ketgan. Og‘iz organi kavshovchi tipda aylangan.
Qo‘ng‘izlar nerv faoliyati va instinkt ham kuchli rivojlangan. Ba’zida qo‘ng‘izlarning urg‘ochisi yog‘och qirindilaridan foydalanib, lichinkalarining ozig‘i uchun zamburug‘ “ekib” ko‘paytirsa, so‘ng qo‘ng‘iz bu maqsadda go‘ng to‘plab go‘ngdan lichinka ozig‘i tayyorlaydi.
Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar
Kapalaklar yer yuzida tarqalishi va xilma – xilligi jihatidan birinchi o‘rinni egallagan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hasharotlardir. Og‘iz organi so‘ruvchi (xartumcha) tipda, qanotlari tangachalar bilan qoplangan, qurt deb nomlanuvchi lichinkalari ko‘krak oyoqlaridan boshqa 3 – 5 juft qorincha oyoqlari bor.
Kapalakning qanotlari (ayniqsa, ustqanot) katta va turli shakldagi nozik va yupqa tangachalar bilan qoplangan. Bular ma’lum tartibda biri – ikkinchisining asosini qoplab joylashgan. Hid tarqatuvchi bezlar yaxshi rivojlangan (ba’zi turlarda tangachalar hid tarqatadi).
Kapalaklar (xususan issiq qit’alarda tarqalgan turlar) keng qanotlari chiroyli ranglarda tovlanadi. Rangni tangachada bo‘lgan pegmentlar vujudga keltiradi.
Katta yoshli kapalaklar hammasi deyarli gul sharbati, ba’zilari o‘simlik shoxchasi, bargi yoki tanasidan ajratilgan sharbat bilan oziqlanadi. Qurti ba’zan o‘ziga nisbatan ancha katta bo‘lib, hammasida og‘iz organi kavshovchi (kemiruvchi) tipda tuzilgan.
Kapalak qurtlarining hammasi, deyarli o‘simlik mahsuloti bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham bu hasharotlarning ko‘pchiligi o‘rmonzorlar, meva daraxtlari va deyarli hamma ko‘katsimon madaniy o‘simliklarga katta zarar yetkazadi.


Download 82.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling