Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi hashorotlar
Chala o‘zgarish bilan rivojlanish. Qanotli hasharotlarning bir qismi
(chigirtkalar, qandalalar, beshiktebratarlar, shiralar, bitlar, jizildoqlar, ninachilar va boshqalar) uchun xos bo‘ladi. Ularning tuxumdan chiqqan lichinkasi voyaga yetgan davriga birmuncha o‘xshaydi, faqat qanotlarining
rivojlanmaganligi bilan farq qiladi.
Lichinka bir necha marta tullab, voyaga yetgan hasharotga o‘xshab qoladi.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish. Ko‘pchilik hasharotlar (qo‘ng‘izlar,
kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi.
Bunday lichinkalar chuvalchangsimon shaklda bo‘lib, qurt deyiladi.
Hasharotlar qurtining tanasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalardan iborat;
oyo‘qlari kalta, og‘iz organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash uchun xizmat qiladi. Rivojlanish davrida qurt faol
harakat qiladi va oziqlanadi;
bir necha marta tullab g‘umbakka aylanadi. G’umbak hasharotning tinim
davri hisoblanadi. Bu davrda lichinkalik organlar qayta tuziladi. Odatda,
g‘umbak harakatsiz bo‘lib, oziqlanmaydi. Ayrim kapalaklarning g‘umbagi
pilla ichida bo‘ladi. G’umbakning qayta tuzilishi tamom bo‘lganidan so‘ng
g‘umbak qobig‘i yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to‘liq
o‘zgarish bilan rivojlanish, ya'ni metamorfoz deyiladi. To‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanadigan hasharotlarning qurtlari 4 xil (bosh va oyo‘qli, qorin oyo‘qli,
oyo‘qsiz, boshsiz va oyo‘qsiz) tipda tuzilgan. Bosh va oyoqli qurtlarning boshi yaxshi rivojlangan, ko‘kragida 3 juft oyo‘qlari bo‘ladi (masalan, qo‘ng‘izlar). Qorin oyoqli qurtlarning ham boshi yaxshi rivojlangan, qorin qismida oyo‘qlari bor (kapalaklar). Oyoqsiz qurtlarning boshi rivojlangan, lekin oyo‘qlari bo‘lmaydi (arilar). Boshsiz va oyoqsiz qurtlarning boshi va oyo‘qlari bo‘lmaydi (pashshalar, so‘nalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |