Hasharotlarning umumiy tuzilishi, tashqi morfologiyasi


Online Mendelian Inheritance in Man (OMIM)


Download 1.43 Mb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1440793
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU. Bioinformatika

Online Mendelian Inheritance in Man (OMIM)

  • Online Mendelian Inheritance in Man (OMIM) – odamda uchraydigan genetik kasalliklar haqidagi to’liq ma’lumotlarni, genlar va ular tomonidan chaqiriladigan genetik sindromlarning fenotipik namoyon bo’lishi haqidagi genetik xaritalarni o’zida tutuvchi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar bazasida ishlashning qulayligi shundaki ma’lumotlarni izlash uchun qulay bo’lgan interfeysga ega. Evolyutsion kelib chiqishi va funktsiyasiga ko’ra bir-biriga o’xshash bo’lgan genlar (gomologik) ko’p hollarda turli ko’rinishdagi turlarda gomologik genlar bilan bog’langan ko’rinishda bo’ladi. Sizdan umumiy ma’lumotlardan foydalangan holda odam, sichqon, kalamush, sigir va cho’chqadagi CHRNB1, CRYB1, GAA, GH, NF1, TK1, TP53 genlarining subxromosomali lokalizatsiyasini topishiz mumkin bo’ladi

Online Mendelian Inheritance in Man bioinformatsion ma’lumotlar bazasi umumiy interfeysining ko’rinishi

Human Gene Mutation Database (HGMD)

  • Human Gene Mutation Database (HGMD) - turli ko’rinishdagi nasliy kasalliklarga olib keluvchi yadro genlari mutatsiyalari to’liq tartibda berilgan. Bazadagi ma’lumotlar har haftada yangilanadi.
  • 1997 yil sentyabr holatiga ko’ra bu bazaning tarkibida 600 dan ortiq genlardagi mutatsiyalar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgan bo’lsa, keyingi o’n yillikda bu ma’lumotlarning miqdori bir necha barobarga ortib ketdi. Bu bazaning tarkibida shuningdek, genom mutatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi turli maqolalar va xabarnomalar ham saqlanadi

Human Gene Mutation Database bioinformatsion ma’lumotlar bazasi umumiy interfeysining ko’rinishi

MGD (Mouse Genome Database)

  • MGD (Mouse Genome Database) – Djekson laboratoriyasi (AQSh) serverida yaratilgan bo’lib, dunyo bo’yicha shu toifadagi ma’lumotlar bazasining ichida eng qulay foydalanish interfeysiga ega hisoblanadi. MGD sichqoning genomi to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni va 60 dan ortiq turlardagi genomlardagi gomologik holatlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu ma’lumotlar barcha uchun ochiq holatda taqdim etiladi. Birgina foydalanishni endi boshlagan boshlovchilar oddiy usullardan kalit so’zlardan foydalanib turib ishlashlari mumkin bo’ladi. Bu baza tarkibida kalamushning xaritalangan genetik RatMap markerlari, xromosomalarning idiogrammalari, laboratoriya liniyalarining ifodalanishi va shuningdek, odam, sigir genomlari bilan gomologik holatlarining tasvirlanishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling