Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

37-rasm. Avtomashina egalari uchun tavakkalni subektiv qabul qilish modeli 
 Sug‗urtalash tavakkalni qisqartirishning ijtimoiy mexanizmi bo‗lib, 
Tibbiy sug‗urta 
Avtomashina
Bolalar 
Hayot 
Yashash 
joyi 


116 
jismoniy shaxslar orasida sug‗urtalashni quyidagi turlari keng tarqalgan:
- OSAGO (Grajdanlik avtojavobgarligini majburiy sug‗urtalash); 
- avtosug‗urtalash CASCO (transport vositasini olib qochish va zarar 
keltirishdan sug‗urtalash);
- mol-mulk sug‗urtasi (xonadon, dala hovli, kottedjlarni va ulardagi mol-
mulkni sug‗urtalash); 
- KTS (Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash); 
- SS (sayyoxlarni sug‗urtalash). 
OSAGO bo‗yicha qonunni amalga oshirish natijasida barcha yo‗l-
transport harakati qatnashchilari hayotiga, sog‗lig‗iga, mol-mulkiga keltirilgan 
zararni qoplash kafolatini tizimi shakllanadi.
Ko‗ngilli tibbiy sug‗urtalash – sug‗urtalashning eng keng tarqalgan turidir. 
Korxonalarning o‗z xodimlari haqida g‗amxo‗rlik qilish – uning korporativ 
madaniyatini yuqori darajadaligining ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, tashkilotning 
hamkorlari oldida ham, keng jamoatchilik oldida ham obro‗sini shakllantirishni 
asosiy faktori hisoblanadi.
Baxtsiz hodisalardan va kasallanishdan sug‗urtalash shaxsiy sug‗urtalashni 
jamlanma turi bo‗lib, belgilangan miqdordagi mablag‗larning bir qismini yoki 
to‗laligicha qo‗shimcha harajatlarini sug‗urtalanganning sug‗urta vaqti kelishi 
tufayli qoplashni ko‗zda tutadi (bunda ikkala turdagi to‗lovlarni amalga oshirish 
mumkin). Baxtsiz hodisalardan va kasallanishlardan sug‗urtalashning 
muhimligi kam bo‗lmagan ijtimoiy paketini ish beruvchi xodimlarga taqdim 
etadi. Sug‗urtaviy muxofazalash xodimlarning kasbiy faoliyati kuchaygan 
tavakkal bilan bog‗liq xolatlarda ayniqsa zarurdir. Korxona xodimlarini ishlash 
qobiliyatini yo‗qolishiga, ba‘zi xollarda o‗limga olib keluvchi kutilmagan 
noxush oqibatlar bo‗lgan portlashlar, yong‗inlar, texnika nosozligi, ba‘zi 
predmetlarni tushib ketishi, boshqa ko‗plab kutilmagan voqealar sabab bo‗ladi.
Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash ishchi va uning oilasini baxtsiz hodisa 
ro‗y berganda moddiy ko‗maklashish kafili hisoblanadi. Baxtsiz hodisalardan 
sug‗urtalash xodim tomonidan nafaqat mehnat shartnoma bo‗yicha uning ish 


117 
beruvchisini bevosita ish joyida, korxona joylashgan maydondagina emas, balki 
korxonadan tashqarida, shu bilan birga ish, o‗qish joyiga kelayotganida olgan 
jarohat yoki sog‗lig‗ini yomonlashuvi ro‗y berganida moddiy kompensatsiya 
to‗lovini amalga oshirish ko‗zda tutiladi. 
O‗zbekiston bo‗ylab, uning chegarasidan tashqarida sayohat qilish vaqtida 
kutilmagan voqealar, sog‗lig‗ini yomonlashuvi va boshqa noxushlik ro‗y berishi 
mumkin bo‗lgan xollarda aholini sug‗urtalash polisi kutilmagan moddiy 
sarflarga yo‗l qo‗ymaslikka yordamlashadi. 
Bir tarafdan shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlashga intilishda sug‗urtalash 
muhim rolni o‗ynashi bilan, ikkinchi tomondan noxush xolatlarda shaxsni
muxofazalashni ta‘minlash usuli sifatida sug‗urtalashga ishonmaslik eng 
birinchi ijtimoiy mos kelmaslik hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda sug‗urta kompaniyalarining bir tarafdan hayotni 
xarakterli sug‗urta qilish bozorini kengaytirishi bo‗lsa, ikknchi tarafdan aholiga 
ushbu xizmatning zarurati yo‗qligi orasidagi qarama-qarshiliklar mavjuddir.
Uchinchi, oxirgi qarama-qarshiliklarning darajasi aholini jamg‗arish bilan 
sug‗urta ahloqi orasidadir. Bir tarafdan odamlar turli shakllarda o‗z 
mablag‗larini ko‗paytirsa, ikkinchi tomondan o‗zining moddiy boyliklarini 
ishonchli saqlashga, kelgusida nafaqat stabil foyda olish imkonini berishi, 
balki inson hayotida ba‘zi bir nomaqbul hodisalarda moddiy ta‘minlanganlik 
funksiyasini bajarishi ham hayotini sug‗urtalashga yetarli baho bermaslikdir. 
O‗zbekistonda shaxsiy sug‗urtalash bozorida eng manfaatdor subekt bo‗lib 
davlat hisoblanadi. Birinchidan, shuning uchunki, davlat miqyosidagi 
muammolarni bartaraf etish uchun mablag‗larni izlash muammosi birinchi 
darajali hisoblanadi, xususan: hayotini sug‗urtalash uzoq muddatli kredit 
mablag‗larni jalb etish imkonini beradi, natijada hayotini sug‗urtalash aholini 
hayotiy faoliyati xavfsizligini oshiradi.
Ikkinchidan, hayotini sug‗urtalash davlatning yetishmaydigan ijtimoiy 
kafilligini kompensatsiyalaydi. Uzoq muddatli sug‗urtalash davlat nafaqasini 
miqdoriga qaramay, qo‗shimcha foyda olishga imkon beradi, bular nafaqat 


118 
qarilik nafaqasini, balki nogironlik nafaqasini miqdoriga aloqasiz amalga 
oshiriladi; fuqarolarning ijtimoiy ta‘minotiga ishlatiladigan harajatlarni 
kamaytirib, davlat byudjetining sarflari qismiga yuklamani ham kamaytiradi, 
natijada davlat kam ta‘minlangan aholi uchun e‘tiborini oshirish imkoniga ega 
bo‗ladi. Shunday qilib, uzoq muddatli sug‗urtalash aholini sug‗urtaviy 
muxofazalash shakllaridan biri bo‗lib, ularning hayoti, sog‗lig‗i, mehnat qilish 
qobiliyati bilan bog‗liq turli voqealar yashash darajasini pasayishiga va 
qo‗shimcha mablag‗larning sarfiga olib kelishi mamlakatimizda kompleks
yanada aholining to‗liq havfsizligini ta‘minlaydigan tizimni yaratish imkonini 
beradi.
Uchinchidan, sug‗urtalash sermehnat, serilm soha bo‗lib, hayotni 
sug‗urta qilishni rivojlanishi qo‗shimcha ishchi o‗rinlarni yaratilishini 
ta‘minlaydi. Bu esa davlat miqyosida muhim faktor bo‗lgan mamlakatda 
ijtimoiy kuchlanganlikni bo‗shashiga yordam beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling