Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.7. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish yo„nalishlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
IV.7. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish yo„nalishlari
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini yanada samarali shakllantirish uchun madaniy informatsion ta‘sirni differensiallashda madaniyatning shakllantirish obektlarini nafaqat individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida klassifikatsiyalash, balki hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi predmet yo‗nalishlarning xususiyatini ham e‘tiborga olish kerak. Buning uchun HFXM shakllantirishning quyidagi yo‗nalishlarini farqlash zarur: - ahloqiy - asabiy xavfsizlik; - jismoniy xavfsizlik; - ekologik xavfsizlik; - favqulotda vaziyatlarda xavfsizlik; - huquqiy xavfsizlik; - ijtimoiy xavfsizlik; - informatsion xavfsizlik; - politexnikaviy xavfsizlik; - tibbiy xavfsizlik; 119 - harbiy xavfsizlik va boshqalar. Ahloqiy - asabiy xavfsizlik yo‗nalishi hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash javobgarlik shaklida shaxsning ruhiy, ahloqiy, asabiy sifatini rivojlanishiga imkon beradi. Jismoniy xavfsizlik borasida havfli va favqulotda vaziyatlarda, kuchi, bardoshi, egiluvchanlik, harakatlarni tez va aniq bo‗lishi, har kungi faoliyatda va FV sharoitida jarohatlar va yaradorlik tavakkalini kamayishi uchun zarur ―mustahkamlik zahirasi‖ni oshishi yo‗nalishida madaniy - informatsion ta‘sirni loyixalash va amalga oshirish kerak. Ekologik xavfsizlik yo‗nalishida madaniyat planetadagi hayotni mavjudligini xavf-xatarga qo‗yuvchi atrof-muhit, uning holati, atmosfera, gidrosfera, o‗simlik va hayvonot dunyosi negativ antropogen ta‘sirning global xarakteri haqidagi bilimlar asosida shakllanadi. Ma‘lumki, ekologik vaziyatni faqat markazlashgan meyoriy huquqiy, tashkiliy va muxandislik texnikaviy chora-tadbirlarni inson faktorini qayd qilmay ta‘minlash mumkin emas. Shuning uchun bu yo‗nalish bo‗yicha HFXM shakllantirishda mamlakat aholisiga ekologik havfsizlik meyorlarini singdirish alohida rol o‗ynaydi. Favqulotda vaziyatlarda xavfsizlik yo‗nalishida madaniyatni shakllantirish o‗zidan tabiiy va antropogen kelib chiquvchi FV manbalari bilishni, bu manbalarning shikastlovchi faktorlaridan muhofazalash tavsifi va usullarini, hamda havfli va favqulotda hodisalarini oldini olish bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarini singdirish lozim. Huquqiy xavfsizlik yo‗nalishining asosini hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi huquqiy meyor va bilimlarni rivojlantirish, havfli xolatlarni huquqiy baholashga tayyor bo‗lishni, millatimiz va halqaro huquq meyorlari va qonuniyatlariga mos odobni tarbiyalash chora-tadbirlari tashkil etadi. Tajriba 120 shuni ko‗rsatadiki, ko‗pincha teskari ahloq, ya‘ni qonunlarni bilish – g‗ayri qonuniy ishlarni amalga oshirishga undaydi. Shuning uchun huquqiy ongni va huquqiy e‘tiqodni tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy xavfsizlik yo‗nalishi sotsiumda xavfsiz ahloq meyorlarini, jamiyat a‘zolariga nisbatan hurmatni, jamiyat xavfsizligi uchun o‗zining shaxsiy qiziqishlaridan voz kecha olishni anglashini singdirish ko‗zda tutiladi. Informatsion xavfsizlik yo‗nalishi bo‗yicha ularning atrofdagi dunyoga nisbatan rivojlanayotgan egoistik, utilitar qarashni, zamonaviy tazyiqlarga qarshi turish irodasini bostirishga, insonlarga baquvvat destruktiv informatsion oqimlar oqibatlarini yumshatish yoki kamaytirishga qaratilgan madaniy informatsion ta‘sirlar loyixalanishi va amalga oshishi kerak. Zamonaviy sivilizatsiyaning mavjud texnikaviy tendensiyalarining rivojini masshtabli salbiy oqibatlari sababli politexnikaviy xavfsizlik yo‗nalishi alohida ahamiyatga egadir. Uning doirasida texnik tizimlarning (butun hayot sikli, shu jumladan utilizatsiya davri davomida) xavfsiz metodologiyasini yaratish, ishlab chiqarishda, maishiy texnikani xavfsiz ishlatishning ko‗nikmalarini singdirish, havfli va favqulotda hodisalarning oldini olish va bartaraf etish, texnikaning harakatlanib turishi va ishlatilishining qoidalai tizimini shakllantirish kerak. Tibbiy xavfsizlik yo‗nalishi valeologiyadagi ma‘lumotlarni, sog‗liqqa negativ ta‘sir ko‗rsatuvchi, salomatligini mustahkamlovchi, zararli odatlar, ichkilikbozlik va giyohvandlikning rivojlanishini oldini olish, havfli va favqulotda vaziyatlarda zaruriy tibbiy yordam ko‗rsata olishning bilim va ko‗nikmalarini o‗z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, insonlarning muvofaqqiyatli tug‗ilishi va 121 rivojlanishining asosiy faktori bo‗lgan sog‗lom turmush tarzining meyorlarini singdirish muhim ahamiyatga ega. Harbiy xavfsizlik yo‗nalishi doirasida o‗sib kelayotgan avlodning harbiy- vatanparvarlik tarbiyasi bo‗yicha chora-tadbirlari tinchlik davrida, harbiy jangovar yurishlar vaqtida havfsizlikni ta‘minlashning bilim va ko‗nikmalarni shakllantirish kerak Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling