Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


128 
V- bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish 
darajasini baholashga uslubiy yondashish 
 Hayot faoliyati xavfsizligi nuqtai nazaridan alohida odamlar, ularni 
jamoalari, sotsiumning zamonaviy xolati parametrlarini o‗rnatish uchun, 
ularning xotirjam, shu jumladan xavfsiz kelakjakda rivojlanish vektorini 
aniqlash uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini individual, korporativ va
jamiyat davlat darajasida baholash zarur. Bu yana shuning uchun zarurki,
jamiyat cheklangan imkoniyatga ega. Shuning uchun jamiyat o‗z imkoniyatlari 
oldiga qo‗ygan maqsadlarini asosan ratsional taqsimlashga majburdir. Bunday 
ratsional taqsimlash uchun, shu jumladan HFXM shakllantirish bo‗yicha aloxida 
tadbirlarni amalga oshirish uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida baholasni taqozo qiladi.
Biroq bunday baholash bir qator prinsipial qiyinchiliklar bilan bog‗liq, 
bular:
-HFXM tushunchasini sig‗imi: o‗ta keng diapazondagi, ya‘ni ―inson 
imkoniyatlarini va ijodiy kuchini rivojlanishi darajasi‖dan to inson 
sivilizatsiyasini yanada muhim asosini tashkil etuvchilarigachadir. ―Hayot 
faoliyati xavfsizligi madaniyati‖ tushunchasiga ta‘rif 2 bobda keltirilganiga 
qaramay, uni mutaxasislar tomonidan asta-sekin, bosqichma-bosqich qabul 
qilinishi, turli fikrlar bilan qayta ishlab chiqish orqali amaliyotga bunday 
baholashni uslubiy apparatini tatbiq etish, davriy mukammallashtirishni 
anglatadi;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasini obektiv 
baholash imkonini beradigan umumlashgan vakolatli ko‗rsatkichi yo‗qligi:
bunday ko‗rsatkichni vakolatligi hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash 
bo‗yicha boshqa jarayon parametrlaridan qat‘iy nazar, faqat bevosita madaniyat 
darajasini baholash imkoniyatini anglatadi.
O‗rtacha yashash davri, aholini yo‗qotishlari soni va yil davomidagi moddiy 
yo‗qotishlar miqdori, shaxsiy tavakkalning ahamiyati va shunga o‗xshash 
umumiy baholashlar xavfsizlikni ta‘minlash faoliyatini tavsiflaydi. Bu aynan 


129 
madaniyat hissasini ko‗rsatilgan faoliyat natijalariga qarab baholashni
qiyinlashadi; 
- bu tushunchaning ko‗pqirraligi, hartomonlama baholash zarurligi. Masalan, 
agar individual darajani olsak – bu insonning yuksak maqsad va qadriyatlar 
tizimi, uning xarakterli chizgilari, faoliyat faktorlarini sabablari, tayyorgarlik 
darajasi va kompetentligi v x.k.lardir. Bu ko‗pkriteriyalik optimallashtirish 
masalalarini ifodalash va yechishni ko‗zda tutadi.
- baholanish kerak bo‗ladigan ko‗pchilik ko‗rsatkichlar tabiiy sifatga ega va 
aytarli ―kuchsiz‖ nominal va tartibli shkala yordamida o‗zgarishi mumkin. Bu 
shkalalar uchun ko‗plab yuqoriinformatsion statistikani oluvchi - o‗rtacha 
arifmetik, o‗rtacha kvadrat og‗uvchi va b. matematik operatsiyalarni qo‗llab 
bo‗lmaydi. Shu sababli axborotni bir qismi (demak, o‗lchovlarni obektivligi) 
yo‗qoladi. Bundan tashqari, bu o‗lchovlar asosan ekspert so‗rovlar, ya‘ni u yoki 
bu darajada subektivligi bilan farqlanadigan usulini qo‗llab amalga oshiriladi. 
Alohida, HFXM ikkinchi darajali tomonlarini aks ettiruvchi ko‗rsatkichlar 
(masalan, o‗rganuvchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish 
meyorlarini ishlab berish vaqtini baholash) bundan mustasno;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasi o‗z tabiatiga 
ko‗ra, absolyut emas, balki ―xoxishi‖ bilan ―erishishi‖ ayirmasi yoki nisbiy 
shaklda bo‗lishi kerak. Buning uchun etalonlar, yuksak maqsadlarning 
ko‗rsatkichlaridan foydalanish kerak. Ular xavfsiz turdagi shaxs, xavfsiz turdagi
korporatsiya, xavfsiz turdagi jamiyat davlat hisoblanadi;
- madaniyat obektlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi usullarning sezilarli 
soni – ta‘lim (bilim olish va tarbiya), ijtimoiy reklama, ommaviy 
kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari, bilimni targ‗ibot qilish, madaniyat 
muassasalarining ta‘siri va b. Ko‗pincha bu usullarni hayot faoliyati xavfsizligi 
madaniyatining rivojlanish darajasiga hissasini baholash o‗ta og‗ir yoki xatto 
imkoni bo‗lmaydi. Shu sababli keltirilgan ta‘sir etish usullariga sezuvchan 
ko‗rsatkichlarni asoslab berish ma‘lum muammolarni yuzaga keltiradi;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish ko‗rsatkichlarini


130 
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasidagi farqlarini ko‗rib chiqish 
va to‗g‗rilash past darajadagi ko‗rsatkichlarni oddiy birlashtirib, yuqori 
darajadagilarni baholash. Shunday qilib, individual darajadagi ko‗rsatkichlar 
uning shaxsiy xususiyatlarini hayot faoliyati xavfsizligi va atrofdagi insonlarni 
hayot faoliyati xavfsizligini tavsiflashi kerak.
Korporativ 
darajada 
tashkilot, 
korxona, 
ishlab 
chiqarishdagi
xizmatchilarning individual madaniyatini o‗rtacha ko‗rsatkichlaridan tashqari, 
personal orasida ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ni tashkilotning yuqori 
qadriyatlaridan biri sifatida tavsiflanishi va tan olinishi bilan birga faoliyat 
mexanizmini moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish samarasi orqali 
korporatsiyani xavfsiz faoliyat ko‗rsatishini tavsiflovchi xavfli vaziyatlarning, 
avariya va boshqa faktorlarning tavakkalini kamaytirishga yo‗naltirilgan
bo‗lishi kerak.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasi jamiyat davlat
miqyosida individual va korporativ darajadagi ko‗rsatkichlarning o‗rtacha 
miqdorlaridan tashqari, ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik huquqining tizimini 
mavjudligini qayd qilish bilan birga, jamiyat va inson xavfsizligini 
ta‘minlovchi, tabiiy va texnogen muhitning va boshqa jamiyatning birdamligini, 
mamlakat aholisining xavfsizligini ta‘minlovchi ko‗pqirrali faoliyatini, milliy 
havfsizlik sohasini tavsiflovchi parametrlari siyosati orqali baholanishi kerak.
Barcha aytilganlar hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish 
darajasini baholashni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu fan sohasining 
yangiligi, HFXM shakllantirishni ko‗rib chiqish xolatlariga baho berishni 
kuchsizligi, xavfsizlikni ta‘minlash texnologiyalarini (xususan informatsion) 
rivojlanishi va mukammalashishini o‗sishi hozirgi paytda bekami - ko‗st ilmiy 
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqishni juda qiyinlashtiradi. Shu sababli, ushbu 
bobda uning asosini tashkil etuvchi umumiy uslubiy xolatlar ko‗rib chiqiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling