Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


V.2. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanishni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

V.2. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanishni 
korporativ darajasini baholashga uslubiy yondashish 
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati rivojlanishini korporativ darajasini 
baholashning ilmiy – uslubiy qurilmasini ishlab chiqishda quyidagi dastlabki 
shart-sharoitlar, farazlar va chegirmalar qabul qilinadi:
1. Korxona, muassasa va tashkilotlarning strukturasi va ularning 
funksiyalarini, bo‗ysunish qoidasiga va yo‗nalishiga qarab madaniyat darajasini 
baholash quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshirish kerak:
- korporativ darajadagi obektlar madaniyatini shakllantirish uchun kerak 


136 
bo‗ladigan sifat va xossalarni (IV.2. bo‗limga qaralsin), HFXM individual 
darajadagi o‗rtacha ko‗rsatkichini e‘tiborga olgan xolda; 
- tekshirish natijalari bo‗yicha, shu jumladan mashqlar va o‗qishlar 
davomida;
- korporativ darajadagi madaniyatini shakllantirishdagi xizmatlar darajasini 
baholashdan foydalangan xolda;
- shunday kompleks ko‗rsatkichlar hisoblangan korxonadagi FV tavakkali, 
tashkilot va muassasalarida ijtimoiy tavakkal va b. Ijtimoiy tavakkal deb, 
ma‘lum sondagi insonlarning jaroxatiga sabab bo‗ladigan voqealarning yuz 
berish chastotasini barcha odamlar sonini nisbatiga aytiladi. 
2. Korporativ darajadagi madaniyatini shakllantirish obektlarini qayd qilgan 
sifat va xossalarini e‘tiborga olgan xolda quyidagi kattaliklarni baholash kerak : 
- korporativ qadriyatlarning muhim sifatlaridan biri ―hayot faoliyati 
xavfsizligi‖ mavjudligi;
- personalda ushbu qadriyatlarni o‗zlashtirilishi;
- rahbariyatning ushbu qadriyatlarga tarafdorlikni ta‘minlash bo‗yicha 
faoliyatini xolati;
- hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha ruhiy atmosfera xolati;
- xavfsizlikning kasbiy etikasi meyorlarini sindirish darajasi;
- xavfsizlik nuqtai nazaridan personalni tanlash faoliyatining tavsifi;
- personalning ta‘lim tizimini xolati;
- harakatlar reglamentatsiyasini va rahbariyat, xizmatchilarning personal 
javobgarligini darajasi;
- mehnat muxofazasini holati;
- mehnat intizomiga rioya qilishni nazorati bo‗yicha faoliyatning holati;
- litsenziyalash, deklaratsiyalash holati va b.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatini reglamentlovchi ustav, 
meyoriy va boshqa asoslovchi hujjatlarda aks etgan muhim korporativ 
qadriyatlardan biri sifatidagi ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ mavjudligi;
Bunday ko‗rsatkich ushbu qadriyat ishtirok etadigan asoslovchi 


137 
hujjatlarning sonini korporativni asoslovchi hujjatlarning umumiy soniga nisbati 
shaklida aniqlanadi.
4. Personal tomonidan keltirilgan qadriyatni o‗zlashtirishi, raxbariyatni 
ushbu qadriyatga tarafdorligini ta‘minlashining holati, hayot faoliyati 
xavfsizligini ta‘minlovchi ruhiy atmosfera xolati personalning ijtimoiy 
so‗rovlari natijalari orqali baholanadi.
5. Havfsizlikning kasbiy etikasi meyorlarini o‗zlashtirish darajasi ushbu 
meyorlar nazoratining ijtimoiy so‗rov natijalari orqali baholanadi.
6. Havfsizlik nuqtai nazaridan personalni tanlash bo‗yicha faoliyat tavsifi 
xavfsizlik meyoriga taalluqli xolatlarning qatnashish darajasi kabi, ishga qabul 
qilish bo‗yicha birlamchi so‗rovnomalar, kasbiy-ruhiy tanlash xaritalari 
o‗rgaruvchilarning funksiyalari hisoblanadi.
7. Personalning bilim olish tizimini xolati, aholining hayot faoliyati 
xavfsizligi sohasidagi dasturlarni maqsadlariga erishish darajasini e‘tiborga 
olingan xolda, joriy va yakuniy nazorat usullari orqali baholash mumkin (V.1. 
bo‗limga qara). Bu yerda shu narsani e‘tiborga olish kerakki, personalning turli 
kategoriyalarini tayyorgarligi (ishlovchi aholi, FV Vazirligining shaxsiy tarkibi, 
qutqaruv xizmati) korporativ madaniyat darajasiga nisbatan bir xil qiymatga ega 
emas. Masalan, FV Vazirligining shaxsiy tarkibini HFXM nuqtai nazaridan 
potensial xavfli obektlardagi tayyorgarligi boshqalarga nisbatan yuqori bo‗ladi. 
Shu sababli, personalning turli kategoriyalari uchun og‗irlik koeffitsiyentlaridan 
foydalanish kerak.
8. Rahbariyat va xizmatchilarning harakati, personal javobgarligini 
reglamentlash darajasi lavozim, texnika xavfsizligi bo‗yicha yo‗riqnomalarda va 
boshqa, personal faoliyatini reglamentlovchi hujjatlarda aks etishi mumkin.
9. Mehnatni muhofaza qilish xolati jarohatlar va ishlab chiqarishda shartlab 
qo‗yilgan kasalliklarning darajasi, mehnatni muhofaza qilish qayd etilgan qoida 
va yo‗riqnomalarining buzulishlarini soni bilan baholanadi.
10. Mehnat intizomini nazorati bo‗yicha faoliyat xolatlarining parametrlari 
shaxsiy hujjatlaridagi mukofotlar, jazolarni qayd etuvchi yozuvlar, mehnat 


138 
daftarchalarining mavjudligi bilan baholanadi.
11. Litsenziyalash va deklaratsiyalash xolatlari mazkur xolatlarni qayd 
etuvchi hujjatlar, hamda ularning mazmuni bilan personalning xabardorligi 
orqali baholanadi.
12.Korporativ 
HFXM 
tavsiflarini 
yuqorida 
keltirilgan 
ayrim 
ko‗rsatkichlaridan foydalanganda mos og‗irlik koeffitsiyentlari bilan integral 
baholashda individual darajadagi HFXM o‗rtacha ko‗rsatkichi e‘tiborga olinishi 
kerak.
13. Ko‗rsatilgan ayrim ko‗rsatkichlarning talqini va foydalanishida bir 
ma‘noligini o‗rnatish maqsadida, korxona, tashkilot va muassasalarining hayot 
faoliyati xavfsizligi xolatini baholash va tekshirish tartibini o‗rnatuvchi hujjatlar 
e‘tiborga olinishi kerak.
Hozirgi vaqtda ko‗rsatma va uslubiy materiallarda o‗quv tizimi xolatini 
rasmiy aks ettiruvchi alohida ko‗rsatkichlar mavjud. Bular tinglovchilar bilan 
jamlash rejasini bajarish, hisobot hujjatlarning xolati, o‗quv muassasalarini 
personallar bilan jamlanganlik darajasi, o‗quv – moddiy bazaning xolati va x.k.
Yagona vakillik ko‗rsatkich bo‗lib, o‗tilgan o‗quv mavzularidan yaxshi 
baho olgan tinglovchilarning nisbiy soni hisoblanadi. Biroq, turli mulohazalarga 
ko‗ra, o‗rganuvchilarni tayyorgarlik darajasining (o‗rganuvchilarning 85% 
ortig‗i – talablarga muvofiq keladi, 75 dan 85 % –oz miqdorda talablarga 
muvofiq keladi, 75% dan pasti- talablarga muvofiq kelmaydi) kabi 
chegaralarnng belgilanganligi uncha tushunarli emas. Bundan tashqari, 
individual baholashda faqat ikki gradatsiyaning – ―maqbul‖ va ―nomaqbul‖ –
mavjudligi tinglovchilarning bilim darajasini obektiv o‗rnatishga imkon 
bermaydi. Shu sababli, yuqorida keltirilgan alohida va integral ko‗rsatkichlardan 
foydalangan xolda, HFXM korporativ rivojlanishining darajasini mulohazali
batafsil, imkon darajasida, sonli baholash maqsadida bu ko‗rsatmalarning kami-
ko‗stini tuzatilish zarur.
14. Korporativ madaniyatning darajasini o‗quv -mashqlar paytdagi 
tekshiruvlar natijasida baholash yetarlicha obektiv bo‗ladi. Bu xolatlarda 


139 
talabalarga faoliyat ko‗rishi uchun real va shartli sharoitlar yaratiladi. 
Rahbariyat, personallar va qutqaruvchilarning, korxona va tashkilotlar 
xizmatchilarini tarkibi faoliyatning samaradorligiga qarab HFXM korporativ 
rivojlanish darajasi haqida ishonchli fikr yurgizish mumkin, lekin bunday 
yondashishdan foydalanish sohasi faqat FV vaqtidagina mumkin.
15. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini korporativ
darajasini baholashda 5.2. bo‗limda keltirilgan yondashishni ishlatish mumkin.
16. Turgan gapki, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini darajasiga qarab, 
korxona, tashkilot, muassasalarning havfli, avariyaviy xolatlarning tavakkalini 
baholash mumkin. Buning aksi ham to‗g‗ri – tavakkalni baholashdan HFXM 
darajasini taxminiy baholashni olish mumkin.
Hozirgi vaqtda aholi va hududlar, sanoat obektlarini potensial xavflarini 
tavakkali baholashda hisoblash uslubiyati yetarlicha shakllangan (amaliyotda 
foydalanish uchun) uslubiy yondashuvlar, uslubiyatlar shaklida jiddiy ilmiy
ishlanmalar mavjud. Biroq, ularning ko‗pchiligini kirish parametrlari 
HFXMning ayrim, va hususan integral darajasi ko‗rsatkichlarini aks 
ettirolmaydi.
17. Personalning xatolairni tashxizi usuli ma‘lum qiziqish uyg‗otadi. Bu 
usul xizmatchilarning ko‗zda tutilmagan xatolari bilan bog‗liq hodisalarini sifatli 
baholashga, bu xatolarning ehtimolini kamaytirish bo‗yicha ko‗rsatmalar ishlab 
chiqishga mo‗ljallangan. Biroq, HFXM darajasini baholash uchun 
foydalaniladigan usul bir qancha jiddiy chegirmalarga ega. U faqat havfli 
vaziyatlarning oldini olish faoliyatini e‘tiborga oladi, avariya yoki texnogen 
falokatlardagi hatti-harakatlarning to‗g‗riligini ko‗rib chiqmaydi. Bundan 
tashqari, personalning xatolari nafaqat madaniyatning darajasi pastligini natijasi 
bo‗lib, balki kasbiy ko‗rsatmalarning maromiga yetmaganligi, ish o‗rninnig 
ergonomikasini kamligi, mehnat va dam olish tartibini, boshqa ayrim 
ko‗rsatkichlarni ratsional emasligi ham bo‗lishi mumkin. Va oxirgisi, sezilarli 
kamchiliklarga ―ko‗zda tutilmagan xatolari‖ tushunchasini bir xil bo‗lmasligi, 
baholashning sifat tavsifi va b. kiradi.


140 
18. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini korporativ
darajasini baholashning obektivligini oshirish uchun individual bosqichdagi 
kabi, yuqoridagi yondashishilarning barchasini ishlatish kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling