Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
IV- bob bo„yicha xulosalar.
1. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslarni ishlab chiqishda madaniyat shakllantirish obektlari qanday sifat va xossalarga ega bo„lishi hamda individual, korporativ va jamiyat darajasida bu sifat va xossalarga ta‟sir etish usullari va vositalarini aniqlash zarur. Bunday sifat va xossalarga quyidagilar kiradi: individual darajada: – hayot faoliyati xavfsizligi sohasida yuksak maqsad va qadriyatlar; – hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlashga ta‟sir qiluvchi shaxsning sifati; – hayot faoliyatining barcha jabhalarida xavfsizlikni ta‟minlashning bilim va ko„nikmalari; – hayot faoliyati xavfsizligini sabablari. korporativ darajada: – hayot faoliyati xavfsizligi soxasida korxona, tashkilot va ishlab chiqarishdagi qadriyatlar iyerarxiyasi; – korxonada uning rivojlanishini ma‟lum bosqichida ustunlik qiluvchi parametrlar (personalning tayyorlanganligi, harakatlarning reglamentatsiyalash darajasi va ishchi, xizmatchilarning shaxsiy javobgarligi, mehnat muxofazasining xolati, mehnat intizomiga rioya qilish nazoratini xolati, xodimlar faoliyatini moddiy va ma‟naviy tavsifini rag„batantirish, faoliyatni litsenziyalash va deklaratsiyalash jarayonini xolati; - jamiyat davlat darajasida: – hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik huquqlarini; – umummilliy g„oya, g„oyaviy ko„maklashishi (umummilliy g„oya); – hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining tavsifi; 126 – hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi meyoriy huquqiy bazaning xolati; – hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi ilmiy-texnikaviy faoliyatning xolati; –hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi ijtimoiy targ„ibot tizimining parametrlari; – hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi madaniyatning rivojlanishini xolati; – hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash savollari bo„yicha diniy institutlarni dunyoviylari bilan munosabatlarini tavsifi; – ommaviy kommunikatsiya vositalari, ijtimoiy sug„urtalash tizimlarini parametrlari va boshqalar. 2. xavfsiz turdagi shaxs, korporatsiya va jamiyat sifatini rivojlanishini aniqlovchisi bo„lib yuksak ruhiy, ahloqiy sifatlari, kasbiy va jamiyat etikasi hisoblanadi. 3. HFXM shakllantirishni individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida obektning sifatiga va xossalariga ta‟sir qiluvchi asosiy usul va vositalari oilaviy tarbiya, maktabgacha tarbiya, umumiy, kasbiy va qo„shimcha ta‟lim muassasalaridagi ruhiy ahloqiy tarbiya, estetik rivojlanish, ta‟lim muassasalari va uyda mehnat tarbiyasi, mustaqil ta‟lim va tarbiya, sinfdan tashqari va o„quv yurtidan tashqari ishlar (turli to„garaklar, harakatlar, musobaqalarda ishtirok etish), targ„ibot, ommaviy kommunikatsiya vositalari, madaniyat muassasalari (muzeylar, teatrlar, kino va konsert zallari va b), aholini yagona FV va FM tizimida tayyorlash, ahloqiy ruhiy tayyorgarlik, ijtimoiy reklamaning usul va vositalari, moddiy va ma‟naviy rag„batlanish tizimi, g„oyaviy qo„llab-quvvatlashni amalga oshirish, hayot faoliyati xavfsizligi soxasida davlat siyosatini yurgizish, meyoriy huquqiy bazani rivojlantirish, hayot faoliyati xavfsizligi ta‟minlash soxasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, diniy ongni rivojlantirish va boshqalar hisoblanadi. 4. Keltirilgan usul va vositalar HFXM shakllantirish obektlarining xossalariga va sifatiga kompleks ta‟sir ko„rsatishi kerak. HFXM shakllantirishni individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida maqsad, vaqt va faoliyat joyi bo„yicha o„zaro bog„langan yagona g„oyaviy, meyoriy, ilmiy-uslubiy 127 pozitsiyalarda, dasturiy maqsadli usullarni qo„llab, amalga oshirishni shartlab qo„yadi. 5.Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish nuqtai nazaridan ta‟lim faoliyati yanada samarali hisoblanadi. Buning sabablari bo„lib, insonlarga ta‟sir etishning maqsadga intiluvchanligi, ma‟lum vaqt davom etishi, adresliligi, kompleksligi, jarayonni o„zgartirish sifatini nazoratini faol mexanizmini mavjudligi hamda madaniy qadriyatlarni qayta ishlab chiqarish imkoni bo„lishi, ularni ongli ravishda saralash, uzatish va zabt etish hisoblanadi. Bunda o„quv tarbiyaviy maqsadlarning samaradorligiga erishishni e‟tiborga olib, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ta‟limning yadrosi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi hisoblanishi kerak. 6. Hozirgi paytda ta‟lim bilan birga umumiy madaniyatni va hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular har kuni aholiga kuchli ta‟sir ko„rsatish orqali yuksak qadriyatlarni va maqsadlarni, atrofdagi borliqqa, bilim, hissiyotlarga va b. munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. 7.Ushbu bob HFXM obektlarining individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida shakllantirishni asosiy sifat va xossalari asoslangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling