Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari


VII.2. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalarining


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/83
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785763
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

VII.2. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalarining 
ta‟sirida (Umumrespublikaviy aholiga xabar berish va ma‟lumotlashning 
kompleks tizimi (UAXBKT) misolida) ijtimoiy iqtisodiy samarani baholash 
Avvalgi boblarda keltirilgan Umumrespublikaviy aholiga xabar berish va 
ma‘lumotlashning kompleks tizimi (UAXBKT) yaratishdan maqsad, aholini 
krizis xolatlar yuzaga kelishini tazyiqlari haqida xabardor qilish va 
axborotlashni mukammallashtirish, aholini FVlarga tayyorgarligining samarasini 
oshirish, FVdan muhofazalanish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish 
asosida yong‗in xavfsizligini va jamiyat tartibini qo‗riqlash. Bu maqsadlarga 
erishish uchun quyidagi asosiy masalalar yechilishi kerak:
- FV haqida kafolatlangan xabar berish vaqtini qisqartirish;
- FV haqida aholini operativ axborotlashni oshirish;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida aholini tayyorgarlik darajasini 
oshirish;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini darajasini oshirish;
- jarohatlangan aholini tezda reabilitatsiyalash maqsadida informatsion 
ta‘sirni oshirish;
- odamlarni ommaviy yig‗ilish joylarida tartibni saqlash holatini kuzatishni 
tashkillashtirish.
Keltirilgan masalalar o‗z ichiga boshqa, kamroq umumlashgan 
masalalarni (masalan, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini darajasi o‗z ichiga 
aholini tayyorgarlik saviyasini olishini) qayd qilsak, quyidagi maqsadli tizim 
funksiyalari bo‗lgan – xabar berish, axborotlash, tayyorlanish va kuzatishni 
ajratish mumkin.
Ushbu masalalarni yechishda quyidagi tushuntirishlar keltiriladi:
- xabar berish – 2 ta oddiy gapdan oshmaydigan hajmda xabar berish yoki 
qisqa audiovizual axborot yetkazish jarayoni bo‗lib, signal va axborotlarga mos 
ravishda murakkab bo‗lmagan, avvaldan ishlab chiqilgan amallar bajariladi;
- axborotlash – yanada detallashgan audiovizual axborot (3-7 gapdan iborat) 


165 
yoki 10 soniya davomidagi videoqator shaklida yetkazish jarayoni;

tayyorlanish 
–bilimlarni FV va terroristik aktlar sharoitida 
harakatlanishning 
boshlang‗ich 
ko‗nikmalarni 
shakllantirish 
bo‗yicha 
axborotlarni (10- 12 soniya davomidagi roliklar, elektron plakatlar, diktorlik 
xabari tarzida) yetkazish jarayoni;
- kuzatish – odamlarni ommaviy yig‗ilish joylarida huquqiy tartib-qoidalar 
xolatini baholash va ijtimoiy havfli harakatlarning oldini olish maqsadida 
videonazorat qilish jarayoni.
Keltirilgan funksiyalar uchun tizim oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishish 
darajasini tavsiflovchi ma‘lum funksional (to‗g‗ri) samaradorlik ko‗rsatkichlari 
aniqlangan.
Xabar berish uchun funksional samaradorlik ko‗rsatkichlari: xabar berish 
vaqti va aholini qamrab olganligi hisoblanadi. O‗z navbatida aholini qamrab 
olganlik terminal komplekslar (TK)ning soni va samarasiga bog‗liq bo‗ladi. TK 
samaradorligini ko‗rsatkichi sifatida xabar berishni o‗tkazuvchanlik qobiliyatiga 
(TK vaqt birligida axborotni qancha odamlar kuzata olishi) va signalni tushunish 
ehtimoli (axborotlar) dan foydalaniladi. Tushunish darajasi avvaldan ishlab 
chiqilgan harakatlarga mos xolda harakatlarni xatosiz amalga oshirish imkonini 
berishi kerak.
Axborotlashtirish funksiyasi uchun bunday ko‗rsatkichlarga xabar berish 
vaqti va aholini qamrab olganligi ham kiradi. Biroq, xabar berishdan farqli, TK 
samaradorligi tasnifi bo‗lib, yetib borayotgan signalni tushunish ehtimoli 
hisoblanadi. Agar xabar berish signali avvaldan ishlangan, murakkab bo‗lmagan 
tashabbusli amalga oshiruvchi faktor bo‗lsa, yanada murakkabroq axborot 
olganda harakatlanish uchun, uni tushunish zarur.
Aholini FV yuzaga kelishi va rivojlanishiga tayyorlash bo‗yicha chora-
tadbirlardan biri, ularni avvaldan o‗tkazilishi bo‗lsa, (UAXBKT) ning 
tayyorlanish funsiyasida tatbiq etilishiga ko‗ra funksional samaradorligining
vakolatli ko‗rsatkichi bo‗lib aholini qamrab olish hisoblanadi. Bu ko‗rsatkich 
aholini tayyorlash jarayonining hususiyatini qayd etgan xolda TK soni va 


166 
samaradorligiga bog‗liq. Bu xususiyatni qayd etish bilimlarni shakllantirish 
ehtimoli va birlamchi ko‗nikmalar orqali amalga oshiriladi. Kuzatish uchun 
funksional samaradorlik ko‗rsatkichi TK soniga va o‗tkazish qobiliyatiga va 
ijtimoiy havfli odamlarni va harakatlarni tenglashtirish imkoniga bog‗liq aholini 
qamrab olish hisoblanadi.
Bu yerda TK o‗tkazish qobiliyati texnik vositalarning tizimosti 
axborotlarini yig‗ishni qo‗llab videokuzatuv o‗rab olgan jarayon vaqt birligidagi 
odamlar soni bilan aniqlanadi. Tenglashtirish imkoni videokuzatuv o‗rab olgan 
odamlarni ommaviy yig‗ilgan joylardagi ijtimoiy havfli harakatlarni yoki 
shaxslarni erta aniqlash ehtimoli bilan tavsiflanadi. Bu ko‗rsatkichlarni sezilarli 
turli-tumanligi sababli, ularni yagona uslubiy pozitsiyalarda ko‗rib chiqish 
qiyinlashadi, shuning uchun ularni baholash jarayoni yagona natural 
ko‗rsatkichlar kompleksiga keltiriladi, ulardan asosiysi aholini oldi olingan 
qaytmas va sanitar yo‗qotishlari soni va moddiy zararlarini o‗lchamlari 
hisoblanadi.
Turgan gapki, o‗sha oldi olingan qaytmas va sanitar yo‗qotishlar va 
moddiy zararlar xabar berish, axborotlash va kuzatuv chog‗ida tizimlar 
funksiyalarini (ya‘ni, konkret inson ko‗rsatilgan funksiyalarni bir vaqtda 
bajarilishi natijasida qo‗shimcha qutqarilgan) natijalarini oqibati bo‗lishi 
mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling