Hayot faoliyati
Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar
I 1817-1823 Osiyo, Afrika. Yevropa II 1826-1837 Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika III 1846-1862 Osiyo, Afrika. Yevropa. Amerika
IV 1864-187 Osiyo, Afrika, Yevropa. V 1883-1896 Osiyo, Afrika. Yevropa. VI 1902-1925 Osiyo, Afrika, Yevropa. «SNolega» yunoncha tarnov degan so‘zdan olingan bo‘lib, vaboda ich ketishi yomg‘irdan so‘ng tarnovdan oqib tushayotgan suvni eslatadi. Vabo insoniyatga qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib kelgan kasallik hisoblanadi va Osiyo qit’asi, «ayniqsa Ganga va Brammaputra daryosi o‘rtasidagi Hindiston yarim oroli xavfli o‘chog‘i, kasallikning «beshigi» hisoblanadi. Vabo kasalligi tarixini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin. Birinchi 1817-yilgacha bo‘lgan davri. Bu davrda vaboning xavfli o‘chog‘i Hindiston - Pokiston hududi hisoblangan. Ikkinchisi, 159 1926-yilgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bu davrda vabo oltita hududda bir vaqtda qayd etilgan. Yettinchi pandemiya 1961-yildan to hozirgi kunga qadar davom etmoqda (3-davr). Oldingi oltita pandemiyaning qo‘zg‘ atuvchisi Osiyo vabo vibrioni bo‘lgan. Yettinchi pandemiyaning qo‘zg‘atuvchisi vabo vibrionining El-Tor shtamidir. U avvalo Sharqiy Osiyo, O‘rta Sharq, Yaqin Sharq mamlakatlarida, so‘ngra Afrika qit’asida tarqalgan. 1965-yilda esa bu kasallik O‘zbekistonda, xususan Qaroqalpog‘istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida qayd qilingan. 1970-yilga kelib Yevropa va Amerika mamlakatlariga tarqalgan. 1971-yilda vabo yer yuzasidagi 36 ta davlatda ro‘yxatga olingan. 1992-yilda Hindistonda 23 ming kishi vabo bilan kasallanib, undan 500 kishi vafot etgan. Bu kasallikning tarqalishi vaboning yangi vibrioni 0139 «Byengal» seroguruhi aniqlangan. Vabo ichak infeksiyalar guruhiga kirib, uni birdan bir manbayi odam hisoblanadi. Tashqi muhitga vibrionlar najas va qusuq massalari orqali tarqaladi, faqat og‘iz orqali yuqadi. Odamning kasallanishida yuqumli ajratmalar bilan ifloslangan sovuq holdagi oziq-ovqatlar va qaynatilmagan suvni iste’mol qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Yoz faslida yuvilmagan ho‘l meva va sabzavotlarni iste’mol qilish oqibatida xastalanish xavfi yanada ortadi. Kasallik tarqalishida pashshalarning roli ham bor. Vabo bilan barcha yoshdagi odamlar kasallanishi mumkin. Vabo kasalligi mavsumiy bo‘lib, ko‘pincha yoz va kuz oylarida qayd etiladi. Vabo kasalligining eng ko‘p uchraydigan turi oshqozon yallig‘lanish turidir. Ingichka ichak yallig‘lanish turi ikkinchi o‘rinda turadi. Bu turdan so‘ng algid va vabo terlamasi turlari turadi. Kasallik asosan ingichka ichak yallig‘lanish belgilari bilan o‘tkir boshlanadi. Ich ketish og‘riqsiz kechadi. Lekin har bir ichi ketishdan keyin bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi, bosh aylanishi va tashnalikdan shikoyat qiladi. Bemor ko‘zdan kechirilganda ko‘pincha teri qoplami rangsizlangan, kasallik og‘ir kechayotgan paytda esa ko‘kargan, sovuq ter bilan qoplangan bo‘ladi. Bemorning yuz ifodasi o‘zgaradi. Tomir urishi 160 tezlashib, og‘ir klinik kechishida ipsimon bo‘ladi, ba’zan tomir urishi aniqlanmaydi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, o‘pkada kuchsiz nafas eshitiladi. Xastalikning og‘ir turida bemor havo yetishmovchiligidan, ko‘krak qisilishidan shikoyat qiladi. Tilni oqish yoki kulrang karash qoplab, og‘ir zaharlanish bilan kechayotgan hollarda quruq bo‘lib qoladi. Qorin bir oz dam bo‘ladi jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi. Xastalikning ingichka ichak yallig‘lanish turida axlat suyuq bo‘lsada, o‘z xususiyatini saqlab qoladi, 2-3 martadan 8-12 martagacha ich ketadi. Kasallikning oshqozon yalig‘lanish turida axlat tezda o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi va guruch qaynatmasini eslatadi. Til quruq, qorin ichkariga tortilgan bo‘lib, ingichka ichak bo‘ylab quldirash kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik tez rivojlanadi, bemorni chanqash bezovta qiladi, 2-3 kun ichida oshqozon yalig‘lanishi rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq ich ketishiga tez-tez va ko‘p miqdorda qusish qo‘shiladi. Qusuqda avvaliga ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bo‘lib, o‘t suyuqligi aralash namoyon bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida suvsizlanishning yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Teri kulrang tusga kiradi, ko‘pincha sovuq yopishqoq ter bosadi. Burmalangan teri uzoq muddatgacha o‘z holiga qaytmaydi, qo‘l kaftlari kir yuvuvchi ayol kaftlarini eslatadi. Bemorning ahvoli og‘irlashadi. Qon bosimi pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq holda bo‘lib, nafas olish tezlashadi. Tana harorati kasallik boshida normal bo‘lib, so‘ngra asta-sekin subnormalgacha (35-34°C) va undan ham past tushadi. Kasallikning og‘irligi odatda organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling