Hayot faoliyati


Download 275.31 Kb.
bet119/178
Sana09.01.2022
Hajmi275.31 Kb.
#268103
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   178
Bog'liq
Hayot faoliyati

Qo‘zg‘atuvchisi: U harakatchan, issiqlikka chidamli, qobig‘

hosil qiluvchi va kuchli zaharga ega, yo‘g‘on tayoqchadir.

Botulizm tayoqchalari A, B,°C O, E, G‘ turlariga bo‘linadi.

Respublikamizda A, B va E turlari kasallik qo‘zg‘atadi.



Tarqalishi: Botulizm qo‘zgatuvchisi uy hayvonlari va

yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida

yashaydi. Ularning axlati orqali tashqariga ajraladi. Tashqi

muhitda qobiq hosil qiladi va uzoq vaqt saqlanadi. Oziq -

ovqatlarga tushib havosiz muhitda o‘sadi va kuchli zaharini

(botulotoksin) ajratadi, bu ovqatlardan iste’mol qilinganda

odamlar zaharlanishi mumkin. Hozirgi paytda go‘sht

mahsulotlaridan kasallanish kamdan kam uchraydi. Kasallik

ko‘proq uyda konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor va

baqlajon iste’mol qilinganda kelib chiqadi.



Yashirin davri 2-4 soatdan 10 – 14 kungacha, ko‘pincha 6

– 24 soat davom etadi. Kasallik ko‘pgina hollarda o‘tkir,

botulizmga xos bo‘lmagan belgilar: umumiy holsizlik, bosh

og‘rishi, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, ko‘ngil aynishi, 2 -4

marta qayt qilish va ichi ketishi bilan boshlanadi. Botulizmda

ich ketishi va qayt qilish uzoq davom etmaydi (6-24 soat).

Kasallik boshlanganidan bir necha soatdan keyin yoki birinchi

kunning oxiriga borib kasallikka xos belgilar: so‘lak bezlari,

burun-yutqun va yuz mushaklarini faoliyatining buzilishi kabi

belgilar paydo bo‘ladi. Ko‘z oldida to‘r paydo bo‘lishi yoki

ko‘zning xiralashuvi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi,

o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishi kabi belgilar bemorning

157

dastlabki shikoyatlaridan hisoblanadi. Bemorlar og‘iz qurishidan



va ko‘p chanqashdan shikoyat qiladilar. Bemorning tovushi

ham o‘zgaradi, u pasayib, xirillab so‘zlar tushunarsiz chiqadi

hatto ovozning yo‘qolishi kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha qattiq

quruq va suyuq ovqatni yutish qiyinlashadi, suyuq ovqat qisman

nafas yo‘liga tushib, bemorlar qalqib qoladilar, qisman esa

ovqat burundan qaytadi.



Bemor ko‘zdan kechirilganda mushaklari bo‘shashgan,

xamirsimon bo‘lib qoladi. Yuqori qovoqlarining osilib tushishi,

ko‘z qorachiqlarining kengayishi, har xil kattalikda bo‘lishi,

yorug‘likka akkomodatsiyasining buzilishi, g‘ilaylik aniqlanadi.



Belgilari es-hush joyida bo‘la turib rivojlanadi. Sezuvchanlikning

buzilishi kuzatilmaydi. Kasallikning oxirgi davrida

ko‘proq nafas funksiyasi buziladi. Bemorlar qiynalib, tez-tez

yuza nafas oladilar. Ular ko‘krakda og‘riq turishidan, havo

yetishmasligidan shikoyat qilishadi, o‘rinda alahsirashadi.

Kislorod yetishmasligi, ko‘karish rivojlanib, nafas buzilishining

zo‘rayib borishi o‘limning asosiy sababidir.


Download 275.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling