Alkogoldan zaharlanish belgi va alomatlari
• «Xush kayfiyat», diqqatning susayishi.
• Harakatni muvofiqlashtirishning buzilishi.
• Nutq va ko‘rishning buzilishi.
• Ko‘ngil aynishi, qayt qilish.
• Depressiya.
• Nafas olishning sekinlashuvi.
• Behush holat.
• Ayrim vaziyatlarda gipotermiya (sovib ketish).
• O‘lim.
Alkogoldan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish
• Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling.
• 30 minut o‘tgach, qayt qildirish foydasiz. Chunki bu
vaqtga kelib, qabul qilingan alkogolning 80-90% ovqat hazm
qilish sistemasi tomonidan o‘zlashtirib bo‘linadi.
• Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, uni bo‘g‘ilib qolishdan
saqlab qolish uchun tiklanish holatida yotqizing.
• Zarur bo‘lsa, tez yordam chaqiring.
• Jabrlanuvchi shikastlanmadimi yoki spirtli ichimlik ichgani
uchun buni sezmadimi, tekshirib ko‘ring. Shuni bilingki,
hatto bir necha ryumka aroq ham sezuvchanlikni ancha
pasaytirib qo‘yishi mumkin.
• Zarur bo‘lsa, gipotermiyadagi kabi birinchi yordam
ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |