Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet13/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

TUYG‘ULAR JANGI.
Baxtning to‘ni yirtiq armon tig‘idan,

Omad yaralangan alam ortida.

Muhabbat jizg‘anak hijron cho‘g‘idan,

Mehr sovuq yegan qahr qorida.


Dunyoning azaliy haqiqati bu,

Qarama-qarshilik maydoni olam.

Hayotiy, insonning aqidasi shu,

Bola onam deydi, ona der bolam.


Tuyg‘ular kurashi daxshatliroqdir,

Qilich va qalqonning qarsillashidan.

Ko‘ngillar tug‘yoni vaxshatliroqdir,

Shamolda quyunning izzillashidan.


Sevgi ayriliqning etagin tutgan,

Zalolat opichgan ishq yelkasiga.

Mushtoq oshiq o‘zin ma’shuqin kutgan,

Ishonib tushdagi malikasiga.


Tarixan xiyonat vafoga egiz,

Hayot degan ikki yo‘ldan iborat.

Juft so‘qmoq so‘ngida savollar cheksiz,

Miskinda sabr yo‘q, boyda sahovat.


Hayol qanotida uchgan orzular,

Go‘yo saroblarga intilgan qushdek.

Umidlar oshiqar, uchqur ohular,

Yomonlikni haydar kechagi tushdek.


Tuyg‘ular kurashi-hayotning rangi,

Maqsadsizning umri - oq-qora surat.

Ranglarga burkaylik kunni ertangi,

Barcha hodisada yashaydi hikmat.


HASRAT.
Sen yonimdan ketding,

Qalb uyim tark etding,

Sensiz yashamoq og‘ir.
Ketding ishorasiz,

Qoldirding chorasiz,

Ko‘ngil nuragan chodir.
Soyga so‘z aytaymi?

Oyni uyg‘otaymi?

Yoki shamollarda uchaymi.
Sen bu muhabbatda,

Yolg‘ondan yondingmi?

Bergan ahdingdan tondingmi?
Hasratda…

Yo‘llarga ko‘z tikaman.

G‘am anduhlar yutaman,

Sog‘inch yoshin to‘kaman,

Ko‘zdan.
Men kabi bir oshiq,

So‘zlariga sodiq,

Faqirning qadrini bilmassan.
Men kabi bir yorni,

G‘amga giriftorni,

Dardiga bir davo bermassan.
Hasratda…

Yo‘llarga ko‘z tikaman.

G‘am anduhlar yutaman,

Sog‘inch yoshin to‘kaman,

Ko‘zdan.
O‘G‘LONLAR.
Serquyosh, ozod yurtni,

Mard yigitlar asragay.

Fido aylab bir jonni,

Milyon jonni saqlagay.


Turar misli burgutday,

Chegarada o‘g‘lonlar.

Istiqlolga sovutday,

Go‘yo po‘lat qalqonlar.


Manguberdi shiddati,

Temurbekning shahdi bor.

Alpomishning kelbati,

Navoining aqli bor.


Vatan deb joni halak,

Vatan deb kechar yordan.

Vatan deb urar yurak,

Hayiqmas hech ag‘yordan.


Ular sergak, bizlar tinch,

Yog‘iy bosmas qadamin.

Ular tirgak, qadding hech,

Bukilmagay Vatanim!


Istiqloling porlagay,

Manguga quyosh bo‘lib,

Yorug‘ yo‘lga boshlagay,

O‘g‘lonlaring bosh bo‘lib.



YIG‘LATDING.
Qilib sarson, azoblab jon, meni ko‘p bora yig‘latding.

Otib paykon, qilich mujgon, seney ayyora yig‘latding.


G‘amim ustig‘a g‘am qilding, azobing dilg‘a jam qilding,

Ko‘zu ko‘nglimni nam qilding, seney makkora yig‘latding.


Haris bo‘ldim muhabbatg‘a, javob ayla bu xilqatg‘a,

Desam berkitma zulmatg‘a, yana takrora yig‘latding.


Junun sahrosig‘a ketdim, g‘ariblik komig‘a yetdim,

Alardek ishq yo‘lin tutdim, sanam oshkora yig‘latding.


Hayotning ashkidin tiymay, etib nochora yig‘latding.

Kelib xushnud qilib to‘yday, go‘zal dildora yig‘latding.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling