Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet6/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

YOR-YOR KELDI.
Bugun yorim ko‘chasidan yor-yor keldi,

Bu kuylardan yuragimga ozor keldi.

Qayda to‘y-u, lekin bizning uyda motam,

Menga xazon, kimlargadir bahor keldi.


Taqildimu tilla uzuk barmog‘iga,

Talpindimu o‘zga bog‘bonning bog‘iga.

Dil zorimni eshitgandi ul bevafo,

Sevishimni aytgan edim qulog‘iga.


Yorim ketar paranjidan asta qarab

Yosh bilmagan ko‘zlariga surma surkab.

Menchi qoldim hasratlarga ko‘milgancha,

O‘zga uyda qadrdonga baxtlar tilab.


Yolg‘iz qolsin ashkka to‘lgan qaroqlarim,

Mehmon faqat sirlashgani firoqlarim.

Qo‘lim cho‘zsam yetmas edi avvallari,

Yiroqlashib ketdi yana yiroqlarim.


Armonlarim quchdi zirhli sirtmog‘ida,

Qonlar oqar muhabbatim irmog‘ida.

Shum yangalar odatlarni bilishmaydi,

Tishlarimning izlari bor qulog‘ida.


Bugun yorim ko‘chasidan yor-yor keldi,

Yor-yor bilan mening sevgimga dor keldi.




VATAN.
O‘ychan tikilaman somon yo‘liga,

Quloqqa chalinar asriy sadolar.

Echkiemar oshiqqan kuyuk cho‘liga,

Vatanga talpinar shoh-u gadolar.


Ona, ona deymiz bizlar vatanni,

Vatandan yaxshiroq ona bo‘lmaydi.

Bir kuni o‘lmo‘gi tayin onani,

Vatan mangu qolar, vatan o‘lmaydi.


Ne deb ta’rif qilsam topilar oti,

Ifori, tafti bor har bir maysada.

Yurakdan o‘chmagay ajdodlar yodi,

Olamda o‘zbekdek el yo‘qdir sada.


Rimga teng bilmayman qilmayman qiyos,

U yerlarda pishmas shirmoy kulchalar.

Ikki cheti gula burkangan qiyg‘oz,

Menga janatdek shu tuproq ko‘chalar.


Dilga ilhom berar ma’sum jilvasi,

Kamalak tovlanar misli bir chaman.

Quloqqa quyilgan tanovvor sasi,

Orombaxsh kuylarda yashaydi Vatan.


Jamolini to‘kis chizmoqqa,

Rangi yetmay qolar qalamni.

Yoki to‘liq asar bitmoqqa,

So‘zi yetmas kutubxonamni.


Qisqa so‘zda to‘xtadim men ham.

Asalning ham ozi zo‘r yutim.

O‘zbek xalqin oridek mahkam,

Mudom boqiy yashagin yurtim.

***

Yurak urib tursa bas,



Ishq quyoshi botmaydi.

Olyapmizmi biz nafas,

Sevgisiz tong otmaydi.
Kimlarga erta mehmon,

Kimga kelar kechikib.

Yoriga talpinar jon,

Ellikda ham ichikib.


Ishq shundayin og‘uki,

Qari, yosh tanimaydi.

Unga oshno bo‘lgandan,

Oltmishda arimaydi.


Sochga qor qo‘nsa ne tong,

Yurak borku qoraqosh.

Sevgi urar tinmay bong,

Nima bo‘pti yetmush yosh.


Qadoq bosgan qo‘lda ham,

Gul tutsa bo‘lar yorga.

Axir kuzdagi shabnam,

Talpinadi bahorga.

Barchaga teng, barobar,

To‘shalgan sevgi ko‘shki.

Saksonda qo‘lda aso,

Navqiron bo‘lar ishqi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling