Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet5/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

BIR QIZ SUYMABMAN.
Birdan ortga nazarim tashlab,

O‘ylab ko’rsam, dardim bilmabman.

She’r yozibman boshimni qashlab,

Yozibman-u, bir qiz suymabman.


Maftun qildi meni bu dunyo,

Boshqasiga parvo qilmabman.

Ishq degani sarob deb go‘yo,

O‘ylabman-u, bir qiz suymabman.


Yigirmadan o‘tsa ham yoshim,

Men bolaman, katta bo‘lmabman.

Yo yetmadi ishqqa bardoshim,

Qorqibmanmi? Bir qiz suymabman.


Sochimga oq oraladi sal,

Muhabbatla ko‘ksim tilmabman.

Go‘zallarga yozib she’r, g‘azal,

Kuylabman-u, bir qiz suymabman.


Yolg‘on ekan bor bitganlarim,

Sof tuyg‘u deb o‘zim tuymabman.

Farishtami? men kutganlarim,

Kutibman-u, bir qiz suymabman.


Shamollarga sochilib hayol,

She’r yozibman sira to‘ymabman.

Chorak asr ketdimi zavol,

Yashabman-u, bir qiz suymabman.


Ba‘zi qizlar ko‘ngilga toqsa,

Andisha-la ismin so‘rmabman.

Qo‘shni qizlar gar kulib boqsa,

Kulibman-u, birin suymabman.


* * *

Chiqb qolsam uychamdan,

Bir qiz o‘tdi ko‘chamdan.

Ertakdagi go‘zaldan,

Go‘zalroqdir ming chandon.
Yuzida lolasi bor ,

Labida gilosi bor .

Bu ichikkan ko‘ngilni,

Sanamga ixlosi bor.


Sochlari biram mayin,

Chiroy ochar kun sayin.

Bu turishda suluvni,

Sevib qolmog‘im tayin.


Makonim koshonamas,

Yashashim shohonamas.

Muhabbatim chin erur,

Aytganim bahonamas.


Menga boqsa qaniydi,

Ichim yoqsa qaniydi.

Bugun ismin sorayman,

Ammam uni taniydi.


Yana chiqdim uychamdan,

Yana o‘tdi ko‘chamdan.

Uyimda gulzorim bor,

Uzib beray g‘unchamdan





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling