Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet4/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

SEN KELMAGAN KUN.
Begonadir hayot gashti,

Yondiradi hijron dashti.

Quyiladi ko‘zlar ashki,

Sen kelmagan kun.


Sen chiroqsan, parvonaman.

O‘char bo‘lsang giryonaman.

Bilarmisan to‘lg‘onaman,

Sen kelmagan kun.

Biyobonda yurgandayman,

Jazirada turgandayman.

Go‘yo besas yig‘layman man,

Sen kelmagan kun.


Hasratlardan harobot dil,

Sevinch qochib, bo‘lgum mahzun.

Hayollarim izlar manzil.

Sen kelmagan kun.



QULLUQ QILAMAN.
G‘ururi tog‘, or-nomusi tog‘,

Shu tuyg‘uni men ham tuyaman.

Bag‘rikeng va mehrga o‘choq,

Men o‘zbekka qulluq qilaman.


Joni yuzta, yo‘q! joni mingta.

Sabri undan ko‘proq bilaman.

Ellar bisyor, dunyoda bitta,

Men o‘zbekka qulluq qilaman.


Egnidadir do‘ppi, choponi,

Bellariga belbog‘ bo‘laman.

Kaftda tutgan O‘rta Osiyoni,

Men o‘zbekka qulluq qilaman.


Ezgulikdir har bir a’moli,

Har kuni bir to‘yda ko‘raman.

Butun noni butun imoni,

Men o‘zbekka qulluq qilaman.


Beklar yeydi yog‘li oshimni,

Men o‘zbekman, bekman, to‘raman.

Mayli egib baland boshimni,

Men xalqimga qulluq qilaman.




MUSOFIRLAR.
Yiroqdan baxt izlaganlar,

Qahratonda muzlaganlar.

Mehr ko‘rmay bo‘zlaganlar,

Joni halak musofirlar.


Ishonib puch va’dalarga,

Har xil aldov, nag‘malarga.

Chidar qiynoq, ta’nalarga,

Qul-u malay musofurlar.


Ona bag‘ri qon bo‘ldimu?

Kutib hastajon bo‘ldimu?

Oshing qotgan non bo‘ldimu?

Joni sarak musofirlar.


Yotlar senga el bo‘larmu?

Yot yurt ona yer bo‘larmu?

Sher qafasda sher bo‘larmu?

Yurting tirgak musofirlar.


Ota-onang g‘animardir,

Azal rostdir asotirlar.

O‘zbekliging haqiqatdir,

Yurtingga qayt musofirlar


YURT TA’RIFI.
Noming eshitganda xapqirar yurak,

Yurt yo‘qdir dunyoda o‘zingdan buyuk.

Qizing misli gul-u, o‘g‘ling sheryurak,

Onamdek kuyuksan, otamdek kuyuk.


Shahar-u, qishloqlar obod va to‘kis,

Bog‘larda bulbullar shodon kuylaydi.

Qozoq, tojik, tatar, qirgiz-u, o‘ris,

Bag‘ringda osoish, totuv yashaydi.


Bag‘rikeng makonsan, ezgulikka kon,

O‘g‘lonlar dong‘ingni yoyar olamga.

Shavkat-u shoningga qo‘shib yana shon,

Mehringni jo qilay yurak jolamga.


Har joyda taniqdir do‘ppi choponing,

Har yerda bilishar Sohibqironni.

Alisher tilidan chiqqan navoing,

Chin gap qalam bilan olgan jahonni.


Ajdodlar yodi biz avlodlarda jo,

Ularga munosib bo‘lmoq saodat.

Yurtim ming yil tursin, deymiz Inshaollo,

Bu ezgu duolar bo‘lsin ijobat.


Tilagim zarrasin yozib qog‘ozga,

Uning choragin ham sig‘dirolmadim.

Tarifing sig‘maydi million ovozga,

Maqtovingni yaxshi keltirolmadim.



ONAJON.
Onajon sen menga jon berding,

Onajon sen menga qon berding.

Tunlar bedor aytgan allang-la,

Oromimga zo‘r imkon berdin.


Ey tunlarni tongga ulagan,

Ey qo‘llari qadoq belagan.

Men beyurak, nokas bolangman,

O‘zin o‘ylab, qadring bilmagan.


Ona, shuncha bo‘libman bedil,

Ona, seni unutdim butkul.

Bayram yoki boshqa niyat-la,

Qo‘llaringga tutolmabman gul.


Sen bayramni bilmaysan ona,

Senga asli bu so‘z begona.

Ezib tashla, vujudimni bos,

Jonim bo‘lsin senga ostona.


Uyoqda-chi o‘z ishin qolib,

Kuyinasan xatto bolamga.

Erkalaysan bag‘ringga olib,

Mehring sig‘may ketar olamga.


Cho‘ntagingdan bir nima olib,

Tutqazasan darrov qo‘liga.

Shu bir g‘odak mehring bilarmi,

U ham o‘sib, ketar yo‘liga.


Ona asli jannatim o‘zing,

Ona asil davlatim o‘zing.

Har lahzada duoying madad,

Ona to‘kis savalatim o‘zing.


ISHQQA MADHIYA.
Ishq sen mening umrim shamisan,

Ishq umrimning shirin damisan.

G‘amda kuygan aqrabolarga,

Sen yupanchsan, dil malhamisan.


Chanqoq yurak sendan suv ichar,

Orzu-tilak olamni quchar.

Senga hamroh oppoq ko‘ngillar,

Kabutardek ortingdan uchar.


Majnunni sen devona qildin,

Farhodni mard, mardona qilding.

Diloromning suratin chizib,

Bahromni mast, mastona qilding.


Tashvishingda men ham adoman,

Allohga ham yorga shaydonman.

Ming bir ushshoq ahli nomidan,

Senga tahsin aytar sadoman.




BURILISH.
Qismat ekan, qismatimda qochmadim,

Kalta o’ylab, ko‘ngil sirim ochmadim.

G‘amlar kelsa yurak unga qabriston,

Alamimni chiqarmadim, sochmadim.


Qiyin bo‘ldi menga yashash odatdan,

Kunim o‘tdi og‘irroq zo‘r ofatdan.

Charchadi ham, qiyma bo‘ldi hasta jon,

Har lahzada otilgan nadomaddan.


Siyladim bu og‘riq dilni dard bilan,

Ko‘ksimdagi qonni yuvdim gard bilan.

Bu hayotdan qochgim kelardi chunon,

Qoldim faqat bir yagona shart bilan.


Ilinj shudi, qoldim ota-onam deb,

Qoldim shu-chun, tug‘ilsa gar bolam deb.

Jon kirdi bu jondan kechgan jonimga,

Har tong bolam erkalaydi, dadam deb.


Meni qayta tiriltirdi o‘zi-la,

Alloh birmas, ikki jon bunyod qildi.

Bir bolaning jovdiragan ko‘zi-la,

Qovjiragan ko‘ngilni obod qildi.


Endi mana uning uchun yashayman,

U osh desa, tog‘lardan ham oshayman.

Otam bir vaqt xursand bo‘lgam mendayin,

Mana bugun men o‘sha odamdayman.



YOMG‘IR.
Erta tong yomg‘irning mayus shiviri,

Dardini aytolmay yig‘laganmikan.

Xush yoqar yurakka uning sururi,

Yo bizni ishq bilan siylaganmikan.


Esimda o‘sha on yomg‘ir ostida,

Senga yuragimni to‘kib sochganim.

Andisha, tahlika qo‘rquv ostida.

Bir necha bahorlik sirim ochganim.


Qancha fursat, o‘tdi qancha suv oqdi,

Yodimda hamon bor o‘sha xotira.

Boshimga yillar o‘z oq gulin taqdi,

Muhabbat hamon yosh, ma’sum bokira.


Har tomchi tushganda bir sevinaman,

Ikkinchi tomchida o‘kinch qiynaydi.

Orziqib, samoga zor termulaman,

Bu tilsiz tomchilar dardim bilsaydi.


Yana yomg‘ir yog‘ar, rohatbaxsh lahza,

Yana vujudimga titroq kiradi.

“Dada” yomg‘ir yog‘ar, oh muzdek, maza,

O‘g‘lim men tomonga chopib keladi.


Bolam so‘rar nega yomg‘ir yog‘adi,

O‘g‘lim, yulduzchalar yig‘lagandir-da.

Ular ham yig‘larmi, dada nimaga?

Senga o‘xshab, chopib yiqilgandir





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling