Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Sarflagan pulingizga shukur qiling
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
25.
Sarflagan pulingizga shukur qiling. Agar siz Angliyaning Londonga borsangiz, Floyle-shahridagi eng qadimgi kitob do’koniga tashrif buyurishni unutmang. Men bu yerning changib ketgan tokchalaridan dunyoning boshqa kutubxonalariga qaraganda qimmatbaho dur-u gavharlarni ko’proq terib olaman. Inson o’ziga o’zi yordam qilishni o’rgatadigan adabiyotlarning shinavandasi bo’lganligim sababli, ko’pincha do’konning shu qismiga o’zimni bag’ishlayman. Men doimo uncha mashhur bo’lmagan, ammo yashashning yangi 27 san’ati haqida bir qancha nazariyalar beradigan, hayotimni yaxshilashga yordam beradigan kitoblardan tanlayman. Foyleda esa bunaqalarini har doim topaman. Bir qancha yillar muqaddam, “Sehrni miyangizda shakllantirish” nomli kitob topib olgandim. Bu asar deyarli 30 yil oldin, keyinchalik “Dunyoning eng yaxshi aqliy sehrgari” bo’lgan, Al-Koran tomonidan yozilgan edi. “Boylik siri” deb nomlangan bobida u quyidagilarni yozgandi: “Qachonki pulingni ishlatganingda, eslab qol, doimo baxt so’ra va shukronalik qil. Bu baxt faqat o’zingni emas, hammani baxtli qilishini so’ra. Pulingni sarflaganingda, u ochlarni to’ydirishini, kiyimsizlarni kiyintirib qo’yishini va senga milliondan biri bo’lib qaytib kelishini so’ragin. Bunga yengil qarama. Men jiddiy aytyapman”. Keling keyingi yillaringizni Al-Koranning maslahatlariga amal qilgan holda davom ettiring va natijalardan bahramand bo’ling. Agar siz oziq-ovqat uchun sarf - xarajat qilgan bo’lsangiz, sekingina bu mahsulotni shu yergacha olib kelishga sababchi bo’lgan insonlardan minnatdor bo’ling, shukronalik qiling: ularni o’stirgan fermerlarga, yetkazib bergan insonga va uni sotayotgan sotuvchiga ichingizdan minnatdor bo’ling. Siz bolangizning bilimini tekshirayotgan paytingizda, nega endi ularning dunyoqarashini kengaytirishga erta-yu kech urinayotgan o’qituvchilarga ham sekingina ichingizda rahmat aytib qo’ymas ekansiz. Gazeta sotib olganingizda, bu gazetaning orqasida qattiq mehnat qilgan insonga minnatdorchilik bildiring. Sotib olish uchun bergan pullaringiz uning hayotini birmuncha yaxshilashga umid qiling. Zero, abadiy haqiqatlardan biri aytganidek: “Bergan qo’llar albatta oladi”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling