Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Doimo o’zingiz bilan kitob olib yuring


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

28. 
Doimo o’zingiz bilan kitob olib yuring
 
 
AQSH yangiliklari va dunyo xabarlariga ko’ra, hayotingiz davomida siz sakkiz oy 
keraksiz, rasvo xatlarni ochishga, ikki yilini qo’ng’irog’ingizga javob berilmagan 
holatlarga, besh yilini aloqada qolish bilan sarflab yuborar ekansiz. Mana shu berilgan 
fakt asosida, vaqtingizni nazorat qilishning eng oson, biroq eng aqlli yo’li bu – hech 
qayerga qo’lingizda kitobsiz bormaslik. Boshqalar telefonda aloqada qolib, kutib 
o’tirishdan shikoyat qilib o’tirgan paytida, siz miyangizni eng zo’r kitoblardagi boy 
fikrlar bilan to’yintirib, rivonlantirib borasiz.
“O’lguningga qadar, qanday yashashni o’qishda davom et”, deb aytib o’tgan edi Rim 
faylasufi Senesa. Biroq, ko’p odamlar maktabni bitirganidan so’ng, varoqlari kam 
bo’lgan kitobdan boshqa kitobni o’qishmaydi. Mana shunday jadal o’zgarishlar davrida, 
fikrlar xuddi muvaffaqqiyat mahsuloti kabidir. Bu esa xarakteringizni yaxshilaydigan, 
iliq munosabatlarni bog’laydigan va hayotingizni inqilobiy o’zgartiradigan to’g’ri kitob 
tanlash bilan boshlanadi. Yaxshi kitob xuddi faylasuf Genri Devid Toreau Valdenda 
aytganidek: “Shunday so’zlar borki, ular aynan bizning holatimizga mos keladi. Agar


30
biz haqiqattan ham ularni eshitsak, tushunsak, bu ko’proq va yaxshiroq ta’sir qiladi va 
balki, biz uchun ko’pchilik narsalarning yangicha ko’rinishi yaratishi mumkin. 
Qanchadan qancha odamlar kitob o’qish orqali o’zlariga yangicha hayot 
kashf 
qilishganlar. Kitoblar bizning mo’jizalarimizni tushuntiradi va yangilarini ko’rsatadi”. 
Hayot tarzingiz yaxshilanishi sizning qanchalik darajada qattiq ishlashingizga emas, 
balki qanchalik to’g’ri fikrlashlaringizga bog’liq. Xuddi, liderlik nutqlarimda 
aytganimdek: “Bugungi kunning eng zo’r yetakchisi, lideri, bugungi kunning eng zo’r 
fikrlovchisi hamdir”. Keyingi besh yilda qanday insonga aylanishingiz ikkita asosiy 
ta’sirga bog’liq bo’ladi: siz muloqotda bo’lgan insonlar va o’qigan kitobingizdir. 
Ko’pincha seminar tinglovchilarimga “Sinderella Tennis”ini o’ynashimni hazillashib 
aytaman. Bir o’zim o’ynaganimda qanchalik harakat qilmay yaxshi o’ynolmayman. 
Lekin, o’zimdan yaxshiroq o’ynaydigan inson bilan o’ynaganimda, mo’jiza ro’y beradi. 
Koptokchani shunday havoda uchiramanki, harakatlarim xuddi tajribali tennis 
o’ynovchilariga o’xshab ketadi. Yaxshi kitobni o’qish ham shunga o’xshash hodisani 
olib keladi. Agar siz miyangizni sizdan oldin yashab o’tgan buyuk shaxslarning
g’oyalari bilan ochsangiz, sizning o’yiningiz yaxshilanadi, dunyoqarashingiz kengayadi 
va siz o’zingiz uchun yangi darajadagi donolikni kashf etasiz.
Kitob o’qish sizni 24soat davomida dunyoning eng ijodkor, ruhlantiruvchi va aqlli 
odamlari bilan uchrashtiradi. Aristotel, Emerson, Gandi, Toreau, Dorosea Brande va 
boshqa mashhurlar hozir o’z bilimlari bilan kitoblari orqali sizlarga ulashishni kutib 
o’tirishibdi. Nega endi siz mana shunday imkoniyatdan imkoningiz boricha foydalana 
olmas ekansiz? Agar siz bugun o’qimasangiz, demak bugun yashamagansiz. Va qanday 
o’qishni bila turib lekin, o’qimagan inson, o’qishni xohlagan biroq buni bilmagan 
insonning holati bilan tengdir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling