Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Sevgi hisobini yarating
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
29.
Sevgi hisobini yarating Bir kuni Ona Tereza shunday degan ekan: “Hechqanday buyuk ishning o’zi yo’q. Faqatgina kichik vazifalar buyuk muhabbat bilan bajariladi”. Qanday kichik ishlar buyuk muhabbat bilan qilinadi? Qanday qilib arzimagan harakatlar bilan siz va sizga qadrli insonlar bilan munosabatlarni mustahkamlash mumkin? Qanday qilib muhabbatingiz mahsuli bo’lgan kichik ishlaringiz bilan o’zgalar kunini ozgina bo’lsa ham yaxshilay olasiz? Umuman olganda, boshqalar kayfiyatini ko’tarib, yordam qilganda, siz ham o’zingizni yaxshi his qilasiz. Muhabbatni ulashib, sevgi hisobini yaratasiz. Har kuni boshqalarga ozgina baxt ulashganingizda bergan muhabbatingizni hisoblab boring. Yoringizga hech qanday sababsiz, bir dasta yangi uzilgan gullarni sotib olish, eng yaqin o’rtog’ingizga o’zingiz sevgan kitobning bir nusxasini yuborish, yoki bolalaringizga vaqt ajratib, ular haqida 31 nimalarni his qilayotganingizni aytish yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishning yaxshi misollaridandir. Hayotdan o’rgangan bir darsim shuki, arzimagan kichik narsalar katta, buyuk narsalar ekan. Ana shunday kichik kunlik sevgi hisoblari, bank hisobotingizdagi pullardan ko’proq baxt olib keladi. Emerson notiqlarcha shunday degan: “Boy qalbsiz – boylik, bir xunuk gadoydir”. Yoki Tolstoy aytganidek: “Baxtga erishish ma’nosi xuddi o’rgimchak to’ridek mehringizni har yoqqa sochish va har tarafdan o’sha muhabbatni qaytarib olishdir”. 30. Insonlar ko’zlaridan yashirin Dunyodagi barcha insonlar ularni tushunishlarini, sevilishlarini va hurmat qilinishlarini istashadilar. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonimizda, ko’pchilik insonlar uchun kimnidir eshitish boshqa bir insonning gapirishdan to’xtashini kutishdan boshqa narsa emas. Va vaziyatni yana ham chigallashtiradigan narsa, kimdir gapirayotgan paytida uni chin dildan tinglab, e’tibor bilan eshitish o’rniga o’zimiz qanday javob aytishimizni o’ylab turamiz. Boshqaning fikrini diqqatlik bilan eshitib uni tushunishga harakat qilishingiz, o’sha inson gapirayotgan fikrlarini va uning o’zini inson sifatida hurmat qilishingizni ko’rsatadi. Agar sizga gapirayotgan va dunyoni o’z dunyoqarashi bilan ko’rishga harakat qilayotgan insonning ko’zlari ortiga yashirinsangiz siz ishonch ostida qurilgan, uzoq davom etadigan munosabatlarni yaratasiz. Bizda bir sabab bilan ikkita ko’zlar va bitta og’iz bor: ikki marta eshitish va bir marta gapirish. Xushmuomilalik bilan yaxshi eshitishning yana bir foydali tomoni ham bor. Siz gapirmasdan eshitayotganingiz uchun odatiy monologingizdagi unutib qoldirayotgan ma’lumotlarni olasiz, kerakli narsalarni o’rganasiz. Quyidagi ro’yxatda eshitish san’atida yaxshi bo’lishi uchun maslahatlar berilgan: • Agar siz suhbatdoshingizga gapirayotgan paytingizda, u sizga oxirgi 60 daqiqa ichida hech nima demagan bo’lsa, demak u sizdan zerikayapdi va ko’p gapirishingizni to’xtatishning ayni vaqti bo’ladi. • Halaqit beradigan aldovlarga chek qo’ying. Aldamoqchi bo’lganingizda o’zingizni tuting va sizga so’zlayotgan insonga diqqatingizni qarating. • Agar aniq faktlar bo’ladigan bo’lsa (biznes ishlarida), yozib boring. Juda kam narsalar suhbatdoshingizdan juda ko’p narsalarni o’rganishingizni istashingizni u gapirayotgan paytida yozib olishdek aniq ko’rsatmaydi. • Suhbatdoshingizni eshitganingizdan so’ng, darrov javob qaytarishga shoshilmang. Eshitganlaringizni miyangizda qayta aks ettiring. Buni “O’ylashimcha siz …shunaqa deyapsiz-a?” yoki “Sizni yana ham tushunib olishimga amin bo’lishim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling