33
Bilim - kuch emas. Bilim faqatgina yashirin qobiliyat. Bu qachonki siz uni amalda
qo’llaganingizda haqiqiy kuchga aylanadi.
Kuchli xarakter va fazilat egasining belgilari eng
oson ishni tanlaganida yoki
zavqlanish uchun bajariladigan ishlarni bajarishida ko’rilmaydi. Chuqur axloqli
insonning belgilari o’zi xohlagan ishni qilishdan ko’ra qilishi kerak bo’lgan
vazifalarni
bajarganda ko’rinadi. Yaxshi xarakter sohibi kunini tog’ri bo’lgan ishlarga sarflaydi.
Charchoqli ishdan keyin uch soat televizor ko’rgandan ko’ra, divandan tushib bolalariga
kitob o’qib berishga jasorat topa oladi. Qishning sovuq saharlarida ertalabgacha
yotgandandan ko’ra, o’zi qo’ygan
tartib-intizomga amal qilib, yotog’idan tushadi va
yugurishga ketadi.
Shunday qilib, harakatni bir odat deb olsak, qancha ko’p
ijobiy
faoliyatga odatlansangiz yana shuncha ko’p ularni bajargingiz kelaveradi.
Odatda, orzuimizdagi hayotni oldimizdan chiqib qolishini kutib utiramiz. Ammo,
o’sha hayot kutishimiz orqali emas uyg’onishimiz orqali vujudga kelishini unutib
qo’yamiz. Orzu qilish zo’r. Biroq, faqat zo’r g’oyalarni o’ylashning o’zi
biznesingizni
boshlashingiz uchun kamlik qiladi. Qalbingizdan siz bo’lishingiz mumkin bo’lgan
insonga o’zgaring. Tomas Karlilening so’zlariga ko’ra, “Insoniyatning oxiri harakat, o’y-
fikrlar emas”. Sal harakat qilish ham bekorchi o’y-fikrlarga berilishdan ko’ra yaxshiroq.
Do'stlaringiz bilan baham: