“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
160
TO‘RA SULAYMON SHE‘RLARIDA SO‘ZLARNING MA‘NO KO‘CHISHI
Azizova Diyora Abdumannob qizi,
Guliston davlat
universiteti, Filologiya fakulteti
"O‘zbek tili va adabiyoti kanfedrasi" 2- bosqich
talabasi
She‘riyat - xalq mulki. She‘riyat osmonida minglab ko‘zga ko‘ringan, xalq qalbidan joy
olgan shoirlar bisyor. Shunday shoirlardan biri To‘ra Sulaymondir.
To‘ra Sulaymon o‘zbek adabiyotiga dilbar she‘rlari publisistik
maqolalar bilan birga
“Qorasoch“,” To‘lgonoy“,”Yovqochdi“,"Mangulik“ turkum asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan .
Amalda so‘zlarning ma‘no ko‘chishiga metofora ,
metonimiya, vazifadoshlik ,
sinekdoxa kabi
hodisalarni o‘z ichiga oladi . Metofora yunoncha “matapora “ ko‘chirma degan manoni anglatadi .
Metofora nisbiy o‘xshashliklar ega bo‘lgan ikki predmetdan birining nomi bilan ikkinchisini atash
hodisasidir.
Metonimiya yunoncha “metanymia”- qayta nomlash degani . Metonimiya narsa va
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi asosida bir predmet nomi bilan ikkinchisini ifoda etishdir . Ular
o‘rtasidagi doimiy bog‘lanish tufayli birini aytganda ikkinchisi ham anglashiladi .
Masalan , bir
kosa suv ichdim o‘rniga, bir kosani simirdim . Navoiyning asarini o‘qidim kabi . Sinekdoxa
yunoncha “sinekdoxa“ birga anglamoq qo‘shib fahmlamoq degan ma‘noni anglatadi.Sinekdoxa
qismining nomi bilan butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir . Masalan , “ bosh
“ yoki “ tuyoq" kabi so‘zlarining qoramol qo‘y – echki ma’nosida, “ tirnoq “ so‘zining
farzand
makonida qo‘llanishi . Vazifadoshlik muayyan narsaning vazifasini ikkinchi bir narsa bajarishi
natijasida avvalgining nomi bilan keyingilarini ham ifodalashdir . Masalan , “ siyoh “ so‘zi ilgari
yozuvda “ Qora rangli suyuqlik “, keyinchalik yozishda ishlatiladigan “ turli rangdagi suyuqlik “
ma‘nolarida qo‘llanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: