Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
Badiiy asar iste’dod tomonidan yaratiladi, u devor emaski, hashar yo’li bilan tiklab
qo’yish mumkin bo’lsa.
Har bir asar bamisoli gulga o’xshaydi. Gulning bir xili yaxshi hid bersa, ba’zisi
qo’llansa bo’ladi. Yozuvchi ham shunday, yaxshi bo’y taratadigan bo’lishi kerak.
Qalam - ijodkor qo’lida bamisoli qilich, uni qanday o’ynata bilish qalamni tutgan
kishiga bog’liq. She’riyatmi, prozami, dramaturgiyami…buning ahamiyati yo’q. hamma
gap tanlangan mavzu, yig’ilgan omil, ya’ni har bir masalligning qopqog’I, loyiq kelgan o’z
qozonida dimlangan-dimlanmaganida.
Timay qoqqan eshik ochiladi. G’oyibdan qandaydir bir ilohiy kuch kutib yashash-
suvga suyanganday gap.
Adabiy vahimachilikdan hanuz qutilmagan shubha bandalari tuyxumdsan tuk
qidiradi, maydonga kelgan har bir asarnitirnoqlab, hidlab, iloji bo’lsa, yozuvchining
boshiga chertib ko’rishni, bulardan albatta nuqson topishni, loaqal asarni shubha ostida
qoldiradigan har xi limo ishoralar qilishni, chala-yarim gaplarni aytib, mish-mishlarga
oziq berishni o’zining kasbi hisoblaydi. Bu xildagi shubha bandalari uchun yozuvchi
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
ularning hukmini kutib, qora kursida o’tirgan gunohkor: kitobxon, tomashabin esa
bog’cha yoshidagi bolalar!
Asardagi har bir ism ortida tirik odam turadi. Rostki, kitobga bir odamni olib
Do'stlaringiz bilan baham: |