MBIning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishga oid innovatsion yondashuvlarni joriy etish metodikasini ishlab chiqish.
Bitruv malakaviy ish bo‘yicha belgilangan vazifalar:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishga innovatsion yondashuv qilish uchun imkoniyatlarning etarligini asoslab olish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishga oid tashkiliy-tuzilmani metodik jihatdan asoslash;
o‘quvchilar matematik tafakkurini yuksaltirishga oid innovatsion yondashuv metodikasini ishlab chiqish;
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning innovatsion yondauv qilish metodikasini ishlab chiqish.
Bitruv malakaviy ish bo‘yicha tadqiqot ob’ekti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv –biluv faoliyatini yuksaltirishga innovatsion yondashuv qilishdagi ta’lim-tarbiya jarayoni.
Bitruv malakaviy ish bo‘yicha tadqiqot predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishning pedagogik shart-sharoitlari, usullari va vositalari.
Bitruv malakaviy ish bo‘yicha tadqiqot usullari: Mavzuga oid manbalarni o‘rganish; boshlang‘ich ta’limga oid o‘quv dasturlari, darsliklar va boshqa o‘quv adabiyotlarini o‘rganish; innovatsion yondashuv usullaritni joriy etishni amalga oshirish va shu kabilar.
Bitruv malakaviy ish bo‘yicha tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishga innovatsion yondashuv qilishga didaktik asoslar va imkoniyatlar etarliligi metodik jihatdan asoslandi;
boshlang‘ich o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini yuksaltirishning tashkiliy-tuzilmaviy model ishlab chiqiladi;
o‘quvchilar matematik savodxonligini oshirishga oid innovatsion yondashuv metodikasi ishlab chiqildi;
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga oid innovatsion yondashuv metodikasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |