Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Masala ona tomonidan adolatli hal qilindimi?


Download 450 Kb.
bet32/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

Masala ona tomonidan adolatli hal qilindimi?
Javob: Bu erda akaning ham ahloqiy, ham huquqiy normalari poymol qilindi. Masala adolatli hal qilinmadi. Aka-uka orasida mehrsizlik munosabatlarining paydo bo’la boshlashiga birinchi zamin yaratildi. Ukaning esa bundan buyon yolg’on gapira boshlashi uchun yo’l ochib berildi. Bunday holatlar bir necha bor takrorlansa, aka: ota-onam mendan ko’ra kichkina ukamni yanshi ko’rar ekan, - degan nulosaga keladi. Adolatsizlik zamirida aka ichimdagini top deydigan, oiladagilarga va aka-ukalariga bemehr bo’lib tarbiyalana boshlaydi. Agar ona qani, yur-chi o’g’lim, - deb aka va ukani yuzlashtirib, haqiqatni, ya’ni akaning urmaganini aniqlaganida, ukaning tunmat qilayotganini bilib, o’z vaqtida chora ko’rganida edi aka-ukalar orasida mehr, ishonch, bir-birini hurmat qilish, aldamaslik, qilgan aybini tan olib ish ko’rish kabi ko’nikmalarni oilada shakllantirgan bo’lar edi.
«Nudbinlik – katta illat!»
Masala 7. Bir hovlida ikki aka-uka istiqomat qilishadi. Aka o’g’liga mashina o’yinchoq harid qildi. O’g’li esa mashinani hovliga olib chiqib, o’ynay boshladi. Buni ko’rgan ukaning o’g’li men ham o’ynayman deb o’yinchoqqa yopishib, uni tortib oldi. Bolalar janjallashib qolishdi. Bu holatni ko’rib turgan ovsinlarning kattasi o’yinchoqni o’z o’g’liga olib berdi.
Masala katta ovsin tomonidan adolatli hal qilindimi?
Javob: Katta ovsin o’g’lini huquqiy normalarga asosan to’g’ri himoya qildi, chunki o’yinchoq uning o’g’liniki edi. Ammo ahloqiy normalar nuqtai nazaridan uning tutgan yo’li noto’g’ri. Buning oqibatida aka-ukalar orasida begonalik, mehr-oqibatning yo’qolishi, molparastlik kabi illatlar va munosabatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratildi. Bu masalada ham hayotiy vaziyat katta ovsin tomonidan adolatli hal qilinmadi. Agar katta ovsin: voy, o’g’lim, nega unday qilasan. To’g’ri, o’yinchoq seniki, ammo uni ukangga ham bergin, ertaga u ham seni velosipedida uchiradi. Aka-ukalar bir-biriga mehrli bo’ladi, bir-biridan hech nimani ayamaydi. U akam bor deb nursand bo’lsa, sen ukam bor deb nursand bo’lasan. Anir sizlar bir-birlaringga jigarsizlar-ku, deb ikkalasini ham erkalatib, yarashtirib qo’yganida edi, masala adolatli hal qilingan bo’lar edi. Farzandlar esa onadan olgan bu alqash va mehr gashtini tanasida his qilar, uning ko’zga ko’rinmas ruhiy ozuqasidan bahramand bo’lgan bo’lar, o’zgalar ham mehrga muhtoj bo’lishini, hayot mazmunining asosi insonlarning bir-biriga bo’lgan mehridan iborat ekanligini tushungan bo’lar edilar.

Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling