Asosial oilalar – bunday oilalarning holati ularni tubdan isloh qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu oilalarda ota-onalar amoral va g‘ayriqonuniy hayot tarzini yo‘lga qo‘yishadi, yashash sharoitlari engoddiy sanitar-gigienik talablarga javob bermaydi.
Bolalarni hurmat qiluvchi oilalar – bunday oilalarda bolalar seviladi. Ota-onalar bolalarini nima qiziqtirayotgani, nima bezovta qilayotganini biladi. Ularning fikrlarini hurmat qilishadi, taktik yordam berishga harakat qilishadi. Bolalarning qiziqishlari rivojlanadi.
Muloqot – bola psixologik va ijtimoiy rivojining muhim omillaridan biri bo‘lib, birgalikdagi faoliyatda umumiy natijalarga erishish, shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va qo‘llab- quvvatlash maqsadida ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro harakati.
Muloqot uslublari – ota-onalarning bolalar bilan munosabatlarini boshqarish uslublari. Pedagogik amaliyotda muloqotning avtoritar, liberal, demokratik uslublari qo‘llaniladi.
Notinch, baxtsiz oilalar – bunday oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin, kam natijali kechadi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi deganda oila a’zolarining jinsiy, emosional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada usutunlik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Oilaning feliositologik(italyancha «felitsitt» - baxt) funksiyasi – er- xotinning bir-birini to‘liq tushunishi ularning o‘zlarining baxtli his qilishlari.
Oilaning rekreativ funksiyasi – o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |