Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Download 450 Kb.
bet41/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Kuchkarova

Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Rahmdil oilalar – bunday oilalarda kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rtacha, biroq ular orasida ota-onalar ham, bolalar ham buzmaydigan aniq masofa mavjud.

Xulosa

Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir.


Oila hayoti ko‘p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo‘jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘lishi, uning a’zolarining ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq.
Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oilaning to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar o‘z vazifalarini muvafaqqiyatli hal etadi, o‘z bolasi ehtiyojlariga tez moslashadi. 2. Ajralish xavfi bor oilalar guruhi. Bunday oilalar ba’zi me’yordan og‘ish, ularda adaptiv qobiliyatlar pastligi bilan tavsiflanadi. 3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptiv imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin, kam natijali kechadi. 4. Asotsial oilalar. Bunday oilalarning holati ularni tubdan isloh qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu oilalarda ota-onalar amoral va g‘ayriqonuniy hayot tarzini yo‘lga qo‘yishadi, yashash sharoitlari eng oddiy sanitar-gigienik talablarga javob bermaydi.
Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam uch asosiy xususiyatga ega bo‘ladi. YA’ni: 1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash;
2) psixologik – ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish va qayta tiklash; 3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur axborotlar bilan ta’minlash.
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishning dastlabki bosqichida ijtimoiy-pedagog tomonidan “Oila xaritasi”ning shakllantirilishi jarayon muvaffaqiyatini ta’minlaydi. “Oila xaritasi” shartli ravishda ikki qismga ajratiladi. Ya’ni: 1) asosiy qism – unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi; 2) ilova – unda oilada bola tarbiyasini tashkil etish jarayonining mohiyati (ota-onalarning bola tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqtlari, uning shakllari, bu jarayondagi faoliyatlari, farzandlar shaxsini yorituvchi (masalan, bolaning qiziqishlari, xohish-istaklari, intilishlari, do‘stlari, salomatligi holati va boshqalar to‘g‘risidagi) ma’lumotlar yoritiladi.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling