Himoyaga ruxsat etildi” Magistratura bo’limi boshlig’i “ ” 2023-yil


-BOB. BUZILISHGA EGA BO‘LGAN YUKLANGAN PARABOLOK-GIPERBOLIK TIPDAGI TENGLAMA UCHUN GELLERSITEDT MASALASIGA O‘XSHASH MASALALAR


Download 1.3 Mb.
bet2/20
Sana06.05.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1435259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ASLONOVA МI 2023(Lotin)1 — копия

3-BOB. BUZILISHGA EGA BO‘LGAN YUKLANGAN PARABOLOK-GIPERBOLIK TIPDAGI TENGLAMA UCHUN GELLERSITEDT MASALASIGA O‘XSHASH MASALALAR….................................................37
3.1§. masalalarni qo‘yilish va o‘rganish ..................................................37
3.2§. masalani yechimining yagonaligi ...........................................................44
3.3§. masala yechimining mavjudligi….……..................................................45
XULОSА................................................................................................................48
FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI ........................................49

KIRISH

“Matematika hamma aniq fanlarga


asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli,
keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan
sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi.”
Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 – yil 28 – dekabrdagi “2019 – yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi”da davlatimiz rahbari “Rivojlangan mamlakatlarda ta`limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya`ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e`tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15 – 17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi” deb ta`kidladilar. Bu esa oliy ta`lim tizimida o‘qitish sistemasini isloh qilishni taqozo etadi. Shuning uchun zamon talabiga mos o‘quv qo‘llanmalar yaratish milliy dasturni amalga oshirish vazifalaridan biridir. Matematika, informatika, axborot texnologiyalari o‘sib borayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o‘quv fanlari sifatida keng imkoniyatlarga ega. Ular tafakkurni rivojlantirib, aqlni charxlaydi, fikrlashni tartibga soladi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konstepstiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konstepstiya) oliy ta’limi tizimini iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga uyg‘un rivojlantirish, fan, ta’lim, ishlab chiqarishning samarali hamkorligini ta’minlash asosida ta’lim sifatini ta’minlash orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovastion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining jahon miqyosida keng tanilishi va nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030 yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Matematik mutaxassislar, jumladan, matematika o‘qituvchilari o‘z fani va mutaxassisligini atrоflicha egallagan va chuqur kasbiy ko‘nikmalar hоsil qilgan bo‘lishi zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bakalavriatning «Matematika» yo‘nalishini bitiruvchilariga Davlat standartida ko‘zda tutilgan bilimlar hajmidan yuqоrirоq bilim berish va ularni shu yo‘l bilan ma’lum ma’nоda ijоdiy fikrlashni, ilmiy izlanishini va iqtidоrlilarni rivоjlantirish maqsadga muvоfiq. Buni va yuqоridagilarni e’tibоrga оlsak, mazkur magistrlik dissertatsiya mavzusi dоlzarb deb hisоblash mumkin.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga etkazish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Ta‘lim to‘g‘risida” gi qonunlarda belgilangan keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish keng yo‘lga qo‘yilgan. SHuningdek, ta‘lim va ishlab chiqarish muassasalarining o‘zaro amaliy hamjihatliligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta‘minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bularni hisobga olib, ushbu dissertatsiya mavzusi tanlandi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling